1. Tamaki mahsulotlari va ularning zarari Spirtli ichimliklar va ularning zarari. Giyohvandlik va salomatlik


Spirtli ichimliklar tasirida quyidagilar yuz beradi


Download 27.85 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1608353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

Spirtli ichimliklar tasirida quyidagilar yuz beradi:

  • —transport va mexanizmlarni boshqarishda hatoga yo’l qo’yish yoki shunchaki yurib borayotib, bir erdan tushayotib, chiqayotib, yiqilib tushish kabilardan jiddiy jaroxatlar olish, ba’zan esa shu talafotlar tufayli hayotdan ko’z yumish;

  • —o’y-fikrlarda qatiyatlik va ishonch bo’lmasligidan yoki g’araz niyatli fikrlarning ustun kelishidan noqonuniy ishlarga qo’l urish, o’g’irlik, jinoyatchilik kabilarga qo’shilib ketish, terroristik hamda yovuz niyatli oqimlar ta’siriga tushib qolish;

  • —xotiraning susayishi, kishining aqliy qobiliyatining so’nib borishi natijasida kasbdan, xunardan, iqtidor bilan bog’liq barcha sifatlardan ajrab qolish, esi pastlik kabi noxush oqibatlarga duchor bo’lish;

  • spirtli ichimliklarning qon orqali butun organizmga tarqalishi va barcha a’zolar, tizimlar va xatto, hujayralarning zaharlanishidan ularning faoliyatlari bo’zilishi bilan bog’liq kasalliklarning yuzaga kelishi. Ya’ni asablar tizimining zaharlanishi oqibatidagi nevroz holatlari; oshqozon va ichaklar tizimining zaharlanishidan avvaliga oshqozonning yallig’lanishi - gastrit; o’t pufagining yallig’lanishi - xoletsistit; jigarning yallig’lanishi - gepatit; yo’g’on ichakning yallig’lanishi — qabziyat; to’g’ri ichakda - bavosil; keyinchalik jigarning bujmayishi - tsirroz hamda ovqat hazm qilish tizimining turli qism va a’zolarida o’smalar paydo bo’lishi;

  • —ichkilikbozlik ta’siridagi ovqatxo’rlikdan modda almashinishining bo’zilishi bilan borliq kasalliklar, tomirlarda aterosklerozlar va qon bosimining ko’tarilishi; bo’g’imlarda artrit va poliartritlar, yurakda steno­kardiya va infarkt holatlari, qandli diabet, semizlik kabi kasalliklar;

3. Giyohvandlik va salomatlik

  • Giyohvand moddalar tarkibidagi kuchli faol birikmalar - alkaloidlar hisobiga u kishi organizmiga tushgandanoq tez qonga so’rilib, barcha a’zo va to’qimalarga, jumladan, miya hujayralarigacha etib boradi. Miya markazlaridagi axborotlarni qabul qilish va nazorat-mushohada qobiliyatlarini susaytiradi. Buning hisobiga kishi bu­tun badanida soxta osoyishtalik sezadi. Aslida, bu ichki a’zolar va to’qimalar bilan bosh miya markazlari o’rtasidagi aloqalarning susayishidir. Bu hol go’yo uning kayfiyatini yaxshilab, xuzur-halovat baxsh etadi. Lekin, bu xuzur-halovat havfli oqibatlarga olib keladi.

  • Birinchidan, ichki a’zolar va to’qimalardagi axborotlarning kelishida susayish, miya markazlaridagi nazorat-mushohada qobiliyatining pasayishi hisobiga a’zolardagi bo’zilishlarni miya yarim sharlari sezmay, bilmay qoladi. Oqibatda, a’zo yoki to’qimalarda jiddiy kasalliklar rivojlanib, xatto ularning faoliyati butunlay izdan chiqishi mumkin. Miyaning vazifasi esa a’zolar va to’qimalar ishini nazorat qilish, biron a’zo yoki to’qimlar ishida chetga chiqishlar bo’lsa, darhol ichki imkoniyatlarini ishga solib, kerakli tadbirni qo’llash. Giyohvand ta’sirida xuddi shu nazorat bo’lmaydi.

  • Ikkinchidan, miya hujayralari giyohvand moddaga tez o’rganib ketadi va uning ta’siri ketgandan keyin unda unga zarurat paydo bo’ladi. Bu zarurat — xumor tutish harakteriga ega bo’lib, kishi bu xumorni tarqatish uchun yana giyohvand modda iste’mol qilishga harakat qiladi va xumor tu­tish borib-borib. og’ip jismoniy-ruhiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Bunda badanda kuchli og’riqlar, mushaklarda tortishishlar bilan birga, fikrni bir joyga to’play bilmaslik, muttasil nimadir etishmasligi, ko’ngil notinchligi azob berib, kishining o’ylari faqatgina giyohvand moddani topish va iste’mol qilish atrofida bo’lib qoladi.

Uchinchidan, giyohvand moddaga o’rgangan kishi xuzur-halovati uchun har gal oldingi miqdor kamlik qilib bora­di. Giyohvand uning miqdori va sonini oshirib borishga majbur bo’ladi. Uning miqdori va soni oshgan sayin biz yuqorida aytgan organizmdagi jarayonlar ham chuqurlashib boradi. Giyohvandning qiziqishlari torayib, borib-borib, uni qarindosh, oshna, do’st, birodarlari va xatto, oilasi ham qiziqtirmay qo’yadi. Uning fikri-hayolida, giyohvand modda va uni iste’mol qilishdan boshqa hech narsa bo’lmaydi. Bu yo’lda u jinoyat qilishdan ham qaytmaydi.
Uchinchidan, giyohvand moddaga o’rgangan kishi xuzur-halovati uchun har gal oldingi miqdor kamlik qilib bora­di. Giyohvand uning miqdori va sonini oshirib borishga majbur bo’ladi. Uning miqdori va soni oshgan sayin biz yuqorida aytgan organizmdagi jarayonlar ham chuqurlashib boradi. Giyohvandning qiziqishlari torayib, borib-borib, uni qarindosh, oshna, do’st, birodarlari va xatto, oilasi ham qiziqtirmay qo’yadi. Uning fikri-hayolida, giyohvand modda va uni iste’mol qilishdan boshqa hech narsa bo’lmaydi. Bu yo’lda u jinoyat qilishdan ham qaytmaydi.

Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling