1-Tajriba ishi Magnit puskatellarning tuzilishini va


Magnit ishga tushirgich yordamida asinxron dvigatel bilan masofadan boshqarish elektr sxemasi


Download 1.82 Mb.
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1238882
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jixozlardan labaratoriya (5) (1)

Magnit ishga tushirgich yordamida asinxron dvigatel bilan masofadan boshqarish elektr sxemasi.

D vigatelni ishga tushirish uchun “Ishga tushirish” tugmachasiga (SB2) bosish kerak. Bunda kontaktor KM tortuvchi g’altagi zanjirga tutashadi: L1 – elektr issiqlik relesi KK2 ajraluvchi kontaktlari – ishga tushirgich 3 chiqishi – tugmacha 3 chiqishi – bosilgan “Ishga tushirish” SB2 tugmachasi kontaktlari – “Stop” SB1 tugmachasi ajraluvchi kontaktlari – uchinchi faza L3. Bunda kontaktor yakori tortiladi va KM bosh kontaktlari dvigatelni yoqadi. Asosiy kontaktlar yoqilishi bilan “Ishga tushirish” tugmachasini shuntlovchi blok-kontakr KM1 ajraladi va uni g’altak zanjiri uzilmasdan qo’yib yuborish imkonini beradi. “Ishga tushirish” tugmachasi qo’yib yuborilagandan so’ng kontaktor g’altagi zanjirdan to’yina boshlaydi: L1 faza – KK1 – kontakt relelar – KM kontaktor g’altagi – KK2 rele kontaktorlari – ishga tushirgich 3 chiqishi – KM1 kontaktor tutashgan blok-kontagi – “Stop” tugmachasi kontaktlari – L3 faza.


Dvigatelni o’chirish uchun “Stop” tugmachasiga bosiladi. Bunda kontaktor g’altagi to’yinish zanjiri uziladi va yakor ko’chib asosiy kontaktlar va KM1 blok-kontaktni uzadi. Endi “Stop” tugmachasi qo’yib yuborilganda dvigatel yonmaydi, chunki “Ishga tushirish” tugmachasi va KM1 blok-kontakt tutashgan. Shu sababga ko’ra energiya uzatishdagi qisqa tanaffusdan so’ng dvigatel qayta ishga tushishi ham kuzatilmaydi. “Ishga tushirish” tugmachasini tutashuvchi kontaktor blok-kontakti shunchaki minimal kuchlanish himoyasini amalga oshirish imkonini beradi. Bunday sxema dvigatel yo’l qo’yilmaydigan darajada qizib ketganda elektr issiqlik relesi kontaktlari uzilganda ham ishlaydi.
Ish jarayonida qarama – qarshi yo’nalishda aylanuvchi mexanizmlar (burg’ilash dastgohlari, chig’iriqlar va shu kabila) uzatmalari uchun agar ulardan biri yoniq bo’lib ikkinchi yona olmayotgan bo’lsa o’zaro mexanik yoki elektrik bloklangan ikkita uch qutbli kontaktorlardan iborat reversiv magnit ishga tushirgichlar qo’llaniladi ( 2a-rasm).
Kontaktorlarni yoqish uchun uch tugmachali boshqaruv posti ishlatiladi. Dvigatellar 2b-rasmda ko’rsatilgan boshqaruv zanjiri sxemasiga ko’ra ulanadi.
Dvigatelni “Oldinga” shartli yo’nalishda aylanish yoqish uchun SB1 (“Oldinga”) tugmachasi bosiladi. Bunda yoqilayotgan g’altak zanjir bo’ylab tok bilan ta’minlanadi: tarmoq L3 qistirgichi – ishga tushirgich 1 qistirgichi – SB3 (“Stop”) uziluvchi kontakti – SB2 (“Orqaga”) tugmachasi uziluvchi kontakti – bosilganda tutashuvchi SB1 tugmachasi kontaktlari – ishga tushirgich 3 qistirgichi – KM2 kontaktor uziluvchi KM2.2 yordamchi kontakti – KM1kontaktor yonuvchi g’altagi – KK1 va KK2 elektr issiqlik relesi kontaktlari – tarmoq L1 qistirgichi. KM1 kontaktor ishga tushadi va o’zining asosiy kontaktlari bilan dvigatelni “Oldinga” yo’nalishda ulaydi. Bunda KM1.1 yordamchi kontakt ulanadi va SB1 tugmachasi ulovchi kontaktini shuntlaydi. Bu tugmacha qo’yib yuborilgandan so’ng KM1 kontaktor g’altagi o’zining KM1.1 kontakti orqali to’yinadi.


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling