1-tajriba. Qaytar gidroliz


Download 17.62 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.62 Kb.
#1568009
Bog'liq
8 Met


8-Laboratoriya ishi
Indikatorlar yordamida eritmaning pH-muhitini aniqlash.
Kerakli asboblar: probirka, kimyoviy stakan.
Kerakli reaktivlar: distillangan suv, kaliy karbonat (KCO3), lakmus qog’oz ZnCl2, SnCl2
1-tajriba. Qaytar gidroliz.
a) Ikkita probirka olib ularning har biriga 1 ml dan distirlangan suv soling. So’ngra birinchi probirkada kaliy karbonat tuzi kukunidan eriting va unga lakmus yoki universal indikator qog’ozi tekkizib, reaksiya sharoitini aniqlang. Kaliy karbonatning gidrolizlanish tenglamasini ionli va molekulyar holda yozing.
b) Probirkaga 2 ml distirlangan suv soling va unda rux xlorid yoki qalay(II) xlorid kristalini eriting. Suvning loyqalanishi sababini tushuntirib bering. Eritmaning muhitini indikator qog’ozi bilan sinab ko’ring. Reaksiya sharoitini tushuntirib bering. Gidrolizlanish reaksiyasining ionli va molekulyar tenglamalarini yozing.
c) Yarim gramm ammoniy asetat tuzini distirlangan suvda eriting. So’ngra unga qizil va ko’k lakmus qog’ozlarini tushiring. Reaksiya muhitining neytral ekanini tushintirib bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
d) Probirkaga 2 ml 1n natriy asetat eritmasidan quyib, unga 1-2 tomchi fenolftalein tomizing va probirkani qizdiring. Nima kuzatiladi? Rang o’zgarishini qanday tushintirasiz? Gidroliz tenglamasini yozing.
2tajriba. Qaytmas gidroliz
a) Probikaga 1 ml alyuminiy sulfat va 1 ml ammoniy sulfid eritmasidan quying. Nima kuzatiladi? Hosil bo’lgan cho’kma sulfidli cho’kma emasligini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini ionli va molekulyar holda yozing.
b) To’rtta probirka olib, ulardan biriga alyuminiy xlorid, ikkinchisiga kaliy sulfat, uchinchisiga soda, to’rttinchisiga bura eritmasida 1 ml dan quyib, indikator qog’ozini tushiring. Qaysi probirkadagi tuzni gidrolizga uchrashini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
3tajriba. Gidroliz jarayonida muhitning o’zgarishi.
a) Oltita probirka olib ularning har biriga 1 ml dan distirlangan suv quying. Shuningdek distirlangan suv olingan oltita probirkaning har biriga aniq binafsha rang hosil bo’lguncha lakmusning neytral eritmasidan soling. Bitta probirkani kontrol uchun qoldiring. Qolgan probirkalarga bir makroshpateldan- birinchisiga natriy xlorid, ikkinchisiga natriy asetat, uchinchisiga alyuminiy nitrat, to’rtinchisiga mis (II) xlorid va beshinchisiga natriy fosfat eritmalaridan soling. Eritmalarni shisha tayoqchalar bilan aralashtiring.

Tuzlarning kimyoviy formulasi

Lakmusning rangi

Reaksiya muhiti

Eritmaning muhiti
pH<7 pH=7 pH>7




































Lakmus rangining o’zgarishiga qarab, har bir tuz eritmasining reaksiya muhiti haqida xulosa chiqaring. Kuzatish natijalarini jadvalga yozing.


Savollar.
1. Qaytar va qaytmas gidroliz.
2. Tuzlarning gidroliziga oid misollar.
3.Gidroliz jarayonida muhitning o’zgarishi.
4. Birga gidrolizlanish nima?
Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling