1. taqribiy hisob absolyut va nisbiy xato sonlarni yaxlitlash usullari


Download 100.16 Kb.
bet8/15
Sana22.10.2023
Hajmi100.16 Kb.
#1715144
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1. taqribiy hisob absolyut va nisbiy xato sonlarni yaxlitlash us-fayllar.org

Misrliklarning sanoq sistemasi
Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlar misrliklarda o'nli sanoq sistemasi mavjud bo'lganligini bildiradi. Ulardagi ba'zi belgilar 1 dan 107 gacha borgan. Ular birni o'lchov cho'pi, o'nni bo'yunturuq, yuzni o'lchov arqoni, mingni nilufar guli, o'n mingni ko'rsatgich barmoq, yuz mingni qushcha, millionni hayratdagi odam, o'n millionni quyosh ko'rinishida yozishgan (1-jadval, 1-ustunga qarang).
Ular jadvalda keltirilgan belgilarni takrorlash bilan istalgan sonni yoza olishgan.
Misrliklarning yozuvi turli belgilardan tuzilgan-iyeroglif, iyeratik va demotik yozuv turlaridan iborat bo'lgan. Keyinchalik ular bu belgilarni harflarga almashtirishgan. Shunga ko'ra sonlarning belgilari ham o'zgargan. Sonlar yuqori-xona birligidan boshlab yozilgan.
Misr piramidalarining o'lchamlari butun sonlarda |"tirsak"| ifodalangan. Ular qurilish ishlarida butun sonlardan foydalanishgan, yer ustida o'lchashlarda esa kasr sonlar ham uchraydi.
Misrda matematik ma'lumotlarni va boshqa yozuvlarni qayd qilib boruvchi kitoblar bo'lgan. O'rta podshohlik davriga (er.avv. 2000-1700) doir turli xil xo'jalik yozuvlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ular orasida matematik yozuv bilan birga kichkina maxsus matematik qo'llanma ham bor. Bu qo'llanma kotiblarga mo'ljallangan. Shunday matematik papiruslardan ikkitasi saqlanib qolgan.
  1. London papirusi, kotibi Axmes, shuning uchun uni Axmes papirusi, ya'ni papirusning londonlik egasi Rayndning nomi bilan "Raynd papirusi" ham deyishadi. Papirusning bo'yi 5,25 m, eni 33 sm, unda 84 ta matematik masala bo'lib, u e.o. 2000 yillarda yozilgan.


  2. Moskva papirusi-bo'yi 5,44m, eni 8 sm, unda 25 ta masala bor. Bu papirus ham Misrning o'rta podshohlik davri (e.o.2000-1700 yillar) ga to'g'ri keladi.


London papirusi Eyzenlor va Baboninlar o'rganishgan. Moskva papirusini esa akademiklar B.A.Turayev va V.V.Struvelar tatbiq qilishgan va 1930 yili rus tilida nashr qilishgan.



Download 100.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling