1-Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tarbiya tushunchasi. Tarbiya
-Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati
Download 105.46 Kb.
|
Tarbiya fanidan savol javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon tarbiya konsepsiyalarining qiyosiy tahlili
13-Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi. Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda; to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi. Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi. Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil "Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol bo’la oladi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir. O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. 15-O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasi. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi. Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglash singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga; to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga, beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma‘naviy – axloqiy negizi – milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e‘tirof etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi: Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga mosligini ta‘minlaydi. Sog’lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2009 yil 13 apreldagi ―Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida hamda 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan ―2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risidagi qarorlari bunday xayrli ishlarningizchilligini ta‘minlashga xizmat qilayotir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tibbiy-ijtimoiy islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Skrining xizmati qamrovining kengayayotgani, perinatal, pediatriya, akusher-ginekologiya sohalarida erishilayotgan natijalar onalik va bolalik muhofazasida yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir muhim loyiha – homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta‘minlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad – oilada sog’lom farzandlar tug’ilishini ta‘minlash va tug’ma nogironlikning oldini olishdir. Yurtimizdagi oilalarning demografik holati, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, birlamchi tibbiy-profilaktika ko’rigi qamrovini kengaytirish, istalmagan homiladorlikning oldini olishda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan tadbirlar sog`lom oilada barkamol avlodni voyaga yetishini ta‘minlaydi. Konsepsiyada oilaga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil―Oila yili deb e‘lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda qabul qilingan ―Ijtimoiy-ma‘naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risidagi130-sonli qarori misol bo`la oladi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonunining 30-moddasida ―Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, makatabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishlari uchun javobgardirlar, deb belgilab qo`yilgan. ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining 3.2-bandida esa ta‘lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi; shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish, Oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasining asosiy maqsadidir. O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar oila, mahalla, maktab hamkorligi yo`nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, ―Oila jamiyatimizning asosiy bo`g`inidir. Haqiqatan ham oila bu jamiyatni tashkil etuvchi katta kuchdir. Jamiyat mavjudligi mana shu oilaga tayanishi hech kimga sir emas. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Shu paytda oila insoniyatning uzluksiz naslini davom ettiruvchi bo`lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to`g`ri tarbiya berishni yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo`lmaydi. Hamma narsa, xatto eng oddiy bo`lib ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta`sir ko`rsatadi. Shunga muvofiq ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasini amalga oshirish jarayonida oilaning quyidagi vazifalari belgilab qo`yilgan: - oilada sog`lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vataniga muhabbat tuyg`usini shakllantirish, o`zaro g`amxor bo`lishni ta‘minlash; oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a‘zolarining o`z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta‘minlash; farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma‘rifatli va ma‘naviyatli kishilar bo`lib yetishishlarini ta‘minlash; bozor munosabatlariga mos bo`lgan kasb-hunar o`rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish; bolalarning ma‘naviy barkamol va jismonan sog`lom bo`lishlari uchun iqtisodiy muhitni yaratish; bolalarni mustaqil fikrlashga o`rgatish; istiqlol g`oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; bolalarning bo`sh vaqtlarini pedagogic nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta‘lim berish; farzandlariga mavjud bo`lgan iste‘dod kurtaklarini yaratish; o`z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to`la ado etishlari uchun oilada mas‘uliyatli bo`lish; ota – onalar o`zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib boorish;bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma‘naviy-axloqiy tomonlarini shakllantirish; oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo`nalishlarini uyg`un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas‘ullikni ta‘minlash; sanitariya-gigiyenik, ekologik ko`nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish; oila, maktab va mahalla oldida o`z farzandlarining barcha xatti-harakatlari uchun javobgardir; sog`lig`ida va aqlida nuqsonlari bo`lgan farzandlarga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-korlik berishdan iborat. Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o`zbekona ta‘bir bilan aytganda farzandga yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir. Shu o`rinda 2012 yilga mamlakatimiz rahbari tashabbuslari ―Mustahkam oila yili deb nom berilishi va shu asosda azal-azaldan hayotimizning tayanchi va suyanchi bo'lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'ini bo'lmish oila institutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot abadiyligini, har qaysi insonning baxtu saodati, kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko'zda tutilgani hammamizga yaxshi ayon. Ta'kidlash kerakki, ―Mustahkam oila yili jamiyatimizning ma'naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarni asrab-avaylash,yuksak ma'naviy muhitni qaror toptirishda, milliy mentalitetimizga yot bo'lgan zararli ta'sirlarga qarshi turishda beqiyos kuch bo'lgan oilaning o'rni va nufuzini oshirishga qaratilgan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilgan ko'plab tadbirlarga, jumladan, turli ko'rik-tanlovlar, festivallar, ko'rgazma va ijodiy kechalarga boy bo'ldi. Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida 2013-yilning Obod turmush yili deb e‘tirof etilishi ham bejizga emas. Oilalarning mustahkamligi va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo`lib yetishi uchun tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o`zaro hamjihatliligi talab etiladi. Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla" so‘zi arabcha „Mahallun" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda.Bejizga yurtboshimiz ―Mahalla – yurt mustahkam bo`lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi, deb ta‘kidlamagan. ―Bir bolaga yeti mahalla – ota – ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta‘lim berish jarayonini amalgaoshirish borasida kichik Vatan bo`lmish mahallaning oldida quyidag vazifalar turadi: mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik ko`rasatilishi; mahalla o`z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo`llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-qosh bo`lishi; ma‘nan nosog`lom oilalarni mahalla yig`inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko`rish;mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko`rsatilishini qo`llab-quvvatlash; ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g`urur, vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag`batlantirish;yoshlarga diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to`g`ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta‘sir ko`rsatish, ulug` ajdodlarimizning tarbiyaviy o`gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig`inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g`oyalarini,respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli tadbirlar tashkil qilish; ―Ma‘naviyat va ma‘rifat, ―Sog`lom avlod uchun, ―Mahalla, ―Ekosan, ―Umid,
―Nuroniy, ―Kamolot jamg`armalari, xotin-qizlar qo`mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlod milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash ishiga muammoli masalalarning yechimini topishga faol jalb qilish;mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining imkoniyatlarini o`quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga jalb qilish mahalla hududida o`quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish; turli yo`nalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni maktablar tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash; - ilg`or pedagog xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqib, har tomonlama yordam ko`rsatish;farzandlariga ta‘lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida ―Oila saboqlari mashg`ulotlarini tashkil qilish; - mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san‘atkorlar, ziyolilar va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to`garak va ―Usta-shogird rusumida billim va kasb berish faoliyatini tashkil qilish; mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga erishish; har bir yosh fuqaroda O`zbekistonda, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla obodonchiligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhinishakllantirish. Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu ulkan va mas‘uliyatli vazifalarni amalga oshirishda ―Kichik biznes va tadbirkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar ko`zlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bo`lib bormoqda. Ishbilarmonlikning faol qo`llab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bo`lib qolmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilaviy biznesni tashkil etish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish ơrinlari yaratish orqali oilalar turmush farovonligini oshirishga alohida e'tibor berilishi tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi. Mamlakatimizda oilaviy biznesni tashkil etish, oilalarning farovonligini oshirish bơyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan kreditlar miqdori 956 mlrd. sơmdan, jumladan xotin-qizlarni tadbirkorlik sohasiga faol jalb etishga yơnaltirilgan kreditlar hajmi 451 mlrd. sơmdan kơproqni tashkil etdi. Natijada minglab oilalar o`zlarining oilaviy bizneslarini yơlga quydilar, shaxsiy yordamchi xơjaliklarini tashkil etish imkoniga ega bơldilar. Yuzlab bog'dorchilik vasabzavotchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bilan shug'ullanadigan yangi xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyat yurita boshladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar kơzlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bơlib bormoqda. Ishbilarmonlikning faol qơllab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bơlib qolmoqda. Bolalarga ta‘lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonunning, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi va respublika rahbariyatining dasturiy fikrlarimazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya‘ni: maktabda bolaga biron bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish; o`quvchi yoshlarning sport turlari bilan shug`ullanishlariga yordamberish, ularning bo`sh vaqtlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda to`garak mashg`ulotlarini tashkil qilish; bolalarga ta‘lim berishni ilg`or pedagogic texnologiyalar, zamonaviyo`quv uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta‘minlash; Jahon tarbiya konsepsiyalarining qiyosiy tahliliBarchamizga ma’lumki, ma’naviy-ahloqiy rivojlanish shaxsning butun hayoti davomida yuz beradi. Ma’naviyat shunday jarayonki, unda dastlab vujudga kelgan shakllar keyingi bosqichlarda boyitib va to‘ldirib boriladi. Ma’naviy-ahloqiy rivojlanish shaxs rivojining senzitiv davrlarida, ayniqsa, faol yuz beradi. Bunday hol shaxsning o‘z hayotidagi muayyan davrda yuksak darajadagi ma’naviy, ahloqiy, estetik va bilish ehtiyojlari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘smirlik davrida shaxs o‘zining ma’naviy-ahloqiy rivojlanishida hal qiluvchi qadamlarni qo‘yadi. Bunga mazkur jarayonning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shartsharoitlarning muvofiqligi katta ta’sir o‘tkazadi. Shaxs taraqqiyotining har bir davri psixik rivojlanishning o‘ziga xos sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik psixik xususiyatlar birgalikda shaxsning rivojlanishidagi vaziyatlar majmuasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular jumlasiga shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy shart-sharoitlari, tarbiyasi va faoliyati xususiyatlari, jinsiy, tipologik va individual xususiyatlarni kiritish mumkin. Insonning, jumladan o‘smirning ijtimoiy mavqei (uning o‘quv-tarbiya muassasadagi, oiladagi o‘rni) muloqot shakllari va faoliyat turlari bilan belgilanadi. Yaponiya - kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga o‘ta jiddiy qarashadi. Bu erda har bir yoshga nisbatan ma'lum bir munosabatda bo‘linadi va ayri tarbiya usullari qo‘llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga ko‘ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkin.Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo‘lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha o‘ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog‘chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to‘ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar mavjud.Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan siylashmaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o‘z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o‘yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko‘pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o‘ynalgan o‘yinchoqlar bilan to‘lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go‘dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan», degan so‘zlarni har kuni eshitgan holda o‘sishadi. Maqsad - mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko‘r! Sen, albatta, buni uddalaysan! CHunki sen zo‘rsan!» deya qo‘llabquvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o‘zining mevasini beradi. Shvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o‘z huquqlari va majburiyatlari bor. Shuningdek, shvedlardagi bag‘rikenglik, o‘zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo‘lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo‘lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. 8-sinfdan boshlab o‘quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o‘tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo‘llari, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog‘at yoshida o‘smirlar bilishi zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlarga ega bo‘ladilar.«Save the children» deb ataluvchi Amerikadagi tashkilot har yili dunyo mamlakatlarining qaysi birida onalar va bolalar yaxshi yashashlarining ro‘yxatidan iborat Mothers Index (Onalar indeksi)ni tuzib chiqadi. Unda Shvetsiya deyarli har yili birinchi o‘rinni egallaydi. Chaqaloq dunyoga kelgach, yosh shved onalar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llabquvvatlanadi. Finlyandiya dunyodagi eng bolajon mamlakat, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Unda jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog‘cha va maktablarga borishadi. Bu yerda nogiron va sog‘lom bolaga ajratish qabul qilinmagan. O‘yin bolani rivojlantiruvchi asosiy vositadir. Ota-onalar ham bunga katta e'tibor berishadi. Fransiyada bolalarni chaqaloqlik davridanoq bolalar bog‘chasiga berish odatiy holdir. Birinchidan, bu frantsuz ayollariga ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchidan, ular go‘dakligidanoq jamoaga moslashadi va mustaqil bo‘lib o‘sadilar. 6 yoshidanoq frantsuz bolakay o‘zi mustaqil maktabga boradi, do‘kondan narsa xarid qiladi, uyda yolg‘iz qoladi. Shunga qaramay, frantsuzlar 30-35 yoshgacha ota-ona uyida yashashlari va o‘z oilasiga ega bo‘lishga shoshilmasliklari mumkin.Onalar o‘z farzandlariga ovozlarini ko‘tarib urishishsa-da, hech qachon urmaydilar. Jamiyat qator qonunlar orqali bola huquqlarini himoya qiladi. Ota-onalar va vasiy shaxslar birinchi galda bolalarning rivoji hamda sog‘ligi uchun mas'uldirlar. Germaniyada bolalarning rivojiga 3 yoshdan boshlab katta e'tibor beriladi. Onalar o‘z farzandlarini boshlang‘ich bosqichda haftada bir marta, kattaroq bo‘lganlarida bir necha marotaba maxsus rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Maqsad jamoa bo‘lib o‘ynash, o‘zaro muloqotga o‘rgatishdir. Faqatgina mazkur guruhlarga bola borganidan so‘nggina uni bolalar bog‘chasiga berishadi. Chunki farzandning bog‘chaga ko‘nikishi oson kechadi va bolalar bu erda o‘zlarini erkin his qiladilar. Bog‘chada bolaga o‘z huquqlarini, ularni hech kim xafa qilishi mumkin emasligini o‘rgatishadi. Angliyada bolalar bosqichma-bosqich tarbiyalanishadi. Chunki bu erda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko‘pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. Shuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e'tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o‘zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo‘lishni, o‘z hissiyotlarini yashirishni o‘rgatishadi. Angliya shaharlarining ko‘chalarida bolasini erkalayotgan ota-onani kamdan-kam uchratish mumkin. Ma’naviy-ahloqiy rivojlanish shaxs rivojining senzitiv davrlarida, ayniqsa, faol yuz beradi. Bunday hol shaxsning o‘z hayotidagi muayyan davrda yuksak darajadagi ma’naviy, ahloqiy, estetik va bilish ehtiyojlari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘smirlik davrida shaxs o‘zining ma’naviy-ahloqiy rivojlanishida hal qiluvchi qadamlarni qo‘yadi. Bunga mazkur jarayonning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shartsharoitlarning muvofiqligi katta ta’sir o‘tkazadi. Shaxs taraqqiyotining har bir davri psixik rivojlanishning o‘ziga xos sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik psixik xususiyatlar birgalikda shaxsning rivojlanishidagi vaziyatlar majmuasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular jumlasiga shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy shart-sharoitlari, tarbiyasi va faoliyati xususiyatlari, jinsiy, tipologik va individual xususiyatlarni kiritish mumkin. Insonning, jumladan o‘smirning ijtimoiy mavqei (uning o‘quv-tarbiya muassasadagi, oiladagi o‘rni) muloqot shakllari va faoliyat turlari bilan belgilanadi. O‘smirlik davrida bola hayotiy makonining kengayishi faqat geografik ma’noda emas (sayohat, turizm va h.k.larga intilish), shuningdek, ijtimoiy muhitning (o‘smir kirayotgan guruhning soni ko‘pligi, unda adabiyot, sa’nat, siyosat, iqtisod va h.k.ga qiziqish kuchayishi) ham yuz beradi. Lekin xayotiy makonning jiddiy o‘zgarishi zamon o‘lchovida yuz beradi. Endi bola kelajakni tasvirlashga intila boshlaydi. Yosh ulg‘ayishi bilan hayotiy istiqbol masalalalari bola ma’naviy hayotida ko‘proq o‘rin egallay boshlaydi va bu hol shaxs rivojlanishidagi eng dolzarb masalaga aylanadi. TARBIYA JARAYONI MAZMUNI VA MOHIYATI Tarbiya-muayyan, aniq maqsadga va har tomonlama ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni tarbiyalash uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma`naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogic jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo`lgan hissiyotlarga ega bo`lishini ta`minlash yo`lida ko`riladigan choratadbirlar yig`indisi. Tarbiya jarayoni- o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik jarayoni. Demakki, insonning shaxs bo`lib rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay darajada bo`lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg`ularini shakllantirish tarbiya jarayonida hosil bo`ladi. Shaxsning jamiyatdagi o`rnini topishi, his-tuyg`u, kechinmalarini yo`nalishi, o`sishi tarbiyaga bog`liq. O`z-o`zini tarbiyalash shaxsni o`zida ijtimoiy qadrga ega bo`lgan fazilatlarni hosil qilish, takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarini bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat. Inson hayotidagi har xil illat va nojo`ya holatlar tarbiyadagi xato tufayli kelib chiqadi. Bolalikdan tarbiya to`g`ri yo`naltirilsa bunday ’’og`ishlar’’ bo`lmaydi. Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish o`zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim tamoyillaridandir. Yana insonda e`tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o`zini-o`zi anglashi, keng fikr yuritishi o`zini va boshqalarni fikri, g`oyalari, qarashlarini baholashi ham tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir. Jamoa bilan ishlash, boshqalarga nisbatan hurmat hissini oshirish, insonda hamkorlik tuyg`usini shakllantirish ham tarbiya asosida vujudga keladi. Bizning olam borliqqa nisbatan qarashlarimiz paydo bo`layotgan g`oyalarimiz negizida ham aynan shu tarbiya tamoyillari yotadi. Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Pedagogikada tarbiya ikki ma`noda farqlanadi: keng ma`nodagi tarbiya va tor ma`nodagi tarbiya. Keng ma`noda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta`sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Ya`ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta`siri natijasida shaxsni rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiya. Tor ma`nodagi tarbiya- pedagogik jarayon sharoitida ta`lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati hisoblanadi. Bunda, tarbiya ma`lum bir ta`limni o`rganish maqsadida tashkil etiladi va pedagog va o`quvchining faoliyat jarayoni tushuniladi. Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil, ilmli, yetuk, barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni kamol toptirishdagi asosiy tushuncha ham bu tarbiyadir. Shaxsni jamiyat talabidan kelib chiqib shakllantirishni tarbiya desak, tarbiya ham sohasiga ko`ra turlarga bo`linadi. Aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya. Ta`lim muassasasidagi yo`nalishlarga asosan ekologik, iqtisodiy, huquqiy, fuqarolik, siyosiy, axloqiy tarbiyaga bo`linadi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a`zolarining maqsadga yo`naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo`lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi ’’inson kapitalini’’ tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta`minlash; ma`lum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a`zolarining harakatini tartibga solish. Xalqimiz uchun abadiy yo`qolmaydigan qadimiy tushuncha hisoblanadi tarbiya. Axloq, ta`lim, odob, tarbiya kabi tuyg`u-tushunchalar qonimizga singib ketgan qadriyatimizdir. Qadimdan tarbiya, maktab, ta`lim sohasiga jiddiy e`tibor qaratishgan. Buyuk adiblarimiz Alisher Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Jomiy, Abu Ali ibn Sinolarning asarlarida ham bu qrashlar o`z ifodasini topgan. Millatimizning madaniyati qanchalik boy ekanligini ham shundan bilib olsak bo`ladi. Ma`rifatparvarlardan biri, Abdulla Avloniy ta`lim va tarbiya, maktab ochish, yoshlarni bilimli ma`naviyatli qilib tarbiyalash haqida qator ishlarni olib boradi. Ko`plab asarlarini ta`lim olish, bilim va tarbiyaning mazmuni va mohiyatini yoritib bergan holda, insonlarni ta`lim, tarbiya olishga undash, pand-nasihat shaklida yozadi. Ayniqsa, tarbiya haqida bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmasdan, biz uchun kerakli bo`lgan ko`nikmalarni o`zida saqlab qolgan. Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kundagi maktablarning yaratilish asosiga beqiyos hissa qo`shgan. Ma`rifatparvar adibning milliy qadriyatlarimizni kuylagan asarlari o`zbek adabiyoting bebaho xazinasidir. Bu asarlarda milliy ruh, ilm-ma`rifat tushunchalari ilgari surilgan. O`z davrida bu asarlar yoshlarni fikr doirasini kengaytiribgina qolmay, ularni mehnatga, kitobga, maktabga, Vatanga bo`lgan muhabbatini oshirishga xizmat qilgan. Shoir she`rlarida asosan, maktab, maorif, ilm va fan tushunchalari ulug`langan. Ya`ni ilmli, ma`rifatli kishigina jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo`lib yetishadi. Bu g`oyalarni shakllantirishda esa tarbiyaning o`rni beqiyosdir. Abdulla Avloniy bolalarning tarbiya topishida, ularning qalbida axloqiy, ma`naviy barkamollikni o`stirishda asosiy kuch maktab ekanligini ta`kidlab o`tadi. “Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim”. Bundan kelib chiqadiki, tarbiya berish ishini bola tug`ilgandan boshlash maqsadga muvofiqdir. Insonga tarbiya hayoti davomida jamiyatdagi o`rnini belgilab beruvchi tushunchadir. Shu o`rinda jahon adabiyoti vakili Migel de Servantesning “Hushxulqli, yaxshi tarbiya ko`rgan kishi yaqinlari, yor-u do`stlari uchun misli o`chmas chiroqdir”-degan misralari ayni haqiqatdir. Xalqni, millatni ravnaq topishi, rivojlanishi va aksincha, jaholatga yuz tutishi shakllanib kelayotgan “inson kapitali”ning ma`rifati, ma`naviyati, ilmi va ko`nikma darajasiga bog`liq. Bu xususiyatlarni kamol toptirish uchun tarbiya jarayoni to`g`ri va to`liq holda olib borilishi darkor. Kimnidir baholashda biz, avvalo, uning tarbiyasidan kelib chiqib fikr yuritamiz. Chin ma`nodagi yuksaklikka eltuvchi yo`l tarbiyadan boshlanadi. Zero, ta`limni tarbiyadan, tarbiyani ta`limdan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi. Yetuk inson darajasining ilk qadami bu tarbiyadir. Shaxs uchun dunyoga, barkamollikka yo`lning debochasi tarbiyadan boshlanadi. Asrlar mobaynida ulug`lanib kelinayotgan komil inson tushunchasi tarbiya asosiga qurilgandir. Har bir insonning shaxsi, harakteri hattoki, dunyoqarashi uning olgan tarbiyasidan kelib chiqadi. Insonlarning sizga bo`lgan munosabati ilm yoki kasb darajangiz emas, balki, odob-axloq va tarbiyangiz asosida hosil bo`ladi. Biror bir shaxsga nisbatan bo`lgan hurmat ham aynan shu tarbiyalanganlik xususiyati mavjudligi boisdir. Tarbiya borasida Sa`diy She`roziyning shunday misralari bor: Minbarning poyida tursa ham eshshak, Tarbiya yuqmaydi, bo`lmaydi odam. Tarbiya ko`rmayin ulg`aysa kishi, Download 105.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling