1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari


Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi


Download 90.71 Kb.
bet5/21
Sana18.11.2023
Hajmi90.71 Kb.
#1784294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati

Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi.
To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir.


13 TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Reja.
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha
. 2.Tarbiya metodlari tasnifi
. 3.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.
4.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq- atvor meyorlarini shakllantirish. 5.Pedagogik rag’batlantirish va xulq- atvorni tuzatish metodlar
6.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Tarbiya metodlari haqida tushuncha


Maqsad, mazmun, Shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday Shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq Shart-Sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana Shunda. Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi Shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. Tarbiya metodlari tasnifi Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi (N.I. Boldыrev, N.K. Goncharov, F.F. korolev va boshqalar). Mazkur holatda metodning Umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash. Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. 2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi. Hozirgi vaqtda o‘zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq ob’ektiv va qulay metodlar qullaniladi. Ana Shunday tavsif bilan bog‘liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi: 1. Shaxs ongini Shakllantiruvchi metodlar. 2. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish metodlari. 3. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari. Shaxs ongini shaklantiruvchi metodlar Bu guruhga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir ko’rsatish metodlari kiradi. Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish maqsadida ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ishlatiladi. O’quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatni ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning mohiyati o’quvchiga qo’yilgan talabni, voqyealarni, harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o’quvchilarga duyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni milliy g’ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o’z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog’langanligi, u yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya qilishi, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklik haqida axborot beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi, konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli o’quvchilarga bayroq, madhiya, konstitusiya haqida tegishli ma’lumotlar beriladi. O’quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni o’zining Vatan oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat’iy amal qilish, qonunchilik, umumbashariy axloq me’yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish tushuniladi. Suhbat va hikoya. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirli metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlarini va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish lozim. Suhbat jonli, ommaviy, ishonarli bo’lishi katta ahamiyatga ega. Suhbat metodi sifatida o’quvchilarning hayoti, fan va texnika, etika-estetika va boshqa sohalardagi tasavvur va tushunchalari doirasini kengaytirishga yordam beradi. Suhbat samarasini o’quvchilarning ijobiy yoki salbiy javoblariga qarab bilish mumkin. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: yetik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o’zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi), siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqyealari), ta’lim va bilishga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi). Suhbat davomida o’quvchilarning dilidagini aytish jasoratini uyg’otish, ularning fikrlarini tinglash, suhbatda faol qatnashishga erishish, ya’ni o’quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish, mavzu bo’yicha o’z bilimlarini tahlil qilishga, tortishishga va haqiqatni anglashga erishishlari juda muhimdir. Hikoya. O’quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq misollar bilan to’liq hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televideniye, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli manba bo’ladi. Suhbat ham, hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so’zlar orqali o’tkazilishi kerak. Eng yaxshisi, suhbat va hikoya mavzusini o’quvchilarning o’zlari tanlasin, bunda suhbatning zavqliligi ta’minlanadi, o’quvchilar mavzuga befarq qaramaydilar. O’qituvchi suhbat mavzusini oldindan e’lon qilib, masalan: mehnatsevarlik yoki rostgo’ylik, halollik mavzularida suhbat o’tkazish uchun mavzuga oid maqolalar, matallar va maqolalar to’plashni topshiradi, bunda o’quvchilarning o’tkaziladigan tadbirda faolliklari yanada ortadi. Namuna. O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari, o’qituvchilari, ota-onalari, oilaning katta yoshli a’zolari va boshqalarning fe’l-atvor, yurish-turishida bolalarga yetarli darajada namuna ko’rsatishlari nihoyatda muhimdir. O’qituvchining Shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa, katta ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O’quvchilar yaqin kishilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o’zlarini tuta bilishlari kerak, chunki qayerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so’zi bilan yurish-turish va xattiharakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak. Katta yoshdagi kishilarning, o’qituvchi va tarbiyachilarning bolalarga yaqin bo’lishlari, ularni o’zlariga moyil qila bilishlari, ular bilan yaqin aloqaga ko’nika olishlari ham ularning o’rnak bo’lishdagi kuchini oshirishga yordam beradi. Respublikamizdagi ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorqin ma’lumotlar, adabiy asarlardagi, kinofil’mlardagi va spektakllardagi qahramonlar xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi. Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkaziladi. O’quvchilar o’z otalari va onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar. Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o’z farzandlarini hamma yaxshilardan, donolardan, ulug’ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan: "qush uyasida ko’rganini qiladi". Juda oddiy ibora ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham faxmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq, uyingda tartibli bo’l, aks holda bolang ko’chada tartibsiz bo’ladi. Bola oldida birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi bo’ladi, demoqchi. Bunga o’xshash fikrlarni yana ko’plab keltirish mumkin. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish metodlari Bola rivojlanishining, uning o’zligini belgilashning asosiy omili-bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshish qoidasi maktab hayotining hamma jabhalarida ta’lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Faoliyat o’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o’zlashtirishga yordam beradi, ularning mustaqilliklarini oshiradi. O’quvchilarni birinchi sinfdan boshlab qo’llaridan kelgan ijtimoiy foydali mehnat bilan Shug’ullaniShlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko’pchilik, jamoa bo’lib bajarilganida yaxshi natija beradi. Mashq va o’rgatish metodlari Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin mustahkamlanib boradi. O’qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar

Download 90.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling