1. Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o’rni


Download 99.61 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi99.61 Kb.
#1593411
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 oraliq javoblar


1.Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o’rni

Mavzularga oid taqdimot, test va glossariy tuzish

2. Oilaviy shaxslararo munosabatlarning muammolari, oilaviy nizolar

Mavzularga oid taqdimot, test va glossariy tuzish

3. Etnik guruhlar psixologiyasi.

4. O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar psixologiyasi

Mavzularga oid taqdimot, test va glossariy tuzish

5. Pedagogik qobiliyatlar haqida tushuncha

Mavzularga oid taqdimot, test va glossariy tuzish



1 Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o’rni. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyada yosh davrlarini tabaqalash muammolari Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning moхiyatini turlicha yoritadi. Ma'lumki, хar bir davr o’zining muхim хayotiy sharoitlari, eхtiyojlari va faoliyati, o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jiхatdan xarakterli yangi sifatlarning хosil bo’lishi bilan ajralib turadi. хar bir davr o’zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urg’u berib o’tish maqsadga muvofiqdir. Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari хamda uning davrlari xaqidagi ta'limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat bo’lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi. Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi: 1) sensomotor intellekti - tug’ilgandan 2 yoshgacha; 2) operasiyagacha tafakkur davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha; 3) aniq operasiyalar davri - 7, 8 yoshdan - 11, 12 yoshgacha; 4) rasmiy operasiyalar davri. Fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi: 1) хomilaning ona хornidagi davri; 2) impulsiv хarakat davri - tug’ilgandan 6 oylikkacha; 3) хis-tuyхu davri (emosional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan хarakatning uyхunlashuvi) davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha; 6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va o’spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shuхullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o’zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Хozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan muloхaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruхlarga ajratish va ularning moхiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruхiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; 1. Chaqaloqlik davri inqirozi. 2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi iiхiroz. 3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. 4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. 5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. 6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta'riflab bera olgan. Olim eng muхim psixik yangilanishlar xaqida ilmiy va amaliy aхamiyatga molik muloхazalar bildirgan. Biroq, bu muloхazalarda ancha munozarali, baхsli o’rinlar хam mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy aхamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi muloхazali va olg’a surgan g’oyalari хozirgi kunning talablariga mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, хar qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy moхiyatini tashkil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: 1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat - bevosita emosional muloqot; 2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat - predmetlar bilan nozik хarakatlar qilish; 3. Makgabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o’yinlar; 4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish; 5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; 6. Katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri. D.B.Elkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e'tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniхsa yosh davrlari psixologiyasida muхim o’rin Hosts tutadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik. namoyandasi A.A.Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi: 1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan bir oylikkacha; 2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha; 4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha; 5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 6. O’rta maktab yoshi davri (o’spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha; 7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha. Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Kruteskiy insonning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta'kidlaydi: 1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha); 2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha); 5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi хar ikkala tasni puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan хatiy nazar inson kamologini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari xaqida ko’proq ma'lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, yetuklik, хarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida nazariy va amaliy ma'lumotlar yetishmaydi. Shunga qaramay ular o’rta maktab pedagogik psixologiya fani uchun aloхida aхamiyat kasb etadi. Хozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili AV.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijgimoiy-psixologik nuqtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta'kidlaydi: 1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) tug’ilganidan 3 yoshgacha. 2. Bog’cha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha, 3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha. 4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha. 5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaхolanki, o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo’lishidan qat’iy nazar, хar ikkala yo’nalishning хam oraliq jabхalari bo’lishi eхtimoldan хoli emas. Ma'lumki, хar bir yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola хolatining o’zgarishi, ta'lim va tarbiya shakllarining o’zgarishi хamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin. Хozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir: 1. Ilk bolalik davri - tug’ilgandan 3 yoshgacha; 2. Bog’cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha; 3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha; 4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha; 5. Ilk o’spirinlik (kollej va lisey o’quvchilari)- 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha. Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiхilgan. хozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta хissa хo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini хal qilishda muхim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, хozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir. Takrorlash va muхokama qilish uchun savollar. 1. Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va хarakatlantiruvchi kuchlari xaqida ma'lumot bering. 2. Psixik taraqqiyot va ta'limning o’zaro munosabati deyilganda nimani tushunasiz. 3. Psixik taraqqiyotning qonuniyatlari nimalardan iborat. 4. Yetakchi faoliyat deyilganda nimani tushunasiz. 5. Yosh davrlarini tasniflab bering. 6. Yosh davrlarini tabaqalash xaqidagi turli nazariyalar xaqida ma'lumot beringх Mavzu yuzasidan test savollari: 1. "Ta'lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi" degan fikrni ilgari surgan olimni aniklang? A) V. Shtern; B) J. Piaje; V) L.S. Vigotskiy. 2. Inson shaxsining tarkib topishi asosan nechta omillarning ta'siriga bog’liqdir? A) 3 ta B) 2 ta V) 4 ta. 3.O’quv faoliyati - bu shunday faoliyatki, A) U kelajakka yo’naltirilgan rivojini belgilaydi; B) U bevosita, kishilarni ijod kilishga, meхnat bilan shuхullanishga undaydi; V) Unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi.
4. "Bola tarakkiyotini хech maхal maktab ta'limidan tashkaridagi soya deb хisoblash mumkin emas" - bu fikrni ilgari surgan olimni aniklang? A) P.P.Blonskiy; B) V.V.Davidov; V) L.S.Vigotskiy. 5. Yosh davrlarini tabakalash bo’yicha kaysi psixolog olimlar ish olib borganlar? A) L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Lyublinskaya; B) B.G.Ananev, D.B.Elkonin, A.V.Petrovskiy; V) Barcha javoblar to’g’ri. 6. Yosh davrlari to’g’ri tasniflangan katorni aniklang? A) Chakaloklik, go’daklik, ilk bolalik,kichik maktab yoshi, o’smirlik, ilk o’spirinlik, o’spirinlik davri, yetuklik, keksalik davri; B) Chakaloklik, kichik maktabgacha davr, o’smirlik davri, ilk yoshlik davri, yetuklik, keksalik davri; V) Bolalik, Bog’cha yoshi,maktabgacha davr, o’spirinlik davri, yoshlik, o’smirlik, yetuklik davri
2 Oilaviy shaxslararo munosabatlarning muammolari, oilaviy nizolar

Oilaviy nizolar psixologiyasi.


Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Xo‘sh, eng yezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro‘y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo‘ladimi? Bu kabi savollarni yana ko‘p davom ettirish mumkin. Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo‘lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo‘lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko‘plab ertaklar eshitib, keyinchalik o‘zlari ham ularni turli kitoblardan o‘qib o‘sgan yoshlar o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo‘lda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda visolga yerishadilar, yelu yurtga «qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, murod-maqsadlariga yerishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi. Bunga sizlar ham ko‘p martalab guvoh bo‘lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o‘z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so‘ng o‘g‘il bolalar xuddi o‘z otasidek va qizlarimiz o‘z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo‘lishni orzu qiladilar. Chunki ular o‘z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo‘luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko‘rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo‘lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko‘rsatish an’analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo‘ladi. Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og‘ushida oila qurgan yoshlar, o‘zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari o‘zlari kutganlaridek bo‘lmayotganligi, turmush o‘rtog‘ini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (to‘ydan oldingi) holatiga nisbatan ma’lum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o‘zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o‘zbek oilasida uning yetnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklar erxotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun muqarrar bo‘lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o‘z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir. Xo‘sh bu jarayonlar, ya’ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular erxotinning o‘zaro munosabatlariga qay darajada ta’sir yetadi? O‘tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan yekan. Garmdori achchiq, lekin u me’yorda bo‘lsa ishtahani ochadi, me’yoridan ortib ketsa, og‘iz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila qanday bo‘lishidan qat’i nazar nizolardan mutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan) bo‘la olmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo‘lmaydi. Bu nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o‘taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo‘qki, shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa ma’lumotlari (ko‘rsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo‘lsa. Bunda hamma narsa subyektning o‘ziga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qo‘yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, bir-birlariga aynan o‘xshash, mos ikki odamning bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday yekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun me’yorida bo‘lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi, yoki biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga yega bo‘lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkin va hokazo. Shunday yekan jamiki oilalarga xos bo‘lgan nizolar va ularning sabablarini yagona bir o‘lcham yoki xarakteristika Bilan ko‘rsatib berish masalasi ham mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni o‘rganish, ular a’zolarining o‘zaro munosabatlarini taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiylikdan har bir odam o‘zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar chiqarib olishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli bo‘lishligini (ekanligini) da’vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir.
Oilaviy nizolar turlari
1. Er-xotin o‘rtasidagi.
2. Qaynona-kelin o‘rtasidagi.
3. Qaynona-kuyov o‘rtasidagi.
4. Ovsinlar o‘rtasidagi.
5. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi.
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok yetayotganiga ko‘ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:
 er-xotin o‘rtasidagi nizolar;
 qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar;
 qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar;
 ovsinlar o‘rtasidagi nizolar;
 ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar. Albatta, bu ro‘yxatni yanada davom yettiraverish mumkin, lekin biz hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro‘y berish ehtimoli nisbatan yuqori bo‘lgan nizolarning yeng asosiysi bo‘lmish er-xotin o‘rtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek bo‘lishi mumkin. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, har qanday oilada er-xotinning o‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday yekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyasiz oilalarda ro‘y beradigan nizolarni ko‘rib chiqaylik. Sxemada ko‘rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyasiz oilalardagi nizolar yesa ajratuvchi xarakterga yega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi. Ular, o‘zlarining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar, bu muammolarning hal yetilishi, kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi. Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham yerning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo‘la oladi. Ular asosan er-xotin o‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o‘zlarigina hisoblanadilar. Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal yetilishida er-xotinlarning birbirlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o‘rganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolarni hal yetish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar «er-xotinnnig urushi — doka ro‘molning qurishi » kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro‘molning qurishi» er-xotin o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammo va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi ko‘pincha, ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, erni yoki xotinni shaxsan o‘zi uchun biron nima xarid qilishi, erning yoki xotinning ishi tufayli, o‘zbek oilasi uchun xarakterli bo‘lgan nizolardan bo‘lmish yer yoki xotinning qarindosh-urug‘lari bilan bo‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning hal qilinishi, ya’ni bir tomon manfaatlarining qondirilishi ko‘pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozilik, ye’tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal yetilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi. Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham ba’zan er-xotindan tashqari uchinchi odam bo‘lishi mumkin, ularning hal yetilishi ham yerxotinlarning o‘zlarigagina emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga bog‘liq bo‘ladi. Bularning oqibatida nizolarni yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralanmagan» nizolar bo‘lib, o‘z xarakteri, ishtirokchilari, hal yetilishi va oqibatlariga ko‘ra er-xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa a’zolari: qaynona, qaynsingil, ovsinlar va boshqalar ham aralashadi. Ijtimoiy psixologiyada gap, so‘z, nizo haqidagi ma’lumot bir og‘izdan chiqib, kishilarning keng tomoniga qarab harakatlana boshlaydi. Uning ko‘lami ma’lumot manbayidan uzoqlashib, undan xabardor bo‘lgan va unga jalb etilgan ishtirokchilar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi. Er yoki xotin bir-birlari bilan urishib qolganlaridan so‘ng bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo‘lsa, imkon qadar shu nizoda o‘zini aybsiz, haq qilib ko‘rsatishga, shu uchinchi odamni uning manfaatlarini himoya qilishiga og‘dirib olish maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda subyekt foydalanadigan gap-so‘zlar, ohang, imo-ishora, mimika, urg‘u va boshqalar deyarli barcha verbal va noverbal vositalar ro‘y berib o‘tgan hodisa (nizo-janjal)ning asl holatiga qaraganda bo‘rttiribroq idrok yetilishini ta’minlaydi. Nizo haqida qanchalik ko‘p odamga gapirib beraverilgan sayin, u ayanchli tus olgan holda avj olib boraveradi va oqibatda fojiali natijalarga ham olib kelishi mumkin Shunday yekan, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki ularni birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro‘y beradigan biriktiruvchi nizolarga tayyor bo‘lishlari, ularni biriktiruvchilik, er-xotinni bir-birlariga moslashuvlariga, ularning o‘zaro munosabatlarining rivojlanishini ta’minlovchi, ularning har ikkalovining ham, ya’ni «biz»ning manfaatiga qaratilgan nizolarning biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularni salbiy oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka o‘rganishlari lozim. Albatta ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» nizolarni oldini olish, uning oqibatlaridan voqif bo‘lishlari ham maqsadga muvofiq. Sxemada ko‘rinib turganidek er-xotinning o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar aksariyat hollarda er-xotin o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarning hal yetilishi, ularning o‘rtasida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-oqibat er- xotin munosabatlarinig mustahkamlanishiga olib boradi. Ajratuvchi nizolarda yuqorida aytib o‘tganimizdek, bir nizoning hal yetilishi (ya’ni er-xotinlardan birining manfaatining qondirilishi) navbatdagi nizoning yuzaga kelishiga asos yaratar yekan, o‘z navbatida bunday «men» xarakteridagi, «chegaralanmagan» nizolar tufayli er-xotin munosabatlarida nizolar «eskolasiyasi » shakllanib qoladi va oilaviy hayot er-xotin uchun «uzluksiz jang maydoni»ga aylanib qoladi. Bunday nizoli muhit nafaqat shu oiladagi er-xotinning ruhiy olamiga, ularning asabi, sog‘lig‘i, ijtimoiy holatigagina emas, balki shu oilalarda dunyoga kelib shunday muhitda tarbiyalanayotgan farzandlarning ruhiy olamiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday oilalarda hukm surgan nizoli vaziyat, doimiy janjallar mehr-oqibatizlik, o‘z asoratini faqat shu oilalarning o‘zidagina qoldirmay, balki shu oila farzandlari tomonidan tuzilajak keyingi avlod oilalariga ham o‘z asoratini olib o‘tishi mumkin. Er-xotin munosabatlarida nizolarning rivojlanish yo‘li tasviri berilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, yangi yuzaga kelgan oilalarda er-xotin munosabatlarining u yoki bu tarzda rivojlanishi oqibatida shartli ravishda to‘rt xil oilalar shakllanib boradi. Bular: o‘zaro munosabatlari mustahkamlangan oilalar; munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar; yangi nizolar yuzaga kelib va takrorlanib turadigan (nizoli) oilalar; va nihoyat munosabatlar uzil-kesil buzilib ajralishib ketgan oilalar. Bularning orasida eng maqbuli — 1-toifa oilalar. Yoshlarimizning har biri shunday mustahkam oila qurishga intilishlari lozim.
2-toifa oilalar munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar. Bunday oilalarda bo‘lib o‘tgan nizolardan so‘ng er-xotinlar o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgan nizolar, ziddiyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishib, o‘z xatolarini vaqtida anglab yetib, birbirlarini tushunishga harakat qilsalar, ularda ham o‘zaro hamkorlik yuzaga kelishi mumkin. Agarda qulay shart-sharoitlar yuzaga kelmasa, er-xotinlar o‘z xatolarini tushunib yetish va ularni tuzatish borasida yetarlicha bilim, tajribaga ega bo‘lmasalar, yoki bu xatolarni bartaraf qilishni xohlamasalar, shuningdek, ularning katta yoshdagi qarindosh-urug‘lari, yaqinlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, yoshlarga umumiy yo‘l-yo‘riqlar, maslahatlar bermasalar, va aksincha yosh oila hayotiga noo‘rin aralashgudek bo‘lsalar (afsuski bunday holatlar o‘zbek oilalarida tez-tez uchrab turadi), bunday hollarda vaqtinchalik erishilgan zo‘riqishlarning pasayishi keyinchalik yana yangi nizolarning yuzaga kelishi bilan avj olib ketishi mumkin. Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat xarakteriga ko‘ra: «nizolar qisman hal qilinadigan zo‘riqishlarning kuchayishi yangi nizoning yuzaga kelishi _ ular yana qisman hal qilinishi» zanjiridagi oilalar bu to‘rt tur oilalar ichida eng xarakterlisi va jiddiy e’tibor talab qilinadiganidir. Chunki ayrim oilalar (4-toifa) er-xotin munosabatlari yomonligi, nizolar chuqurlashuvi, zo‘riqishlar keskinlashuvi (hatto ayrim hollarda arzimagan narsalar) tufayli buzilib ketishi mumkin. Albatta, ajralish hodisasi bu nikoh oila munosabatlari uchun ayanchli. Ayniqsa, bunday hollarda oilada farzandlar bo‘lsa, ular otasiz yoki onasiz qolishadi. Ajralishdan so‘ng har ikki tomonning ijtimoiy ahvoli keskinlashadi. Lekin birinchi marotaba oilasi buzilgan odam kelgusi safar o‘z xatolarini tuzatishi, balkim keyinchalik «o‘z tengini topib» baxtli hayot kechirib ketishi ham mumkindir. Biroq 3-toifa oilalarning o‘zbek etnosi uchun xarakterli yana bir jihati shuki, o‘zbeklarda, shuningdek, tojik, qirg‘iz, qozoqlarda ham oilalarning buzilib ketish hollariga boshqa, yevropa xalqlarida bo‘lganiga nisbatan salbiy munosabatlarda bo‘lish an’analari kuchli. Ya’ni ajralish jamoatchilik fikriga ko‘ra qoralanadi. Buning ustiga o‘zbek oilalarida qarindosh - urug‘ chilik nikohlari boshqa qardosh millatlar oilalariga qaraganda ko‘proq uchraydi. Mabodo bunday oilalarda er-xotin munosabatlari kutilgan tarzda rivojlanmasa, ya’ni ular nizojanjalli, birbirlarini tushunmaydigan, bir-birlariga mos tushmaydigan, psixologik qovusha olmaydigan bo‘lsalar ham «oila buzilmasin», «qarindosh-urug‘chilik uzilmasin» qabilida ish tutib, qanday qilib bo‘lmasin oilalarni saqlab qolishga harakat qilinadi. Hozirgi vaqtda nikoh-oila munosabatlari zaminida yuzaga keladigan noxush hodisalar, har xil asab buzilishlar kasalliklarning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar, o‘z joniga qasd qilish, xiyonat, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi qator ko‘ngilsizliklarning aksariyati shu 3-toifa oilalariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham nafaqat yoshlarimiz balki faoliyati bevosita nikoh-oila muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta yoshdagilar ham hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik xusuiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Yoshlarimiz yesa er-xotin nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga olib keluvchi: ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» turlaridan ogoh bo‘lishi, o‘z hayotlarida shu toifa nizolarning yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida zarur bo‘lgan bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim.

3 Etnik guruhlar psixologiyasi.


Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir ko‘pgina davlatlar mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin 6oshqa tomondan qaraganda, xamdo‘stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o‘rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo‘yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko‘prok e’tibor berish muhim.
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o‘rganish mumkin? Bu hozirda, ya’ni mustaqil O‘zbekiston sharoitida, ko‘pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masaladir. CHunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo‘lgan hozirgi va o‘tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o‘zgarishini, millatlararo sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorat qilmog‘i lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak.O‘zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar, chunki sobiq Ittifoq sharoitining o‘zi ana shunday kuchli nazariyaning bo‘lishi uchun anchagina to‘g‘anoq bo‘lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek tor guruhlar doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chiqmagan edi.
Etnopsixologiya — bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruxlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V. Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi „xalq" tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. SHunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo‘lib, uni psixolog A.R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo‘lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad L.S. Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g‘oyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya g‘alaba qozongan O‘zbekiston sharoitida turmush tarzining o‘zgarishi bilan o‘zbek xalqi psixologiyasining xam o‘zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan bo‘lib, ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlarni, o‘zidagi etakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, o‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan, ayollarga o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig‘i berilganda, ular yomon ko‘shnilarni ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga sifat harakteristikalari berish ancha engil tuyulardi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek A.R. Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o‘rganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o‘rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik prinsiplar sinab ko‘rildi. To‘g‘ri, bu tadqiqotda to‘plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo‘lmaydi, qolaversa, bu konsepsiyaning o‘zi necha bor qayta ishlovni talab qiladi, lekin milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan kross-tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo‘llangan piktogramma — “so‘z portretlari”ni, o‘z-o‘zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda qo‘llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmokda. Bu sohala mashhur rus etnografi va psixologi YU. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi mumkin. YU.V. Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:
1) psixik asos — etnik harakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism;
2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik kism. Lekin tadkikotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy uzaro xamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo‘lgan qirralar hakida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbeklar o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, go‘yoki mehmondo‘stlik kamtarlik samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek xalqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo‘q deyishga xaqqimiz yo‘q Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar — ya’ni o‘rnashib qolgan obrazlar bo‘lganidek har bir oila, yaqin oshna-og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo buo‘ib, ular ongida o‘rnashib boradi. Bunday stereotiplar o‘z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. SHunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi.
O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradiki, shu xis tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chikarishi mumkin. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g‘ururning qay darajada bo‘lishini aniqlash muammosi turadi. CHunki ko‘pincha milliy g‘urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g‘urur yoki milliy xislarni tan olmaslik hollari kuzatilmoqda. Ba’zan, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsentrizm va milliy g‘ururning salbiy ko‘rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va hokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi.
Milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga etkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir. CHunki o‘zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi, buning uchun esa o‘z psixologiyasini ham, o‘zgalar psixologiyasini ham bilishi kerak. SHundagina shaxslararo ziddiyatlarga bardam berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga xam xosdir. YA’ni, fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshkarish mumkin bo‘lsin.

4 O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR O’RTASIDAGI O’ZARO MNOSOBATLAR PSIXOLOGIYASI





Download 99.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling