1-Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tarbiya tushunchasi. Tarbiya


-Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari


Download 105.46 Kb.
bet12/20
Sana24.03.2023
Hajmi105.46 Kb.
#1292220
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Tarbiya fanidan savol javoblar

10-Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari
Ragʻbatlantirish metodlari – oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-xil boʻlib, ular tarkibiga ma’qullash, koʻngil koʻtarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va yozma tashakkur bildirish, mukofatlash va boshqalar kiradi.
Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket boʻlmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil etishda oʻquvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.
Jazo berish metodlari – bu oʻquvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, oʻzini gunohkor deb bilish hissini uygʻotishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham hilma-xil boʻlib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish xatti-harakatlarni jamoa oʻrtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.
Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq boʻlib, oʻquvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chogʻida salbiy xatti-harakatning sabablari uning jamoaga yetkazadigan zarari, oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish lozim.
Jazo berish oʻquvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham oʻquvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi, sha’nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak.
Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, oʻzaro bir-biriga ta’sirini hisobga olgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan boʻlsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi.
Oʻyin, oʻquv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, koʻrgazmali, oʻquv qurollari badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slaydo, shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuygʻu, xulq-atvor tarkib toptiriladi. Oʻquvchining turli koʻrinishdagi faoliyati uyushtiriladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan foydalanishga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish oʻquvchilarning ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Tarbiya jarayonining asosini, ijtimoiy hayotining obyektiv talablarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etgani bois tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarni chuqur oʻrganishni talab etadi.
2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga koʻra ish koʻrilayotganligiga ham bogʻliq. Tarbiya tamoyillari yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisidir.
3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari oʻzaro oʻhshash jihatlariga koʻra uch guruhga boʻlinadi. Tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan tarbiya vositalari metodlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
11-Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta'siri
Pedagogika shaxsning kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning shaklanishi, kamolga etishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va salbiy ta'sirlar natijasida kamolga etadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Xususan, pedagogtarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi lozim. Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil 17 (irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan- naslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir. G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern yangi tug'ilgan bola hali inson emas, deb hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir. Yarim yoshdan oshgandan so'ng u maymunga tenglashadi. Ikki yoshida bola boshlang'ich insonlik holatiga etadi (yuradi, gapiradi). Besh yoshgacha bo'lgan bolalarning ruhiy hususiyatlari ibtidoiy davr odamlari xususiyatlariga mos keladi. o'smirlik yillarida kishi o'zida o'rta asr ongini aks ettiradi va etuklik yoshidagina mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi, deydi. Ya'ni, inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning ya'zosi bo'ladi deb hisoblaydi. Avstriyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi. Bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab o'zini o'rab olgan muhitning ta'siri ostida o'sadi, ulg'ayadi. Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun o'zgarmasdir. Irsiyat bor va biologik omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o'zgarmas deb ham tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlodajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak.

12-Milliy qadriyatlarga tarif bering


ng qadimiy sanʼat turlaridan biri boʻlgan baxshichilik milliy madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz, anʼana va qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etadi. Elimizning ezgu niyat hamda istaklarini ifodalaydi.
Biroq, afsuski, maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismi boʻlgan ushbu noyob sanʼat keyingi davrlarda birmuncha unutilayozdi. Shunday bir sharoitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev baxshichilik sanʼatini bebaho nomoddiy madaniy meros sifatida qayta tiklash, yanada ­rivojlantirish, boyitish ­tashabbusi ­bilan chiqdi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qarori asosida Termiz shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali xalq ogʻzaki ijodining mazkur yoʻnalishidagi noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada ravnaq toptirish, keng targʻib qilib, uni jahon uzra yoyish, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu festival koʻlami va ahamiyati jihatidan juda nufuzli sanaladi. Buni uning YUNЕSKO shafeligida oʻtkazilayotgani, mazkur sanʼat bayramida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (AYSЕSKO), shuningdek, Afgʻoniston, Turkiya, Tojikiston, Kuvayt hamda boshqa davlatlardan koʻplab faxriy mehmonlar, 80 dan ortiq mamlakatlardan 300 ga yaqin vakillar qatnashishidan ham bilish mumkin. Shuningdek, 20 davlatning ommaviy axborot vositalari xodimlari anjumanni bevosita ­yoritib borishi kutilmoqda.
Milliy qadriyat va anʼanalarimizni yanada rivojlantirish, folklor sanʼatimizni boyitish, dunyo boʻylab keng tarannum qilish borasida olib borilayotgan bunday ezgu ishlarni xalqimiz katta mamnuniyat bilan kutib olyapti. Bu barchaga faxr-iftixor, gʻurur bagʻishlamoqda. Sanʼat, madaniyat, adabiyot sohasi ijodkorlaridan ayrimlarining quyidagi fikrlaridan ham buni anglash mumkin.

Download 105.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling