1. Tarbiya nazariyasi nima? Faoliyat ishlanmalar haqida nima bilasiz?


Talabalarning keys-stadi sharoitida o‘quv ishiga qobiliyatlar ko‘rsatkichlari


Download 235.82 Kb.
bet7/8
Sana05.05.2023
Hajmi235.82 Kb.
#1432650
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-innovatsiya

Talabalarning keys-stadi sharoitida o‘quv ishiga qobiliyatlar ko‘rsatkichlari:
  • har bir talabaning ilmiy tadqiqot va tahlil usullari va vositalarini egallashi;
  • kichik guruhlarda ishlash aqliy hujum va munozaralarda qatnashish malakalarini hosil qilish
  • talabalarning muammoli vaziyatni tahlil etish chizmasi (yo‘riqnomasi algoritmi);
  • muammo yechimining ustuvor g‘oyasini baholash va tanlash texnikalari bilan tanishtirish

O‘qituvchining tayyorlanishi
Keys-stadi amaliyotini o‘tkazuvchi o‘qituvchi mashg‘ulotga oddiy tayyorlanishdan tashqari quyidagilarni ham bajaradi:
-vaziyatni puxta tahlil qiladi muammoli vaziyatni tahlil etish va uni hal qilish uchun talabalarga taklif qilinishi mumkin bo‘lgan bir necha modellarni tayyorlaydi;
-vaziyat yechimi bo‘yicha talabalar taklif etadigan variantlarni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini ishlab chiqadi;
-muammoni yechish bo‘yicha o‘zining variantini tayyorlaydi;
-mutaxassislik fanlarini o‘qitishda keys stadi metodidan foydalanish talabalarni fikrlashga muammolarni hal etish ko‘nikmalarini xosil qilishga kashfiyotlarga intilish hamkorlik va sheriklik sifatlarini shakllantirishga o‘qituvchi tomonidan berilgan vazifalarni hal etish rejasini tuzishga va eng asosiysi talabalar oldiga qo‘yilayotgan muammoni hal qilishga uni mustaqil muxokama qilishga qodir qilib ta’lim va tarbiya berish imkoniyatini yaratadi.
3.Vebinar metodi
Vebinar usulida dars seminar yoki konferentsiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan talabalar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin.
Vebinar metodi – zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, monitor, multimedia va shu kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar bilan masofadan turib o’tkaziladigan interfaol mashg’ulot turi. Vebinar metodi yoki “Webinar” texnologiya tushunchasi muloqotga 1998 yilda kirib keldi. Vebinar metodida dars masofaviy seminar yoki konferenstiya shaklida Internet orqali bir vaqtda hozir bo’lgan talabalar bilan masofaviy ta’lim tizimida qo’llanayotgan ko’plab interfaol audio video aloqa vositalari yordamida jonli olib boriladi. Bu darslarni kelgusida kerak darajada foydalanish uchun yozib olish mumkin. Bu metodda olib boriladigan butun o’quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona o’quv dasturidagi izchillikda o’zaro uzviy bog’lanmaydi, ular alohida-alohida bir martalik darslardan iborat bo’ladi
Ushbu «Ta’lim metodlari» bo’limi ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, o’quv jarayonida treninglar, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg’or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv masalalariga bag’ishlangan. «Ta’lim metodlari» bo’limida o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. 
“Evristika” grekcha so’z bo’lib, ”heurist” so’zi “izlayman”, “topaman” , ”ochdim” ma’nolarini beradi. Talabalarning mustaqil, faol, ijodiy faoliyatini tashkil tishda evristik metodlar asosidagi ta’lim alohida o’rin tutadi. Umuman evristik ta’lim juda uzoq antik zamonlardan beri qo’llanib kelinadi. Birinchi bora ta’lim arayonida qo’llanilganda evristik suhbatlar yo’naltirilgan, ketma ket berilgan savollarga javob jarayonida shakllangan, savollarga javob berishda javoblar Talaba tomonidan muammolar yechimiga qatnashish jarayonida rivojlantirilgan.


Download 235.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling