1. Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi
Tushunchalarning turlari va ular orasidagi munomabatlar
Download 405.58 Kb.
|
4-mavzu. Mantiq Reja
Tushunchalarning turlari va ular orasidagi munomabatlar. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
YAkka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi», «O‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni hisobga olish mumkin. «YUlduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni hisobga olib bo‘lmaydi. Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, «O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o‘rganmoqda» degan fikr O‘zMUning har bir talabasiga tegishli. Demak, «O‘zMU talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir. «O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama etishmoqda» degan fikrda esa, «O‘zMU talabalari» tushunchasi to‘plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to‘plamiga nisbatan bildirilgan. Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadilar. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir. Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi. Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar xam farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir. Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O‘zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir. Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim. Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jixatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish5. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Tajriba bilish jarayonida quyidagi qulayliklarni yaratishga imkon beradi. O‘rganiladigan (tajriba o‘tkaziladigan) predmetlar doirasini tadqiqotchi ixtiyoriy ravishda kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin; Bilish ob’ektini «toza» holda, ya’ni boshqa ob’ektlar ta’siridan «ajratib» qo‘ygan holda yoki ular bilan birga bo‘lgan o‘zaro ta’sirida olib o‘rganish mumkin; Bilish ob’ektiga ta’sir etuvchi holatlarni ixtiyoriy tarzda o‘zgartirib turish mumkin; O‘tkazitlayotgan tajribani tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin; Natijaning chinligiga ishonch hosil qilish uchun tajribani zarur bo‘lgan miqdorda takrorlash mumkin. Induktiv xulosa chiqarishning asoslarida, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, kuzatish va tajriba natijalari ifodalangan bo‘lib, ular birorta S sinfiga taaluqli S1, S2,.. Sn hodisalarda r belgisining turg‘un holda takrorlanishi haqidagi axborotni qayd qiladilar. Tajribada ko‘p martalab takrorlanadigan predmetning turg‘un aloqalari sababiyatni, zaruriyatni ifoda qiladigan umumiylikdan iborat bo‘lib, u induktiv xulosa chiqarishda asoslardan xulosaga o‘tish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Induktiv xulosa chiqarishning bilishdagi bosh vazifasi juz’iy holni umumiylashtirish, ya’ni ayrim faktlarga xos xussusiyatni berilgan sinfga taalluqli barcha predmetlarga xos xussusiyat darajasiga ko‘tarish (generalizatsiya qilish) asosida umumiy bilim hosil qilishdan iborat. O‘z mazmuni va bilishdagi ahamiyatiga ko‘ra bu bilimlar kundalik tajribani umumlashtirish negizida hosil qilinadigan eng oddiy umumlashmalardan tortib, to empirik va nazariy qonunlar, gipotezalar, ilmiy nazariyalar darajasigacha etgan bilimlar bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilish tarixi fanning turli hil sohalarida kilingan kashfiyotlar, masalan elektr, magnitizm, optikaga oid juda ko‘p sababiy aloqadorliklar, qonuniyatlar ularning aynan induktiv yo‘l bilan o‘rnatilganini tasdiqlaydi. Induksiya asosida hosil qilingan xulosalarning mantiqiy qiymati, ehtimoliy yoki zaruriy bo‘lishi o‘tkazilgan tajribaning xarakteriga bog‘liq. Kuzatish va tajriba tugalanmagan bo‘ladi. Keyingi o‘tkaziladigan tajriba, kuzatishlarda predmet va hodisalarning yangi muhim xususiyatlari, munosabatlari aniqlanishi mumkin. Bu esa, mavjud predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradi. Xususan, avval chin deb hisoblangan bilimlar shubha ostiga olinib qoladi, ehtimoliy tarzdagi fikrlarga aylanadi. Mantiqda ehtimollik tushunchasi chiqarilgan xulosaning noaniqligini, qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish zarurligini anglatadi. SHunga qaramasdan tajriba bilimning muhim vositasi bo‘lib qoladi. SHuni alohida qayd etish zarurki, ayrim juz’iy faktlar haqidagi aniq bilimlardan noanik xulosalarning chiqishi ob’ektiv voqelikni bilishning murakkab dialektik jarayon ekanligini bildiradi. Voqelikdagi bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasini tajribada qamrab olish qiyin. Sinf predmetlarining barchasi qamrab olinganda xam ularning xususiyatlarining hammasini o‘rganib bo‘lmaydi, chunki ularning soni ko‘p. Xarakat, tarakkiyot davomida tuxtovsiz ravishda ularning ba’zilari yo‘qolib, boshqa birlari paydo bo‘lib turadi. Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to‘liq va to‘liqsiz induksiyalar farq qilinadi. To‘liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi. To‘liq induksiya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan, miqdor jihatdan cheklangan yopiq sistemalarga nisbatan xulosa chiqarishda ishlatiladi. Masalan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar, NATOga a’zo davlatlar, birorta shaharda joylashgan korxonalar va shu kabilar haqida xulosalarni to‘la induksiya yo‘li bilan olish mumkin. Xususan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar harakatining yo‘nalishi soat strelkasi harakati yo‘nalishiga teskari ekanligi haqidagi xulosa aynan ana shu usul yordamida hosil qilinadi. Xuddi shuningdek, «Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», «NATOga a’zo davlatlar shu tashkilotning ustaviga rioya qiladilar», «Toshkent shahridagi barcha korxonalar elektr energiyasi bilan to‘la ta’minlangan» kabi umumiy hukmlar orqali ifoda qilingan xulosaviy bilimlar ham to‘liq induksiyani qo‘llash asosida shakllanadi. Predmetlarning yopiq to‘plamini o‘rganish empirik tadqiqotning aniq bir sinfni bilish bilan chegaralanganligini bildiradi. Ana shuning uchun ham asoslardagi har bir predmet haqidagi ma’lumot qayd etilgan belgini sinf predmetlarining barchasiga yoyish, ularga tegishli, deb aytish uchun mantiqiy asos bo‘la oladi. Demak to‘liq induksiyaning asosiy xususiyati shundaki, unda berilgan sinfga mansub barcha predmetlar birma-bir o‘rganilib chiqilishi, ular haqida yakka hukmlar hosil qilinishi va asoslar sifatida qabul qilinishi zarur. To‘liq induksiyaning yana bir muhim xususiyati bor: uning asoslari ham, xulosasi ham aniq, tekshirilgan, ehtimoldan xoli fikrlarni aks etirgani uchun, ular qa’tiy hukmlar orqali ifodalanadi. Masalan, oddiy qa’tiy sillogizmni o‘rganishni uning 1-figurasidan boshlab, uning to‘g‘ri moduslarga egaligini aniqlaymiz. SHu yo‘l bilan sillogizm II, III, IV –figuralarini ko‘rib chiqamiz; ularning ham har birining to‘g‘ri moduslarga ega ekanligining guvohi bo‘lamiz. Natijada sillogizm figuralarining bu xususiyatini yakka hukmlarda ifoda etamiz va to‘liq induksiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun asos qilib olamiz hamda xulosa chiqaramiz. Unda yuritilayotgan muhokama jarayoni qo‘yidagi shaklga kiradi: Bu hodisa, va, umuman, bir jinsli predmetlarda takrorlanib turuvchi barcha hodisalar, insonning bilishi jarayonida aql yordamida talqin qilinadi, «qayta ishlanadi» hamda «Bu takrorlanish zaruriyat, qonuniyatning ifodasi bo‘lishi mumkin», degan taxminning yaratilishiga olib keladi. Umumiy holda ifodalangan bu taxmin bilishning keyingi bosqichida to‘liqsiz induksiya hosil qiluvchi umumlashmaning asosli bo‘lishini ta’minlaydigan miqdoriy va sifatiy omillarning o‘zaro ta’sirining kuchayishiga, va, demak, xulosaning ishonchlilik darajasining ortishiga olib keladi. Bunda sifatiy omil belgi takrorlanib turuvchi hodisalar mavjud bo‘lgan sharoitning o‘zgarib turishini taqoza etadi. O‘zgarib turgan sharoitlarda hodisa belgisining takrorlanishi uning zaruriy xarakterga ega ekanligi haqidagi ishonchni orttiradi. Ana shunday sifatiy omil amal qilgan sharoitda miqdoriy omil ham-bir tipdagi hollarning ko‘p bo‘lishi (ular qancha ko‘p bo‘lsa, umumlashtirishi ehtimoli va natijasi shuncha yaxshi bo‘ladi) holati ham mavjud bo‘lsa, xulosaning chin bo‘lishi ehtimoli ortadi. YUqoridagi saylov haqidagi misolga qaytadigan bo‘lsak, so‘roq natijalarining chin bo‘lish ehtimoli sifatiy (respondentlar tasodifan emas, balki aholining qaysi qatlamiga mansubligi, yoshi, jinsi va shu kabilar hisobga olingan holda ajratib olinsa) va miqdoriy (sifatiy holat bilan bog‘liq ravishda respondentlar soni ko‘p bo‘lsa) ko‘rsatgichlar hisobga olingan holda ortadi, degan xulosaga kelish mumkin. «Kuzatish sharoitning turli-tuman bo‘lishi» (belgi takrorlanib turuvchi hodisalar sharoitining o‘zgarib turishi) tushunchasi kuzatish ob’ektining xarakteriga qarab turli xil narsalarni: fazodagi, vaqtdagi, funksiyasidagi va ularning aralashgan holatidagi xilma-xillikni ifoda etishi mumkin. Turli xil variantlarni hisobga olmaslik ko‘pincha ommabop induksiya xulosasining xato bo‘lishiga olib keladi: masalan, utopik sotsialist Robert Ouenning u kishilarning sotsial guruhlarning ehtiyojlari, ularning yashash sharoitlari, faoliyat turlarining xususiyatlarini va boshqa qator ijtimoiy omillarni hisobga olmagani uchun uning Nyu-Lanark koloniyasida o‘tkazgan sotsial eksperimenti, kuzatishlari natijalarini umumlashtirish asosida hosil qilgan jamiyatni sotsialistik asosda qayta qurish haqidagi xulosasi hato bo‘lgan. Ommabop induksiya bo‘yicha xato xulosa kuzatilayotgan hollarga zid bo‘lgan holni hisobga olmaslik natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Bu ko‘p uchragan faktlarni tahlil qilishga berilib ketib, boshqa holatlarning mavjud bo‘lishini unutgan hollarda tez-tez uchrab turadi. Shuningdek, ommabop induksiya zid holatlar xaqidagi faktlarni qasddan yashirgan yoki faktlarni avvaldan o‘ylab topib qo‘ygan xulosa uchun to‘plagan hollarda xato natijalarni beradi. Turli xil g‘aroyib narsalarga ishonish oqibatida hosil qilinadigan induktiv umumlashmalar, masalan «ko‘z tegish», «yo‘lni mushuk kesib o‘tsa, ishning yurishmasligi», «tushda go‘sht ko‘rinsa, yaqin kishilardan birinig kasal bo‘lib qolganligi» haqidagi xulosalar ham ko‘pincha xaqiqatga mos kelmaydi. SHunday qilib, ommabop induksiya bo‘yicha olinadigan xulosa ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qator metodologik talablarga rioya etish zarur, ana shundagina u to‘g‘ri muxokama yuritishning samarali vositasiga aylanadi. Ilmiy induksiya ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi xaqida ham ma’lumot mujassamlashgan bo‘ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda o‘z aksini topadi. Ommabop induksiyadan farqli ularoq, ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib qolmasdan, balki u haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish, uning mavjud bo‘lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bo‘lgan aloqalari, xususan, sababiy bog‘lanishlari o‘rganiladi. Ana shuning uchun ham, ya’ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham to‘liqsiz induksiyaning bu turini ilmiy induksiya deb atashadi. Ma’lumki, ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi o‘rganilayotgan ob’ektni xarakterlaydigan qonunlarni ochish orqali uning (ob’ektning) tabiatini, mohiyatini tushuntirishidan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) mavjud bo‘lish sababini aniqlashni taqozo etadi. SHuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik hodisalar o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishlarning boshqa turlari (masalan, strukturaviy, funksional, genetik bog‘lanishlar) kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni o‘rganish hodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan ko‘rish, yangiliklar yaratish imkonini beradi. Sababiy aloqadorlikni aniqlash ancha murakkab ish, chunki u borliqda yuqorida qayd etib o‘tilgan hodisalar o‘rtasidagi umumiy aloqadorlikning boshqa turlari bilan birgalikda mavjud. Uni ilmiy bilishda «toza» holda ajratishga hamma vaqt ham osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Buning uchun sababiy aloqadorlikning tabiatini, xususiyatlarini yaxshi bilish kerak. 1. Sababiy aloqalarning umumiyligi deganda, olamda hech bir hodisaning sababsiz mavjud bo‘la olmasligi tushuniladi. U har qanday hodisaning o‘z holicha, boshqa hodisalardan mustaqil holda vujudga kela olmasligini, boshqa hodisalar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘lanib ketganini, turli xil hodisalar ta’sirida paydo bo‘lishi, o‘zgarishi, yo‘q bo‘lishi hamda, o‘z navbatida, boshqa hodisalarga ta’sir o‘tkazishini bildiradi. Borliqdagi har bir hodisa o‘z sababiga ega bo‘lib, uni ertami yoki kechmi bilib olish mumkin. Turli xil aloqalar, mavjud holatlar orasida noma’lum bo‘lib qolayotgan sabab hodisani topish uchun boshqa omillar, xususan, sababiy aloqada bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi ketma-ketligi, izchilligi hisobga olinishi zarur. Sababiy aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi birin-ketinligi deganda, sabab hodisaning oqibat (natija) hodisadan doimo oldin kelishi nazarda tutiladi. Sabab hodisa bilan oqibat hodisaning ro‘y berishi orasida turli muddat o‘tishi mumkin. Ba’zan oqibat (natija) sabab hodisadan bir zumdan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qning otilishi bilan u tekkan ob’ektning zararlanishi o‘rtasida o‘tadigan vaqt juda qisqa, organizmga tushgan mikrob bilan u qo‘zg‘aydigan kasallikning vujudga kelishi o‘rtasida o‘tadigan vaqt uzoqroq (bir qancha daqiqa, soat, kun) bo‘ladi. Sababiy aloqadorlik ijtimoiy hayotda (masalan, kishilarning huquqiy ongi bilan uni shakllantirishga yo‘naltirilgan hatti-harakatlar), geologiyada (masalan, ma’lum bir jarayonlar ta’sirida tog‘larning paydo bo‘lishi) va boshqa shu kabi sohalarda ancha ko‘p vaqt davomida amalga oshadi. Sabab hodisa oqibat hodisadan avval keladigan bo‘lgani uchun, u bilishda doimo oqibatdan oldin keladigan hodisalar orasidan qidiriladi. Bunda oqibat bilan bir vaqtda yoki undan keyin keladigan hodisalar istisno (eliminatsiya) qilinadi, ya’ni chiqarib tashlanadi. Sabab va oqibatning vaqtdagi izchilligi, birin ketinligi hodisalar o‘rtasidagi sababiy aloqadorlikni aniqlashning zaruriy sharti, lekin o‘z holicha ko‘zlangan maqsadga erishish uchun etarli emas. Oldinma-ketin kelgan hodisalrning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo‘lavermaydi. Bu holat hisobga olinmasa «undan keyin, demak, shu sababga ko‘ra» deb ataladigan xato (lotincha post noc, ergo propter noc) ro‘y beradi. Masalan, chaqmoq chaqish hodisasi momaqaldiriqdan avval keladi. Avval kishilar chaqmoq chaqishni momaqaldiroqning sababi deb tushunganlar, vaholanki xaqiqatda bunday emas. Momaqaldiroqning chaqmoqdan keyin kelishiga sabab tovush tezligining yorug‘lik tezligidan kamroq bo‘lishidir. Aslida esa ular bir vaqtda vujudga keladi. Xuddi shu singari, jinoyat sodir bo‘lishidan avval u sodir etilgan joyda bo‘lgan kishilarning hammasi ham jinoyatchi bo‘lavermaydi. 3. Sababiy aloqadorlikning zaruriyligi oqibatning faqat uni vujudga keltiradigan sababning mavjud bo‘lganidagina paydo bo‘lishini anglatadi. Sabab hodisaning yo‘qligi oqibat hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlashda oqibatdan avval keladigan hodisalardan oqibat hodisani keltirib chiqarmaydiganlari olib tashlanadi, ya’ni eliminatsiya qilinadi. Sababiyatning bir ma’noli aloqadirlik ekanligi muayyan sababning o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqarishini ifoda etadi. Buni sabab va oqibat o‘rtasidagi aloqadorlikdagi simmetriyaning mavjudligi, ya’ni sabab hodisaning o‘zgarishining oqibat hodisaning o‘zgarishiga olib kelishini tasdiqlaydi. Sababiyatning bu xususiyati uni aniqlash jarayonida faqat o‘zaro birgalikda o‘zgaruvchi hodisalarni olib qolib, qolganlarini chiqarib yuborishga undaydi. Sababiy aloqadorlikning biz ko‘rib chiqqan xususiyatlarini hisobga olish uni aniqlashni osonlashtiradi. Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi (masalan, havoning namligining yuqori bo‘lishi turli xil kasalliklarning sababi bo‘lishi) yoki aksincha bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo bo‘lishi (badan haroratining ko‘tarilishi tumovning, buyrak kasalligining, ichak kasalligining va shu kabilarning oqibati bo‘lishi) mumkin. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlash empirik tadqiqotlar natijalarini samarali tahlil qilishga imkon beruvchi prinsiplarni qo‘llashni taqazo etadi. Ular sababiy aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarni ularning borliqdagi tabiiy mavjud bo‘lish sharoitidan «ajratib olib», maxsus bilish sharoitlarida o‘rganishga imkon beradi. Xususan: 1. Oqibatdan avval kelgan hodisa murakkab strukturaga ega, u a, b, c, d, va hokazo holatlardan tashkil topgan deb hisoblanadi 2. Mazkur holatlarning har biri mustaqil holda mavjud va boshqalari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lmaydi deb qaraladi. 3. Qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning tugal to‘plami deb olinadi. Bu prinsiplar bilan bir qatorda sababiy aloqadirlikni aniqlashning boshqa bir qancha metodlari ham mavjud. Ular mantiqda ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Download 405.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling