1-Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tarbiya tushunchasi. Tarbiya
Download 105.46 Kb.
|
Tarbiya fanidan savol javoblar
4-Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz K.siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar K.si alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, K. bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz K.si yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining K.si tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar K.si unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, K. badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. [1] Ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllangan barkamol inson muommosi yechimi oilada, maktbda va maktabdan tashqari muassasalarda beriladigan ta’lim- tarbiyasining mazmuni tizimli ravishda ma’lum bir kospesiyaga mujassamlashtirilgan.
Konsepsiya tushunchasi har bir pedagogik texnologiya, falsafa, psixologiya, didaktik ta’lim maqsadlariga erishishning ijtimoiy- pedagogik dalillarni o’z ichiga oladigan aniq ilmiy konsepsiyaga tayanishdir. Konsepsiya- maqsadga yetishishning xomaki rejasi mazkur sohada mavjud qonuniyatlar bilan asoslab berilgan bosqich konsepsiya yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining muhim tomoni, sinfdan va maktabdan tashqri ishlarni samarali tashkil qilisshdir. Sinifdan va maktabdan tshqari tarbiyaviy konsepsiya o’qituvchilar faoliyatini yuksak saviyada tashkil etish uchun dasturulamaldir. O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’lga ega bo’lishi xalq xo’jaligining turli sohalarida jumladan, xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan barkamol avlod yuksak tarbiyasi konsepsiyasini yaratish zaruriyati paydo bo’ldi. Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI olimlari, Respublika Ta’lim markazi mutaxasislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari hamda keng jamoatchilik fikrini inobatga olib tayyorlangan. Konsepsiyada tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari maqsad va vazifalari yosh avlodni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda xalqning boy ma’naviy, tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Buning uchun: Download 105.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling