1. Tarixda kimlar jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan?


Download 82.5 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1278048
Bog'liq
Attestatsiya Jahon tarixi


I-variant
1. Tarixda kimlar jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan?
A) xettlar B) ossurlar C) urartlar D)finikiyaliklar
2. Attika viloyati O‘rta Yunonistonning qayerida joylashgan?
A) shimoli-sharqiy qismida
B) janubi-g‘arbiy qismida
C) shimoli-g'arbiy qismida
D) janubi-sharqiy qismida
3. Davlatni boshqarishda faqat erkak fuqarolar ishtirok eta olardi,kimlar qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar?
A) bolalar va qariyalar
B) savdogar va sayyohlar
C) kohinlar va hukmdorlar
D) ayollar va chet elliklar
4. Xitoyda ayrim a’yonlarning mavqelari: unvon va lavozimlariga qarab qancha mugacha yer bilan ta’minlanganlar?
A) 100 dan 4 ming mugacha
B) 300 dan 6 ming mugacha
C) 400 dan 8 ming mugacha
D) 500 dan 10 ming mugacha
5. Savdogar Marko Polo qaysi shahardan edi?
A) Florensiya B) Genuya
C) London D) Venetsiya
6.Kapital bu…
A)foydadan o’z ulushini olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz
B)qo’l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish
C)yollanma mehnatdab foydalanib qo’shimcha qiymat olish vositasi
D)o’z a`zolarining manfaatini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi
7.Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiyaga Hindistonga yetib kelishiga yordam bergan arab dengizchisi aniqlang.
A)Bartolomeu Diash
B)Genrix Dengizchi
C)Amerigo Vespuchchi
D)Ahmad ibn Majid
8. Fransiya – Prussiya urushida Fransiya qancha zarar ko`rdi?
A) 9 mlrd.frank C) 13 mlrd.frank
B) 11 mlrd.frank D) 15 mlrd.frank
9. Fransiyadagi 1881-1882-yillardagi ta’lim to`g`risidagi qоnunga ko`ra, o`g`il bоlalar uchun … prеdmеti majburiy qilib bеlgilandi.
A) Matеmatika C) Tariх
B) Gimnastika D) Huquqshunоslik
10. 1933-yili qaysi davlat Millatlar Ligasidan chiqdi?
A) AQSh B) Fransiya
C) Yaponiya D) Buyuk Britaniya
11. Tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatish nechanchi yilda amalga oshirildi?
A) 1927-yilda B) 1928-yilda
C) 1929-yilda D) 1930-yilda
12. Uranning parchalanishi jarayonida yuz beradigan zanjirli reaksiya natijasida juda kata energiya ajralib chiqishi to’g’risidagi g’oyani shakllantirgan olimlarni toping?
A) Enriko Fermi, Boris Grabovskiy
B) Ivan Belyanskiy, Frederik Jolio-Kyuri
C) Frederik Jolio-Kyuri, Enriko Fermi
D) Boris Grabovskiy, Ivan Belyanskiy
13. Qachon Bokuda davlat tolntarishi amalga oshirilib, prezident Ayaz
Mutalibov hokimiyatdan ag’darildi va A.Elchibey boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatga keldi?
A)1991- yil oktabrda B) 1992-yil may
C) 1990-yil aprel D) 1993-yil avgust
14. B.Britanyada 1992-yil bahor oyida bo‘ lib o‘tgan parlament saylovlarida qaysi partiya g’alaba qozondi?
A) Konservatorlar B) Liberallar
C) Neokanservatorlar D)Leyboristlar
15.Misr dehqonlari urug’ sochish va hosilni yig’ishtirib olish ishlarini g’ayriodatiy
muddatda o’tkazishardi.Unga ko’ra 1)Yozda; 2) qishda;3) kuzda;
a) hosil yig’im- terimi boshlangan; b) suv bosganligi uchun ,urug’likni hozirlashar va dam olishar edi; c)urug’ sochishar,sug’orish uchun ariq va kanallar tozalanar edi.
A) 1-a; 2-b;3-c; C) 1-b;2-a;3-c;
B) 1-c;2-a;3-b; D) 1-a;2-c;3-b;
16.Misrliklar Falastin va suriyadan nimalarni olib kelishgan?

  1. Oltin, qatron, fil suyagi, nodir navli yog’ochlarni ayirboshlash uchun;

  2. Mis va temir rudalarini;

  3. Hunarmandlar yasagan nodir buyumlar va qimmatbaho toshlarni;

  4. G’alla va metal;

17.Konsullarnig nechtagacha faxriy qorovullari – liktorlari bo’lgan?

  1. 8 ta B) 12 ta C) 16 ta D) 20 ta

18. Franklar imperiyasi o`rnida keyinchalik qaysi davlatlar tashkil topadi?
A) Fransiya, Ispaniya, Italiya B) Angliya, Fransiya, Italiya
C) Fransiya, Germaniya, Italiya D) Fransiya, Germaniya, Ispaniya
19. VI asrning ikkinchi yarmida Xitoyning birlashuviga nima turtki bo’lgan.
A) Ko’chmanchi Xun qabilalari istilosi xavfi B)Turk xoqonligining hujum xavfi C) Iqtisodiy va madaniy rivojlanish
D) Davlatchilikni butunlay yo’qolib ketish xavfi
20.Osiyo bilan Avstraliya oralig’idagi bo’g’ozdan suzib o’tib, yangi qit`a qirg’oqlariga yetgan degizchini aniqlang.
A)Luis Torres B)Villem Yanszon
C)Abel Tasman D)Aham ibn Majid
21.Gildiya bu…
A)foydadan o’z ulushini olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz
B)qo’l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish
C)yollanma mehnatdab foydalanib qo’shimcha qiymat olish vositasi
D)o’z a`zolarining manfaatini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi
22. Manfaatlar umumiyligi asоsida uyushgan kоrхоnalarning yirik birlashmasi bu…
A) Sindikat C) Trеst
B) Kоnsеrn D) Kartеl
23. XX asr bоshlarida Gеrmaniyada malakali ishchilar umumiy sanоat ishchilarining … tashkil qilar edi.
A) 2/3 qismini C) 56 fоizini
B) yarmidan ko’pi D) 1/3 qismini
24. Vashington konferensiyasi qachon bo’lib o’tdi?
A) 1921 yil 12-noyabrdan 1922-yil 9-fevralgacha
B) 1919 yil 18-yanvardan 1920-yil 21- yanvargacha
C) 1921 yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha
D) 1918-yil 14 martdan 1922-yil 21-martgacha
25. Mutaxassislar qaysi filmni birinchi ovozli kino deb tan olishgan?
A) “Jaz kuychisi” B) “ Merlin Marlo”
C) “ Qora shahzoda” D) “ Xonadon”
26. Qachon olimlar o’t pufagi gormoni bo’lgan insulinni olishga muvaffaq bo’ldilar?
A)1922-yilda B) 1928-yilda
C) 1929-yilda D) 1930-yilda
27. «Katta yigirmalik» — G-20 klubi mamlakatlari tarkibiga YIM necha %, yer yuzi aholisining qancha qismini o’z ichiga oladi?
A) 70 % ; 1/4 qismi B) 80 % ; 2/3 qismi
C) 75 % ;1/3 qismi D) 85% ; 2/5 qismi
28.Iqtisodiy jihatdan agrar-industrial mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda mineral resurslar zaxirasi yo’q. Aholining yarmidan ko‘pi qishloqlarda yashaydi. Eksportning asosiy qismini oziq-ovqat va to’qimachilik mahsulotlari tashkil qiladi. Yevropaning eng kambag‘al mamlakatlaridan biri.Ushbu ta’rif qaysi davlatga berilgan?
A) Ukraina B) Moldaviya
C) Belarussiya D) Tatariston
29.. Dunyo bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaratishga sarflanayotgan barcha
xarajatlarning qancha qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi?
A) 1/4 B) 1/2 C) 1/5 D) 1/3
30.Agliyada protestant anglikan cherkovi nima deb yuritilgan?
A) gugenotlar B) puritanlar C) lyuterlar D) protestantlar
31.Burjuaziya qo`lida bo`lgan parlament qaysi davlat bilan ittifoq tuzadi?
A) Irlandiya B) Shotlandiya C) Fransiya D) Ispaniya
32.Qachon Fransiya tarixida birinchi marta Konstitutsiya qabul qilingan?
A) 1791-yil B) 1793-yil C) 1795-yil D) 1799-yil
33.Fransiyada burjua inqilobi davrida jamiyat turli siyosiy oqimlarga bo’linib ketgan edi. Ta`sis majlisi deputatlaridan qirol tarafdorlari bo’lgan o’nglar nima deb atalgan?
A) Yakobinchilar B) Jirondachilar
C) Royalistliar D) Torilar
34.Fransiyada burjua inqilobi davrida jamiyat turli siyosiy oqimlarga bo’linib ketgan edi. Ta`sis majlisi so’l oqim deputatlari nima deb atalgan?
A) Yakobinchilar B) Jirondachilar
C) Royalistliar D) Torilar
35.Fransiyada burjua inqilobi davrida jamiyat turli siyosiy oqimlarga bo’linib ketgan edi. Ta`sis majlisi o’ta so’l oqim deputatlari nima deb atalgan?
A) Yakobinchilar B) Jirondachilar
C) Royalistliar D) Torilar
36.Ivan IV qachon birinchi rnarta Zemstvo soborini chaqirdi?
A) 1545-yilda B) 1547-yilda
C) 1549-yilda D) 1552-yilda
37.Ivan IV chaqirgan Zmestvo soboriga ko`ra……….
A) boyorlar hokimiyati keskin qoralandi
B) yangi Sudebnik tuzish haqida qaror qabul qilindi
C) oprichnina tuzish haqida qaror qabul qilindi
D) A va B
38.Zmestvo soboridagi yangi tuzilgan Sudebnikka ko`ra…………
1.bundan buyon dvaryanlarni ayblari va nojo`ya qilmishlari uchun boyorlar sudiga berish taqiqlandi 2.Dvoryanglarning ming nafariga Moska uyezdidan yer-mulk ajratib beriladigan bo`ldi
3.Davlat lavozimlarini faqat zodagonlar naslidan bo`lganlar egallashi tartibiga ham chek qo`yildi 4.boyorlarning o`zlari uchun alohida yig`iladigan soliqlar bekor qilindi
5.joylarda boyorlar boshqaruvi o`rniga Zmestvo(mahalliy-o`zini-o`zi boshqarish organlari) tuzildi
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,4
39.«Figaroning uylanishi» opera muallifi
A) I. Bax B) L. Betxoven
C) V. Motsart D) R. Shtraus
40.«Fantaziya yo`lida sanata» asari muallifini aniqlang
A) I. Bax B) L. Betxoven
C) V. Motsart D) R. Shtraus
41.XVI—XVII asrlardagi xitoy teatr sanatining eng mashxur turini aniqlang.
A) Pantomimo B) Kunsyuy
C) Kabuki D) Ryoka
42.……… asosida Pekin operasi shakllandi.
A) Pantomimo B) Kunsyuy
C) Kabuki D) Ryoka
43. «Kartеl» so`zi qaysi tildan оlingan va qanday ma’nоni bildiradi?
A) italyancha «qоg`оz»,«хujjat» dеgani
B) lоtincha «ishtirоk»,«manfaat» dеgani
C) yunоncha «оzchilik hоkimiyati» dеgani
D) yunоncha «birgalikda ishlash» dеgani
44. Iqtisоdiy va siyosiy hukmrоnlikning bir hоvuch ulkan sarmоya egalari qo`lida to`planishi bu
A) Mоnоpоliya C) Оligarхiya
B) Mоliya D) Kоnsеrn
45. Gеrmaniya va Fransiya o`rtasida sulh shartnоmasi qachоn imzоlandi?
A) 1871-yil 8-mayda C) 1871-yil 12-mayda
B) 1871-yil 10-mayda D) 1870-yil 14-mayda
46. Fransiya va Gеrmaniya o`rtasida sulh shartnоma shartlari хatо bеrilgan javоbni tоping.
A) Fransiya Gеrmaniyaga 5 mlrd.frank to`laydigan bo`ldi
B) Fransiyaning Elzas va Lоtarеngiya vilоyatlari Gеrmaniyaga bеrildi
C) Fransiya tоvоnni to`laguncha Gеrmaniya armiyasi Fransiya hududida qоladigan bo`ldi
D) Rur vilоyati ko`mir kоnlari bilan birga abadiy Gеrmaniyaga bеrildi
47. XIX asr 70-80-yillarida Gеrmaniya sanоati gurkirab rivоjlandi. Chunki Gеrmaniya … asоsiy makоni edi.
A) Fоsfоr rudalarining C) Nеftning
B) Tеmir rudalarining D) Ko`mirning
48.…imperiya rеyхstagi umumgеrman Kоnstitutsiyasini qabul qildi.
A) 1871-yilda C) 1875-yilda
B) 1873-yilda D) 1872-yilda
49. … parlamеnt saylоvlarida GSDP 34,8 fоiz avоz оldi.
A) 1910-yilgi C) 1912-yilgi
B) 1911-yilgi D) 1913-yilgi
50. Gеrmaniya impеratоri … hоkimiyatni hеch kim bilan, hattо Bismark bilan ham bo`lishishni istamadi va yakka hukmrоnlikka intildi.
A) Vilgеlm I C) Gеnriх I
B) Vilgеlm II D) Gеnriх II
51. XIX asrning охirida Yapоniyaning bоsqinchilik maqsadlari ... ga qaratildi.
A) Kоrеya, Хitоy, Tinch оkеani havzasiga
B) Rоssiya, Хitоy, Hindistоnga
C) Hind va Tinch оkеanidagi оrоllar
D) Fоrs ko`rfazi va Yaqin Sharq mamlakatlari
52. Yapоniya qachоn Ryukyu оrоlini bоsib оldi?
A) 1876-yilda C) 1878-yilda
B) 1877-yilda D) 1879-yilda
53. Qachоn Yuan Shikay Kоnstitutsiyaviy Kеngash chaqirdi?
A) 1913-yilda C) 1915-yilda
B) 1914-yilda D) 1916-yilda
54. Qachоn Хitоyda Kоnstitutsiyaviy Kеngash tоmоnidan «Yangi Хitоy Kоnstitutsiyasi» qabul qilindi?
A) 1913-yilda C) 1915-yilda
B) 1914-yilda D) 1916-yilda
55. XIX asr охirida Jazоirda … fransuz yashardi.
A) 200 mingdan оrtiq C) 400 mingdan оrtiq
B) 300 mingdan оrtiq D) 500 mingdan оrtiq
56. Qachоn «Yоsh jazоir» partiyasi tuzildi?
A) 1910-yilda C) 1912-yilda
B) 1911-yilda D) 1913-yilda
57. Gеrmaniya qo`shini … оyida G`arbiy frоntda hujumga o`tgach, Fransiya yordam so`rab Rоssiyaga murоjaat qilishga majbur bo`ldi va Brusilоv bоshliq qo`shinlar hujumga o`tdi.
A) 1916-yil yanvar C) 1916-yil mart
B) 1916-yil fеvral D) 1916-yil aprеl
58. Qachоn Rus armiyasi tоmоnidan Avstriya-Vеngriyaning Galitsiyadagi frоntini yorib o`tildi Avstriya-Vеnriya armiyasiga zarba bеrildi?
A) 1917-yil C) 1916-yil
B) 1914-yil D) 1915-yil
59. Tеlеfоn apparatiga birinchi bo`lib patеnt оlgan A.Bеll asli … tug`ilgan edi.
A) AQShda C) Shоtlandiyada
B) Gеrmaniyada D) Fransiyada
60. G.Markоni … simsiz tеlеgraf uchun patеnt оldi.
A) Buyuk Britaniyada C) AQShda
B) Fransiyada D) Gеrmaniyada
61. “Pivo isyoni” yuz bergan
kunni belgilang.
A) 1922-yil 10-noyabr B) 1922-yil 9-noyabr
C) 1923-yil 8-noyabr D) 1924-yil 10-noyabr
62. Germaniya tomonidan Avstriya anshlyus qilingan(a) va Chexoslovakiya ham qo‘shib olingan(b) yillar aniq berilgan javobni belgilang.
A) a-1939-yil; b-1938-yil.
B) а-1937-yil; b-1938-yil.
C) a-1939-yil; b-1940-yil.
D) a-1938-yil; b-1939-yil.
63. Ikkinchi jahon urushi arafasida Yevropadagi eng katta armiyani shakllantira olgan davlat qaysi?
A) Angliya B) Italiya
C) SSSR D) Germaniya
64.Yaponiya qachon Xitoyning Manchjuriya provinsiyasini bosib oldi va bu yerda Manchjou-Go qo’g’irchoq davlatini tuzdi?
A)1929-yil B)1930-yil
C)1931-yil D)1932-yil
65.Qaysi tashkilot Manchjou-Go davlatining tuzilishiga qarshi chiqdi?
A)BMT B)Millatlar Ligasi
C)UNESCO D)NATO
66.Turkiya parlamenti qanday nomlanadi ?
A) Buyuk Xalq Majlisi B) Buyuk Kengash
C) Milliy qurultoy D) Buyuk Millat Majlisi
67.Qachon Eron Britaniyaning protektoratiga aylandi ?
A) 1918-yil B) 1919-yil
C) 1920-yil D) 1921-yil
68. Nemis qo’shinlari nechanchi yil baxor kuzida Volga daryosi va Shimoliy Kavkazga chiqdilar ?
A) 1941- yil B)1942 –yil C)1943-yil D)1944-yil
69. Ikkinchi jahon urushi yillarida Afrikada German –Italiyan qo’shinlari hamon qayerga havf solib turgan edi?
A) Ummonga B) Tunisga C) Jazoirga D) Misirga
70.Ikkinchi jahon urushi yillarida Malayziya , Birma,Filippin ,Indoneziyani bosib olgan davlatni to’g’ri ko’rsating ?
A)Germaniya B) SSSR C) Italiya D) Yaponiya
71.Ikkinchi jahon urushi yillarida Hindiston va Avstraliya bo’sag’asida qayssi davlat qo’shinlari turar edi?
A) German qo’shinlari B) Rossiya qo’shinlari C) AQSH qo’shinlari D) yapon qo’shinlari
72.G’arb davlatlari SSSR va uning ittifoqchilariga qarshi qaysi tashkilotni tuzdilar?
A)NATO B)O’IYK C)Varshava D)BRIKS
73.SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlari NATO ga qarshi qasyi tashkilkotni tuzdilar?
A)NATO B)O’IYK C)Varshava D)BRIKS
74.Varshava Shartnomasi tashkiloti qachon tuzildi?
A) 1949-y yanvar B)1949-y aprel C)1955-y D)1949-oktabr
75.Ikki qutbli tizimga qo’shilmagan davlatlar qachon o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanladi?
A) 1949-y B)1950-y C)1955-y D)1961-y
76. Qaysi davlat 1990-yillarda qaysi davlat videoapparatlarni 90% ini yetishtirgan?
A) Xitoy B) AQSH C) Yaponiya D) Singapur
77. Xitoy bilan Yaponiya munosabatiing XXI asrda munosabatining keskinlashishiga nima sabab bo’lgan?
1. Shimoliy Koreyaning 2017-yildagi munosabatida;
2. AQSHning Vetnam masalasidagi muammosi;
3. AQSHning 2005-yilda Tayvan oroli maslasida AQSHni qo’llab-quvvatlashi;
4. Xitoy bilan munosabatlarda Rossiyaga Xitoyning yon bosishi.
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,4
78 Mamlakatni rivojlantirishning 2020-yilgacha bo’lgan dasturni ishlab chiqqan davlatni aniqlang?
A) Vetnam B) Kamboja C) Malayziya D) Laos
79. Hozida Osiyo davlatlarida oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha birinchi o’rinda turadi?
A) Vetnam B) Kambodja C) Malayziya D) Laos
80 XXI asrda qaysi davlat BMTning Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo’lishga intilib kelmoqda?
A) Turkiya B) Hindiston C) Malayziya D) Tailand
81. Qaysi davlatda islom ta’siri ortib bormoqda?
A) Turkiya B) Hindiston C) Malayziya D) Tailand
82. 2014-yilda qaysi shaxslar hukumatga kelgan?
1. S. Demeril, 2. R. Erdog’an,
3. N. Modi, 4. M. Singx.
A) 1,2 B) 3,4 C) 2,4 D) 2,3
83. Qachon Hindistonning shimoliy-g’arbida 3 ta shtat tashkil etildi?
A) 2000-yil B) 2001-yil C) 2004-yil D) 2005-yil
84. Quydagi qaysi davlat AQSH rahbariyati tomonidan “Yovuzlik tayanchi” mamlakatlari qatoriga kiritildi?
A) Janubiy Koreya B) Hindiston
C) Pokiston D) Eron
85. Quydagi qaysi davlat XXI asrda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biriga aylanish imkoniyati bor “11 mamlakat” qatoriga kiritildi?
A) Umman B) Liviya C) Pokiston C) Eron
86. Afg’onistonda qachon tolibonlar islom fundamentalizimini o’rnatish uchun kurashga qo’shildilar?
A) 1992-yil aprel B) 1994-yil
C) 1996-yil D) 2001-yil 11-senyabr
87. 2016-yil fevralda Eron parlamentiga saylovlar yuqori ruhda bo’lib o’tib, bu yuqorilik kimning nomi bilan bog’liq?
A) N. Ahmadinajod B) Hotamiy
C) Hasan Ruhoniy D) O. Xumoyini
88. B. Bxutto hukumatiga iste’fo bergan prezidentni aniqlang?
A) G’ulom Is’hoq B) Farruk Ahmadxon
C) Husan Ruhoniy D) Asif Ali Zardaziy
89. Qaysi davlatda fan va ta’lim rivojlangan, urbanizatsiya darajasi 70 foizga yaqinlashmoqda, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan?
A) Afg’oniston B) Eron B) Pokiston D) Hindiston
90. Iroq va qisman Suriya hududida terrorchi guruhlar “Iroq va Shom islom davlati ” (ISHID) ni qachon tuzishgan?
A) 2011-yil B) 2012-yil C) 2013-yil D) 2014-yil
91. Nechanchi yilgi saylovlarda respublikachilar partiyasidan nomzod Duayt Eyzenxauer g‘olib chiqdi?
A) 1950-yilgi B) 1955-yilgi
C) 1945-yilgi D) 1952-yilgi
92. Senator Jozef Makkarti davlat organlarida josuslar va kommunistlarni aniqlash uchun tekshiruvlar olib bordi va bu AQSH tarixiga qanday nom bilan kirdi?
A) Konservatizm B) makkartizm
C) Kommunizm D) Duaytizm
93 . Nechanchi yilda Kubada hokimiyatga F. Kastro keladi ?
A) 1957 B) 1958 C) 1959 D) 1960
94. Qaysi voqea ikki buyuk davlatlar o‘rtasida yadro urushi xavfini keltirib chiqardi ?
A) Kubada hokimiyatga kelgan F. Kastro rejimiga qarshi AQSH olib borgan tajovuzkor siyosat
B) AQSHning sotlialistik davlatlarga qarshi siyosati
C) AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov o‘rtasidagi kelishuv
D) Qayta qurish siyosati
95. Tetcher iqtisodiyotda qanday ishlarni amalga oshirdi?
1.Asosiy e’tiborni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratdi 2.Iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirish sari dadil qadamlar tashlandi.3.Davlatning moliyaviy ahvoli og’irlashdi.4.Chet el kapitaliga qaramlik oshdi. 5.Soliqlar kamaytirildi 6. Inflyetsiyaga qarshi kurash bosh vazifa qilib belgilandi.
A) 1,2, 3, 4 B) 1,3, 4, 5 S) 1,2,5,6 D) 2,3,4,6
96. Qachon SSSR prezidenti M. Gorbachyov davlat boshlig‘i vakolatlarini o‘zidan soqit qilganligi to‘g‘risida bayonot berdi?
A) 1991-y 8-dekabr B) 1990-y 22-dekabr
C) 1990-y 15-dekabr D) 1991-y 25-dekabr
97. Qaysi davlat 2008-yili MDHga kirish istagini bildirib, hozir MDH parlamentlararo assambleyasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda?
A) Afg’oniston B) Qirg’iziston
C) Tojikiston D) Qozoqiston
98. Logistika — bu ……..?
A) Aholi va uning ko‘payish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan.
B) Tovarlar, yuklar va shu kabilarni bir hududdan boshqasiga yetkazib
berishning tizimini tashkil qilish.
C) Jamiyatni boshqarishning ma’lum layoqatiga ega bo‘lgan shaxslar guruhi bo‘lib, ular siyosiy hokimiyatni o‘z qo‘llarida jamlaydi, rahbar lavozimlarni egallaydi, jamiyatni boshqaradi.
D)Terroristik aktni bartaraf qilish,aholi,tashkilot va muassasalarning xavfsizligini ta’minlash.
99. Gruziyada 2012-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida qaysi partiya g’alaba qozondi?
A) «Yangi demokratlar» p. B) Xalq fronti p.
C) Xalq demakratik p. D) «Gruziya orzusi» p.
100. Qachon Armanistonda respublika maqomi bo‘yicha referendum o’kazildi?
A) 1991-yil 21-oktabrda B) 1991-yil 21-sentabrda
C) 1991-yiI 18-oktabrda D) 1991-yil 9-aprelda

Javoblari:


1A 2D 3D 4D 5D 6C 7D 8C 9B 10C 11B 12C 13B 14A 15C 16B 17B 18C 19B 20A 21D 22B 23B 24B 25A 26A 27B 28B 29D 30D 31B 32A 33C 34B 35B 36C 37D 38A 39C 40B 41B 42B 43A 44C 45B 46D 47A 48A 49C 50B 51A 52D 53B 54B 55B 56C 57B 58C 59C 60A 61C 62D 63D 64C 65B 66D 67B 68B 69D 70D 71D 72A 73C 74C 75B 76C 77B 78C 79A 80B 81A 82C 83A 84D 85C 86B 87C 88B 89B 90C 91D 92B 93C 94A 95C 96D 97A 98B 99D 100B
Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling