5. Faoliyatga motivatsiya berish natijalari.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obʼektlar, hodisalar, guruhlar va
shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik
holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq
anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrogʼimiz muqaddas,
nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan
shugʼullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu
tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda oʼrnashib
qolganligiga eʼtibor bermasdan yuqorida sanab oʼtgan hissiyotlarni boshdan
kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar boʼlib, ularning
mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va
uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi.
Аmerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini
ishlab chiqqan:
А. Kognitiv komponent - ustanovka obʼektiga aloqador bilimlar, gʼoyalar,
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Аffektiv komponent - ustnovka obʼektiga nisbatan subʼekt his qiladigan real
hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - subʼektning obʼektga nisbatan real sharoitlarda amalga
oshirishi mumkin boʼlgan harakatlari majmui (xulqda namoyon boʼlish).Bu uch xil
komponentlar oʼzaro bir-birlari bilan bogʼliq boʼlib, vaziyatga qarab u yoki bu
komponentning roli ustivorroq boʼlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |