1. ta’lim jarayonini raqamli transformatsiyasi


-rasm. Pedagoglarning raqamli kompetensiyalari (Digital Competence of Educators) modeli


Download 435.91 Kb.
bet2/7
Sana27.10.2023
Hajmi435.91 Kb.
#1726630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DigCompEdu

1.1.1-rasm. Pedagoglarning raqamli kompetensiyalari
(Digital Competence of Educators) modeli

DigCompEdu – o‘qituvchining raqamli kompetensiyalarining Yevropa modelida (Digital Competence of Educators) jami 22 ta kompetensiya ko‘rib chiqiladi. Ularni shakllantirishning 6 ta yo‘nalishi taklif etilgan:
Биринчи йўналиш таълим жараёнининг барча субъектларининг рақамли технологиялар орқали ўзаро таъсирини ўз ичига олган компетециялар билан боғлиқ: жамоа, таълим олувчилар ва уларнинг ота-оналари билан касбий ўзаро ҳамкорлик. Ушбу йўналиш шунингдек, педагогнинг ахборот технологиялари ва рақамли воситалар ва ресурслардан фойдаланиш соҳасида узлуксиз ривожланишга йўналтирилган ўз касбий фаолиятини таҳлил қилиш қобилиятини шакллантиришни ўз ичига олади.
Иккинчи йўналиш педагогнинг ахборот ресурсларини танлаш ва уларни таълим олувчилар эҳтиёжларига мослаштириш, ўз рақамли ресурсларини яратиши ва ўқув жараёнининг барча субъектлари учун улардан хавфсиз фойдаланишни таъминлаш қобилиятини ўз ичига олади.
Учинчи йўналиш таълим жараёни билан бевосита боғлиқ бўлган компетенцияларни шакллантиришни, яъни таълим олувчиларнинг мустақил ишлаш қобилиятини ривожлантиришни таъминлашга, шунингдек, гуруҳ шаклида ишлашда самарали ўзаро таъсирини амалга оширишга қаратилган компетенцияларини қамраб олади.
Тўртинчи йўналиш баҳолаш жараёнида рақамли воситалардан фойдаланиш билан боғлиқ компетенцияларни белгилайди. Таълим олувчилар фаолияти ҳақидаги маълумотларни таҳлил қилиш ва танқидий баҳолаш, шунингдек, ахборот технологияларидан фойдаланиш асосида ўз вақтида ва самарали ҳисобот бериш қобилиятига эга бўлиши керак.
Бешинчи йўналиш педагогнинг шахсга йўналтирилган ўқув жараёни тамойилини амалга ошириш қобилиятини шакллантириш, таълим олувчиларни таълим жараёнига максимал даражада жалб қилиш учун рақамли таълим муҳитида табақалаштирилган ёндашувни таъминлаш ва ўқитиш учун янги имкониятлар яратиш билан боғлиқ.
Олтинчи йўналиш педагогнинг рақамли саводхонлиги, унинг рақамли муҳитда таълим жараёнида зарур бўлган ахборот ва ресурсларни танлаш ва таҳлил қилиш қобилияти, шунингдек, рақамли технологиялардан фойдаланиш билан боғлиқ масалалар ва муаммоларни ҳал қилиш билан боғлиқ компетенцияларни ўз ичига олади.
Ushbu yo‘nalishlar raqamli ta’lim modelining asosini tashkil qiladi. Raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda samarali kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zamonaviy pedagogdan qanday kompetensiyalarni shakllantirish kerakligi batafsil tavsiflangan.
Raqamli ko‘nikmalar – "bilim olish" darajasida muhim rol o‘ynaydi, chunki AKT bo‘yicha tayanch ko‘nikmalar o‘qitish jarayoniga texnologiyalarni integratsiya qilishning muhim sharti hisoblanadi. Ushbu daraja uchun umumiy raqamli texnologiyalar – matn muharrirlari, taqdimot yaratish dasturlari, elektron pochta xizmatlari va ijtimoiy tarmoq ilovalari aniqlandi.
Mazkur muhim aspektlarning har biri raqamli ta’lim muhitida pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan, ta’lim muassasasini axborotlashtirishning uchta yondashuvi bilan bog‘liq.
Birinchi daraja – “Bilim olish”: pedagoglarga ta’lim samaradorligini oshirish uchun AKTdan foydalanishga yordam berish qobiliyatini talab qiladi.
Ikkinchi daraja – “Bilimlarni o‘zlashtirish”: pedagoglardan ta’lim oluvchilarga fan bo‘yicha mavzularining mazmunini chuqur o‘rganish, olingan bilimlarni real hayotda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun qo‘llash uchun yordam berish qobiliyatini talab qiladi.
Uchinchi daraja – “Bilimlar yaratish" - pedagoglardan ta’lim oluvchilarga jamiyatning rivojlanishi va farovonligi uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarni ishlab chiqarishga yordam berish qobiliyatini talab qiladi.
YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan model tarkibi ta’limda AKTning rolini tushunish, o‘quv rejasi va baholash, pedagogik amaliyot, raqamli texnologiyalar bilan ishlash malakalari, ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish va pedagogning kasbiy rivojlanishi kabi modullarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Xalqaro texnologiya ta’limi jamiyati ISTE modelining asosiy yo‘nalishlari sifatida oltita soha: ijodkorlik va innovatsiya, aloqa va hamkorlik, tadqiqot va axborot kompetensiyasi, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish, raqamli fuqarolik, asosiy texnologik tushunchalarni tushunish va ulardan foydalanish kabi asosiy aspektlar ko‘rib chiqilgan.
TRASK (Technological Pedagogical Content Knowledge) modelida fan mazmuni, o‘qitish metodikasi hamda dasturiy ta’minot bo‘yicha texnologik bilimlar integratsiyasi o‘z aksini topgan. Ushbu model pedagogning yangi raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalari tavsiflaydi (1.2-rasm).


Download 435.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling