1-Tajriba ishi Magnit puskatellarning tuzilishini va


-rasm. Reversiv magnit ishga tushirgich sxemasi


Download 1.82 Mb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1238882
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jixozlardan labaratoriya (5) (1)

2-rasm. Reversiv magnit ishga tushirgich sxemasi.
Dvigatel “Orqaga” yo’nalishda aylanishi uchun SB2 tugmachasi orqali ulanadi. Dvigatelni o’chirish uchun SB3 tugmacha bosiladi.
2-Tajriba ishi


Yuqori kuchlanishli komplekt taqsimlovchi qurilmalarning tuzilishini va tavsiflarini o‘rganish
Komplekt taqsimlash uskunalari (KRU) ichida o’lchov va himoya asboblari va birlamchi va ikkilamchi kommutatsiya zanjirli turli apparatlar (o’chirgichlar. ajratgichlar va shu kabilar) ulangan shkaflar jamlanmasidan iborat. KRU shkaflari to’liq terilgan va ishga tayyor holda yetkaziladi. O’rnatilish joyida faqatgina shkaflar kesishmasida shinalar ulanadi, kuch va nazorat kabellari o’tkaziladi. KRUning qo’llanilishi loyihalash hajmi, qurilish–montaj ishlari muddati va narxini sezilarni pasaytiradi.
KRU ichki va tashqi (KRUN) uchun, doimiy va ko’chma konstruksiyada tayyorlanadi. KSO turdagi doimiy KRU lar (doimiy bir taraflama xizmat ko’rsatish kameralari) faqatgina ichki o’rnatish uchun yasaladi. KSO-285, -272, -366 moyli o’chirgichlar va yuklama o’chirgichlari keng tarqalgan. Doimiy KRU larda barcha apparatura shkaf metall konstruksiyalarida o’rantilgan. Yumalovchi o’chirgichli KRU lar ta’mirlash uchun qulay.

1-rasm. KM – 1 turdagi komplekt taqsimlash uskunasi.
Yumalovchi KRU larda asosiy apparatlar yumalatiluvchi aravachada o’rnatilgan, bu avariyalarda yumalanuvchi qismlar o’zaro almashinuvi imkonini beradi. Kr2-10, KR-10, KM-1, K-XII, K-63 va boshqa seriyadagi yumalovchi ichki o’rnatilish KRU lari kon korxonalari podstansiyalarida keng qo’llaniladi. 6.4 rasmda izolyatsiyalangan neytralli tarmoqlarda elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun qo’llaniladigan KM-1 turdagi kichik gabaritli zamonaviy KRU umumiy ko’rinishi ko’rsatilgan. Shkaf metal korpusi uchta qismga bo’lingan: 1 – taqsimlash, 2 – yumalovchi aravacha va 3 – releli qism. Moyli yoki vakuumli o’chirgich montaj qilingan KRU aravachasi to’rtta oyoqchada ko’chiriladi. 6 – 10 kV tok yetkazuvchi qismlar aravacha va korpus qo’zg’almas qismi shkaf korpusida, qo’zg’aluvchani esa – aravachada joylashgan shtepselli kontaktlar bilan ulangan. Aravachani yumalatishda shkafda avtomatik tarzda metall pardalar yordamida kuchlanish ostida qoladigan shinali va chiziqli ajratgichlar qo’zg’almas kontaktlariga o’tish yopiladi.
Tashqi o’rnatiladigan komplekt taqsimlovchi (KRUN) 6 – 10 kV ochiq RU larda o’rnatish uchun mo’ljallangan. Ular tog’-kon sanoatida qo’llaniladigan 35/6 – 10 kV va 110/6 – 10 kV kuchlanishli komplekt transformator podstansiyalari (KTP) tarkibiga kiradi. KRUN shkaflari ichiga atmosfera cho’kindilari va changlari tushishidan himoyalangan, o’chirgichlar uzatmalari, hisob va avtomatika jihozlari normal ishlashini ta’minlovchi mahalliy qizdirgichga ega.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling