1. Taʼlim jarayonida kuzatiladigan xolatlarni psixologik taxlil qilish
Download 33.14 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Inson psixikasiga taʼsir qiluvchi omillar.
1. Taʼlim jarayonida kuzatiladigan xolatlarni psixologik taxlil qilish. Oxirgi yillarda g’arb psixologlari nomotetik va idiografik yondoshgan holda shaxsni o’rganishda ishonchsizlik bo’lmoqda. Ko’rsatilishicha psixodiagnostikani tarixida ushbu yondoshishlarni integrasiyasini boshlanishi. (Olport qimmatbaho buyumlar va shaxsiy hujjatlar o’rganilishini yo’lga qo’ygan). Taxmin qilinishicha nomotetik va idiografik yondoshish integrasiyasi “dialogik model” degan nomlanish psixolog va tekshiriluvchining o’zaro ta’siridan yuzaga kelgan. Bu modelda psixolog “umumiy daraja eksperti” ko’rinishida, tekshiriluvchi esa “shaxsiy fikrlar va ahamiyatlar eksperti” ko’rinishida bo’ladi. Nomotetik yondoshishni mashhurligi shu bilan xulosa qilinadiki, hamma psixologik xususiyatlar hosil bo’lishini o’ziga xosligini isbotlovchi bir necha misollarni hech bir qiyinchiliksiz keltirishimiz mumkin. Introvertirlikni individda aniqlaganimizda bu xususiyat doimiy bo’lishiga va aniq bir sharoitlarga bog’liqmasligi haqida tez xulosa qilishimiz kerak emas. Inson ayrim hollarda va munosabatlarda introvert, boshqa hollarda esa ekstravert bo’lishi mumkin. Bundan kelib chiqishiga ko’ra individ aniq bir holatlarda qanday harakat qilganiga asoslangan holda, uning boshqa holatlarda qanday harakat qilishini aniq bilish mumkin emas. Idiografik yondashuvlar tarafdorlari alohida shaxsning psixik tashkillashtirishni qaytalanmasligini, “obyektiv” (miqdoriy) metodlardan uni o’rganilishidan xoli holda ekanligini ta’kidlashadi. Shaxsda ilmiy izlanish olib borish mumkin emas, chunki har bir uning yuzaga kelishi o’ziga xos umumiydan ajralgan chet el psixologiyasida nomotetik va idiografik qarshi turishlar dialektik bog’lanishlarni qarshi turishi natijasida kelib chiqadi. 2. Inson psixikasiga taʼsir qiluvchi omillar. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulgʼayib borayottan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday boʼlsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri oʼz predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini oʼrganadi. 8 Ontogenez ~ (yunoncha,. optos-mavjud, jon, zot; genezis- kelib chiish, paydo boʼlish) - individning paydo boʼlishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yoshning ulgʼayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yoʼlining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Download 33.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling