1-tajriba ishi. Mavzu: Kombinatorika elementlari. Extimolning klassik ta’rifidan, geometrik extimollikdan foydalanib hodisalarning ro‘y berish extimolini topish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1-tajriba ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rinlashtirishlar.
- Guruhlashlar.
- Muqarrar hodisa
- Mumkin bo‘lmagan hodisa
1-tajriba ishi. Mavzu: Kombinatorika elementlari. Extimolning klassik ta’rifidan, geometrik extimollikdan foydalanib hodisalarning ro‘y berish extimolini topish. O‘rin almashtirishlar. n ta elementli o‘rin almashtirishlar deb bir-biridan faqat elementlarining tartibi bilan farq qiladigan n ta elementli birikmalarga aytiladi. n ta elementli o‘rin almashtirishlar soni n P harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: 1 2 ... ! n P n n O‘rinlashtirishlar. n ta elementdan m tadan o‘rinlashtirishlar deb, har birida berilgan n ta elementdan m tasi olingan shunday birikmalarga aytiladiki, ularning har biri hech bo‘lmaganda bitta elementi bilan yoki faqat ularning joylashish tartibi bilan farq qiladi. n ta elementdan m tadan turli o‘rinlashtirishlar soni m n A bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: ! ( 1)( 2)...( 1), (0 ). ( )! m n n A n n n n m m n n m Guruhlashlar. n ta element orasidan m ta elementdan tuzilgan guruhlashlar (mosliklar) deb har birida berilgan n ta elementdan m tasi olingan shunday birikmalarga aytiladiki, ularning har biri hech bo‘lmaganda bitta elementi bilan farq qiladi. n ta element orasidan m ta elementdan turli mosliklar soni m n C bilan belgilanadi va quyidagicha aniqlanadi: ! , (0 ). !( )! m n n C m n m n m Xossalari: 1. 0 0 0 1 n C C 2 . 1 n C n 3 . m n m n n C C 4 . 0 1 ... 2 n n n n n C C C 5 . 1 1 1 m m m n n n C C C rekurrent formula, bu yerda 0 m n . Extimollar nazariyasi «tasodifiy tajribalar», ya’ni natijasini oldindan aytib bo‘lmaydigan tajribalardagi qonuniyatlarni o‘rganuvchi matematik fandir. Biz kuzatadigan hodisalarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: muqarrar, mumkin bo‘lmagan va tasodifiy hodisalar. Muqarrar hodisa deb tayin shartlar to‘plami S bajarilganda albatta ro‘y beradigan hodisaga aytiladi. Masalan, agar idishdagi suv normal atmosfera bosimi ostida va temperaturasi 0 20 bo‘lsa, u xolda «idishdagi suv suyuk xolatda» hodisasi muqarrar hodisadir. Mumkin bo‘lmagan hodisa deb shartlar to‘plami S bajarilganda mutlako ro‘y bermaydigan hodisaga aytiladi. Masalan, yuqoridagi misol shartlari bajarilganda «idishdagi suv qattiq xolatda» hodisasi umuman ro‘y bermaydi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling