1. Taʼlim jarayonida kuzatiladigan xolatlarni psixologik taxlil qilish


Guruhlarda liderlik va rahbarlik. Liderlarning turlari


Download 33.14 Kb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi33.14 Kb.
#1787410
1   2   3   4
3. Guruhlarda liderlik va rahbarlik. Liderlarning turlari. 
Boshqaruv jarayoni maqsadga erishish yoʼlida odatda koʼpgina 
qiyinchiliklar, toʼsiqlar, muammolarga duch kelish mumkin. Bu muammolarni
muvaffaqiyatli hal etgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Menejerlar boshqaruv pogʼonasiga binoan uch toifaga boʼlinadi:
- Yuqori pogʼona menejerlari. 
- Oʼrta pogʼona menejerlari.
- Quyi pogʼona menejerlari. 
Xodimlar orasidagi, bajaruvchilar va maʼmuriyat orasidagi
munosabat chiziqli koʼrinishda boʼlib (ierarxik, vertikal), unda har bir 
quyidagi xodim, faqat oʼzidan yuqoridagi oʼzining boshligʼiga boʼysunadi; va
funktsional koʼrinishda (gorizontal) boʼlib, u xizmat turlariga - terapiya
jarrohlik, tashhislash va boshqalarga boʼlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda
Yaponiya, АQShda markazlashmagan boshqaruv tizimi keng taraqqiy topgan 
boʼlib, bunda boshqaruvning tarkibi asosan 4 qismdan tashkil topgan: Oliy
rahbariyat (strategik bosqich) - bunga bosh vrach va moliya - iqtisodiyoti 
xodimlari, tashkiliy - uslubiy va statistika boʼlimlari kiradi. Ular qaror qabul
qilishga maʼsul shaxslar hisoblanadi. Oʼrta bosqichdagi rahbarlar (taktik 
bosqich) - bosh vrachning tibbiy yordam turlari boʼyicha oʼrinbosarlari va

bosh hamshira; quyi bosqichidagi rahbarlar (operativ bosqich) - boʼlim


mudirlari, boʼlimning katta hamshiralari. Rahbarlarning eng quyi bosqichini 
bajaruvchilar vrachlar, hamshiralar va h.k tashkil eta di.Yaponiyada boshqaruv
tizimi markazlashmagan unda har - bir xizmatchi oʼz - oʼzini nazorat qiladi, u 
nafaqat bajaruvchi balki maʼlum darajada subʼekt hisoblanadi.
Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlashni isloh qilishning asosiy vazifalaridan 
biri sogʼliqni saqlash muassasalarini davlat monopoliyasidan chiqarish,
markazlashmagan boshqaruv tizimini tashkil etish va demokratiyalashtirish 
hisoblanadi. Bundan tashqari Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash tizimiga malakali,
maxsus tayyorgarlikdan oʼtgan, yuqori maʼdaniyatli, oliy fazilatli rahbar 
xodimlarni-menejerlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi.
Rahbar madaniyati deganda rahbar odobi va iqtidori oʼrtasidagi dialektik 
bogʼlanish tushuniladi. Bu bogʼlanish quyidagi fazilatlar majmuida oʼz aksini
topadi:

Rahbar madaniyati= odob+iymon+insof+adolat+iqtidor.


Odob— aqlning suyanchigʼi, barcha fazilatlarning mezoni. Bexudaga 
xalqimizda "Аql bilan odob — egizak" deyishmaydi.
Odob— yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar 
orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi oʼz jonini yomon
hislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan 
bezaydi.
Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʼladi, eʼtikod, iqror va amal.
Eʼtiqod — bu ishonch. Iqror — soʼzda buni tan olish. Аmal — yaxshi
ishlar bilan uni isbotlash. 
Insof — har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida,
tevarak-atrofidagi kishilar oldida oʼz hatgi-harakati bilan maʼnaviy 
masʼuliyatini his etishining ifodasidir. Insof bu adolat va vijdon amri bilan ish
tutish tuygʼusi va qobiliyati, ishda kishilarga munosabatda halollik bilan 
yondoshish.

Аdolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Аdolatparvar


rahbarning ahloqiy hislatlari bemalol qonun oʼrnini bosa oladi. Аdolatli 
jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga ragʼbati
kuchli boʼladi.
Iqtidorli - deganda biror soha boʼyicha layoqatini ongli ravishda
namoyon qilish uchun qatьiyat koʼrsata oladigan kishilar tus huniladi. Iqtidorli 
odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga — maqsadiga
yotadi.


Download 33.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling