1. Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi
Download 405.58 Kb.
|
4-mavzu. Mantiq Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juz’iy (xususiy) gipoteza
- Ishchi gipoteza
- Nazariyaning mohiyati, strukturasi, funksiyalari va turlari.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol qilib neftning kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, Erda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Umumiy gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun, ilmiy nazariyani «qurish materiallari», deb hisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadilar va ilmiy tadqiqotlarning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradilar.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Konkret jinoyatning motivi haqidagi sud versiyasi, arxeologik qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi taxminlar juz’iy gipotezaga misol bo‘ladi. Mantiqda, yuqorida zikr etilib o‘tilganidek, ishchi gipotezalar ham farq qilinadi. Ishchi gipoteza – tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi. SHunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir. Nazariyaning mohiyati, strukturasi, funksiyalari va turlari. «Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni sistemaga soladigan, predmetni ratsional tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi. Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan bog‘liq. Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, sistemaga solinib, turli xil jadvallar, sxemalar, garfiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi. Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq. Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, hususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi. Download 405.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling