1. Tarbiya nazariyasi nima? Faoliyat ishlanmalar haqida nima bilasiz?
Download 235.82 Kb.
|
13-innovatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha
Keysning dasturiy kartasi keys uchun axborot yig‘ish va vaziyatni bayon qilish uchun asos bo‘ladigan asosiy masalalar(tezislar)ning tuzilmalangan ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Pedagogik annotatsiya quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1. Keysda mo‘ljallangan predmet bo‘lim mavzu ta’lim darajasi kurs ko‘rsatiladi. 2.Keysdan ko‘zlangan maqsad (ta’limiy maqsad rejalashtiriladigan o‘quv natijalari; 1.Talabalar keysni muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim bo‘lgan dastlabki bilim va malakalar. 2.Keys real institutsional tizim faoliyatini aks ettirishi yoki unda keysolog sun’iy modellashtirgan vaziyat bayon qilinishi haqidagi ma’lumot. 3.Axborot olish manbalari ro‘yxat. 4.Keysning o‘ziga xos belgilariga ko‘ra tavsifnomasi (syujet, keys ob’ekti mavjudligi materialni taqdim etish usuli, hajmi, tuzilmaviy o‘ziga xos xususiyatlari o‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli chizmalashtirish usuli); 5.Keysdan ko‘zlangan maqsad va tegishlicha tashkiliy-uslubiy ta’minoti o‘zgarganida u qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘quv predmetlari ro‘yxati. O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha: 1.Topshiriqni berish (topshiriqni bajarish muddatini belgilash keysning yechimini baholash tizimi bilan tanishtirish darsning texnologik modelini aniqlash). 2. Ta’lim beruvchining kirish so‘zi. Asosiy savollarning qo‘yilishi. 3. Ta’lim oluvchilarni 4-6 kishidan iborat mikroguruhlarga ajratish. 4. Ta’lim oluvchilarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish (mikroguruhlarni nomlash yetakchilarni va ekspert guruhini aniqlash). 5. Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish. 6.Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish. 7.Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so‘zi uning vaziyat yechimi to‘g‘risidagi fikri. 8.Ta’lim oluvchilarni ekspertlar tomonidan baholanishi. 9.Ta’lim oluvchilarning mashg‘ulot haqidagi fikrlari. 10.Ta’lim beruvchining yakunlovchi so‘zi. Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim oluvchilar shaxsida quyidagi professional-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi: -mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; -nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liklikni shakllantiradi; -muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi; -vaziyatlarni hal etishda unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi; -boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi; -savol berish madaniyatini tharkib toptiradi; -qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi. Download 235.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling