1. Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari va amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati
Download 103.24 Kb.
|
1. Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari va am
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. TA’LIMDA PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI I.1.Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari va amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati………………………………….………….6 I.2.Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy tamoyillar………………………………………………………………………...13 II BOB. IJTIMOIY ROL, KASBIY POZITSIYA VA STATUS,AMALIY PSIXOLOG VA KORREKSION ISHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT II.1.Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi va amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar................................................................................16 II.2.Psixolog xizmati va uning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari…………….21 XULOSA………………………………………………………………………….32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….33 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Psixolog o'zining inson xulq-atvori va ruhiy faoliyati, ruhiy taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o ‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o ‘zaro m u nosabat xususiyatlariga, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv im koniyatlarini ta ’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo'llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o'quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat uch asosiy bo‘g‘indan tuzilgan: — aniq o ‘quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi; — tuman xalq ta ’limi qoshidagi tashxis markazi psixologi; — respublika kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologikpedagogik tashxis markazi psixologi. Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda, bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o'z faoliyatini pedagogik jam oa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o'z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko‘rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqindan ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o'zaro to ‘ldirishi asosida quriladi. Psixologik xizmatning mazmuni: a) psixoprofilaktika; b) psixologik maorif va m a’rifat; d) psixodiagnostika; e) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya; f) psixologik maslahat. Psixologik xizmat haqida Nizom 1996- yili Xalq ta ’limi Vaziri tom onidan tasdiqlangan. 2001- yilda bu Nizomga o'zgartirish kiritildi. Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo‘lishi mumkin: a) xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan m a’aizalar turkumi va trening mashg‘ulotlari olkazish va aholining psixologik madaniyatini o ‘stirish maqsadida; b) ilmiy ommabop adabiyotlami yaratish va ularni tarqatish; d) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; e) psixodiagnostik tadqiqotlar o ‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); f) psixologik maslahat berish; g) psixologik konsiliumlar o’tkazish; h) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish; i) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv dasturi, o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar. Psixologik xizmat haqidagi Nizom 6 bo‘limdan iborat. Ular: 1. Umumiy qoidalar. 2. Psixoprofilaktik ishlar. 3. Psixodiagnostik ishlar 4. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar. 5. Psixolog maslahati. 6. Psixologik xizmat xodimlarining mas’uliyati. Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan. 1. Psixologik xizmat xalq ta ’limi va oliy o brta maxsus ta ’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning (pedagog, o'quvchi, talaba, ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi. 3. Psixologik xizmat mutaxassislari o ‘z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog'atga yetmagan o'smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo'mitasi, ishlab chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar. Amaliyotchi psixologlar o ‘qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta ’tili muddati barcha o'qituvchilar bilan barobardir. O 'quvchilar soni 500 gacha b o ig a n rnaktablarda 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb-hunar kollejlarida o'quvchilar soni 250 ta bo4sa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi kerak. Bog‘chalarda har 2 bog‘chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq. Download 103.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling