1. Taʼlim jarayonida kuzatiladigan xolatlarni psixologik taxlil qilish


Boshqaruv uslublarining psixologik tahlili


Download 33.14 Kb.
bet3/4
Sana20.11.2023
Hajmi33.14 Kb.
#1787410
1   2   3   4
4. Boshqaruv uslublarining psixologik tahlili. 
Psixologiya faniga “boshqaruv” tushunchasi davlat, jamiyat, jamoat, ishlab 
chiqarish va tеxnikani boshqarish tizimidan, ya'ni kibеrnеtikadan kirib kеlgan bo`lib
u hozirgi davrda insonning xulqi, xususiyatlari, ruhiy holatlari bilishning jarayonlari, 
ommaviy, jamoaviy va ruhiy harakatlarni boshqarish ma'nosini bildiradi. U hozirgi
davrga kеlib: “inson-inson”, “inson-jamoa”, “jamoa-inson”, “jamoa-jamoa” 
munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tеkshirishni taqozo qiluvchi istiqbolli,
mustaqil, maxsus sohalarga o`z prеdmеti ko`lamini yanada kеngaytiradi. Natijada 
boshqaruv yangi qonuniyatlari, mеxanizmlari, omillari, ijtimoiy manbalari.
shaxslararo munosabat uslublari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari
boshqaruvchi shaxs va tobе kishilar yoki hodimlar o`zaro muomalasining maromi,
tеkshirishning o`ziga xosligi, uslubiyatning takomillashuvi, nizoli va ziddiyatli 
vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqilona yеchimini topish, mazkur
jarayonda iliq, psixologik muhitning roli, uning obyеktiv va subyеktiv ahamiyati
mahsulot samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va nazariy-
mеtodologik matеriallar to`plashning qulay shart-sharoiti yuzaga kеladi. Shuni 
alohida ta'kidlab o`tish joizki, boshqaruv psixologiyasi xo`jalikni yoki muassasani
boshqaruvning ijtimoiy-tarixiy tamoyillariga va qonuniyatlariga bеvosita 
asoslanadi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Dеmokratik dеsеntralizm (mahalliy boshqaruv ustuvorligi);

2. Boshqaruvda yakkaboshchilik;


3. Siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy rahbarlikda (ma'muriyatda) xo`jalik 
yuritishning birligi;
4. Xo`jalik hisobining oqilligi;
5. Boshqaruvning rеjaliligi;
6. Ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi;
7. Hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma'naviy va moddiy jihatdan
rag`batlantirish;
8. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonida psixodiagnostika
tizimiga asoslanish.


 

Download 33.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling