1-tajriba ishi


Download 0.55 Mb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1184801
  1   2   3   4
Bog'liq
1-tajriba

1-TAJRIBA ISHI


Sath o‘lchashning vizual vositalarining ishlash prinsipini o‘rganish. Gidrostatik sath o‘lchagichning ishlash prinsipini o‘rganish. Suyuqlik sathini mikroprotsessorli vositalar yordamida nazorat qilish.


Ishdan maqsad:
Ushbu tajriba ishi virtual stendlar yordamida sathni o‘lchash usullarini o‘rganishga mo‘ljallangan.
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi.


Qalqovuchli satx o‘lchagichlar
Qalqovuchli satx o‘lchagichlarda satx o‘zgarishi bilan qalqovuch satxning ketidan siljiydi va uning bu siljishi o‘lchash qurilmasiga uzatiladi yoki kuchni yoki siljishni kompensasiyalovchi signal o‘zgartirgichda chiqish signaliga aylantiriladi. Ikki xil qalqovuchli satx o‘lchagichlar mavjud. Birinchisida (rasm 34), aks ta’sir kuchi qalqovuchni ko‘tarish kuchiga teng bo‘lib, u qalqovuchning og‘irlik kuchiga G teng, ya’ni G=F=const; (Arximed qonuniga muvofiq , bu yerda, - suyuqlik zichligi; s- qalqovuchning ko‘ndalang kesim yuzasi; x – cho‘kish balandligi; g- erkin tushish tezlanishi).
Qalqovuchning cho‘kish darajasi,

ya’ni, qalqovuch suyuqlik satxining o‘zgarishini qaytaradi.

Rasm 6.3.Qalqovuchli sath o‘lchagichlarning ish prinsipi

Ikkinchi xolatda (rasm 6.3), aks ta’sir etuvchi kuch prujina yordamida hosil qilinib, uning qiymati satx o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.



Rasm 6.4. Qalqovuchli purjinali sath o‘lchagichlar

Bir xil cho‘kib turuvchi qalqovuchli satx o‘lchagichning eng sodda chizmasi egiluvchan trosga osib qo‘yilgan va roliklar (2 va 3) yordamida qalqovuchga (1) ulangan ko‘rinishi 6.4-rasmda keltirilgan. Trosning ikkinchi uchiga trosni tarang ushlab turish uchun yuk 4 va satxni shkala 5 da ko‘rsatib turish uchun strelka o‘rnatilgan. Ushbu satx o‘lchagichning kamchiligi unda shkalaning teskariligidir, ya’ni, shkalaning noli tepada, maksimumi pastdaligi. Bu satx o‘lchagichlarning masofaga uzatish tizimida selsinli signal o‘zgartirgichlardan foydalaniladi.


Silindrik qalqovuchli (buyokli) satx o‘lchagichlarda satx o‘zgarishi bilan qalqovuchning cho‘kish darajasi o‘zgaradi va bunda qalqovuchga ta’sir etayotgan kuchlar muvozanati quyidagi tenglamalar yordamida yozilishi mumkin: birinchi xolat uchun (35-rasmning I xolati uchun),
Slρg = LZ
Z – prujinaning qattiqligi (bikirligi).
Ikkinchi xolatda esa (35-rasmning II xolati uchun), ,
Slρg - (H - x) sρ1g = (L-x) Z
Birinchi xolat tenglamasida ikkinchini ayirib olamiz:
(H-x) sρ1g = LZ - (L-x) Z
Bu tenglamani X ga nisbatan yechib, topamiz
x=
Ushbu tenglamadan ko‘rinib turibdiki, qalqovuchning siljishi satx o‘zgarishiga proporsional ravishda bo‘ladi. Qalqovuch bikirligining oshishi bilan qalqovuchning nisbiy siljishi kamayadi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling