1-tajriba ishi Mavzu: Predmet sohaning tahlili. Maq
Download 84.52 Kb.
|
1 2
Bog'liq2.1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar
- Birga-bir aloqa(1:1)
- Ko`pga –bir aloqa (M:1)
- Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi predmet sohasi tahlili.
1-tajriba ishi Mavzu: Predmet sohaning tahlili. Maqsad: Talabalarda tanlangan topshiriq mavzusi bo`yicha MB predmet sohasini tahlil qilish va uning infologik modelini tuzish haqida bilim va malakalarni hosil qilish. Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim. 1. Mavzuga tegishli ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish. 2. Predmet sohani infologik tasvirlash. 3. Mohiyat-bog`lanish modelini ishlab chiqish. (ER diagramma). Jihozlar: Kompyuter. Uslubiy ko`rsatma: Predmet sohani tahlili. Predmet sohani tahlili natijasi sifatida infomantiqiy modelni qurish uchun ER diagrammadan foydalanish mumkin (inglizchadan Entity-Relationship, yani mohiyat-bog`lanish). ER diagrammada quyidagi belgi va tushunchalardan foydalaniladi: - mohiyat yoki - assotsiatsiya - atribut - aloqa Ikki mohiyat o`rtasida, masalan, A va B to`rtta aloqa turi bo`lishi mumkin. Birga-bir aloqa(1:1): Har bir vaqt holatida A mohiyatning har bir (nusxasiga) vakiliga B mohiyatning vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi 1 1 A AB B Masalan: O`quvchi jinsi erkak yoki ayol bo`lishi mumkin. Birga-ko`p aloqa(1:M): A mohiyatning bitta vakiliga B mohiyatning bir necha vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi. 1 M A AB B Masalan: O`quvchi imtihondanda javob berishiga 1 yoki 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 ball olishi mumkin. Xuddi shunday ikkala yo`nalishda ham mohiyatlar orasida aloqa bo`lishi mumkin. Yana ikkita aloqa turi mavjud. Ko`pga –bir aloqa (M:1) A mohiyatning bir necha vakiliga B mohiyatning bitta vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi. M 1 A AB B Ko`pga –ko`p aloqa (M:N): A mohiyatning bir necha vakiliga B mohiyatning bir necha vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi. M N A AB B Predmet soha tahlilida ob`ektlar, ob`ekt xossalari, bog`lanishlar (ob`ekt munosobatlari), vaqt oralig`i (ob`ektlar aniq holatlarda bo`lishini belgilovchi vaqt) singari tashkil etuvchilarni o`rganish taqazo etiladi. ‘Mohiyat - aloqa’ modeli uchta asosiy komponentlardan foydalanib quriladi. Ular mohiyat, atribut va aloqa komponentlaridir. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar tasvirlanadi. Shuning uchun konstruktiv elementlar tarkibida ‘VAQT’ tashkil etuvchisi oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. ‘Mohiyat - aloqa’ modelidagi aloqalarda ikki mohiyat o`rtasidagi har qanday aloqa toifalariga xos munosabatlarni qo`yish kerak bo`ladi. Bu model predmet sohani faqat bir qismini akslantiradi va shuning o`chun uni lokal model deyiladi. Predmet soha haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish uchun, uni etarlicha tekshirish zarur hamda bir necha lokal modellar qurish kerak. So`ngra lokal modellarni birlashtirib, predmet soha haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo`lamiz. ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi predmet sohasi tahlili. ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi ta`lim muassasalarida ixtiyoriy vaqtda talabalar haqida etarlicha ma`lumotga ega bo`lish uchun yaratiladi. ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi predmet sohasi ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan talabalar haqidagi zaruriy ma`lumotlar hisoblanadi. MB ni yaratish uchun eng avvalo predmet soha o`rganib chiqiladi va MB da ishtirok etuvchi ma`lumotlar aniqlanadi. Ular qanday qiymat qabul qilishi mumkinligi tahlil qilinadi. Predmet sohani tahlil qilish natijasida MB uchun zarur deb hisoblangan quyidagi ma`lumotlarni aniqladik: Familiya, ism, otasi Jinsi Tug`ilgan sana Millati Pasport ma`lumotlari Telefonlari (uy va mobil) Turadigan joyi Yashash manzili Ijtimoiy kelib chiqishi Oilaviyligi Farzandlari soni Harbiy xizmatga aloqasi Nogironlik Etimlik Fakul’tet Mutaxassislik Kurs Guruh Ta`lim bosqichi Qabul yili O`qitish tili O`qish shakli Ota-onasi haqida ma`lumot Reyting daftarcha raqami Kasaba uyushma a`zosi “Kamolot” yoshl. a`zosi Bu ma`lumotlarning har birini tahlil qilib chiqamiz va ular qanday qiymatlar qabul qilishini aniqlaymiz. Ma`lumotlar ixtiyoriy yoki chekli sondagi to`plamga tegishli bo`lishi mumkin. Chunki ma`lumotlar qiymatini to`g`ri kiritish, uni izlab topish, undan unumli foydalanish va turli ko`rinishdagi axborotlarni olish imkonini beradi. Familiya, ism, otasi – talabaning familiyasi, ismi va otasining ismi. Ixtiyoriy matnli qiymat. Jinsi – qiz yoki o`g`il. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Tug`ilgan sana – talabaning tug`ilgan sanasi. Ixtiyoriy sanali qiymat. Millati - o`zbek, rus, tojik va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Pasport ma`lumotlari pasport seriyasi, raqami, berilgan vaqti, amal qilish muddati, kim tomondan berilgan, qayd manzili, INN. Ixtiyoriy matnli qiymat. Telefonlari (uy va mobil)- talabaning telefonlari. Ixtiyoriy sonli yoki matnli qiymat. Turadigan joyi – yotoqxonada, o`z uyida, ijarada, qarindoshlarinikida. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. YAshash manzili - talabaning yashayotgan manzili. Ixtiyoriy matnli qiymat. Ijtimoiy kelib chiqishi - ishchi, xizmatchi, ziyoli, tadbirkor, fermer va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Oilaviyligi - o`ylangan, bo`ydoq, turmushga chiqgan, turmushga chiqmagan, ajrashgan, beva va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Farzandlari soni – agar talabaning farzandlari bo`lsa, ularning soni beriladi. Ixtiyoriy sonli qiymat. Harbiy xizmatga aloqasi - harbiy xizmatda bo`lgan, harbiy xizmatga bormagan, harbiy xizmatga chaqirilmaydi, majburiy, muqobil, chaqiriluvchi, xizmatda, zahirada va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Nogironlik – ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Agar ‘ha’ bo`lsa, 1 toifa ko`zi ojiz, 2 toifa ko`zi ojiz va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Etimlik – ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Agar ‘ha’ bo`lsa, otasi yo`q, onasi yo`q, ota-onasi yo`q va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Fakul’tet- ta`lim muassasasidagi fakul’tetlar. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat. Mutaxassislik - ta`lim muassasasidagi mutaxassisliklar nomi. Ular fakul’tetlarga biriktirilgan. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat. Kurs – talaba o`qiyotgan kurs. Ixtiyoriy chekli sonli qiymat. Guruh - ta`lim muassasasidagi guruhlar nomi. Ular fakul’tetlarga biriktirilgan. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat. Ta`lim bosqichi - (O`qitish darajasi) – bakalavr, magistr, o`rta ma`lumot va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Qabul yili – talaba o`qishga qabul qilingan yil. Ixtiyoriy sanali qiymat. O`qitish tili - o`zbek, rus va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. O`qish shakli- Grant, shartnoma va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat. Qarindoshlari haqida ma`lumot - ota, ona, aka, opa, uka, singillari haqida ma`lumot. Ixtiyoriy matnli qiymat. Reyting daftarcha raqami – talaba reyting daftarchasi raqami. Ixtiyoriy sonli qiymat. Kasaba uyushma a`zosi – ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Chekli matnli qiymat. “Kamolot” yoshl. a`zosi- ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Chekli matnli qiymat. MB ni tashkil qilishda eng avvalo bir xil to`plamga tegishli bo`lgan, o`zgarmas ma`lumotlarni aniqlab olamiz. Ularni ma`lumotnomalar deb ataymiz. Ma`lumotnomalar alohida tashkil qilinadi va ularga kerakli qiymatlar kiritiladi. Ma`lumotnomalar ma`lumotlari kiritilgandan so`ng asosiy baza ma`lumotlari shakllantiriladi. Ma`lumotlar bazaga kiritiladi, tahrir qilinadi va keraksizlari o`chiriladi. Barcha kiritiladigan ma`lumotlar aniq va ish jarayoniga mos ravishda kiritilishi lozim, aks holda ko`zlangan natijaga erishib bo`lmaydi. Download 84.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling