1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


VI. Kinologiya va veterinariya xizmatlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish


Download 317.1 Kb.
bet7/10
Sana09.01.2022
Hajmi317.1 Kb.
#262651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21 18.01.2021

VI. Kinologiya va veterinariya xizmatlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

36.

Xorijiy davlatlar hamda Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy kinologiya markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.

Bunda:


o‘quv qo‘llanmalari va amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish, shuningdek, kinologiya sohasidagi xorijiy o‘quv materiallarini o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Jahon bojxona tashkilotining bosma va elektron nashrlarida Markaz faoliyatini keng yoritish;

Jahon bojxona tashkiloti mintaqaviy kinologiya markazlaridan ekspertlarni jalb etgan holda Markazda xalqaro o‘quv-amaliy seminar treninglar tashkil etish;

xorijiy grantlar asosida zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va zotdor xizmat itlarini sotib olish.



Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar

37.

Respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz) kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibini belgilaydi.

2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

buyurtmachi — Markazga kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini o‘rgatish va itlarni sotib olish uchun buyurtma bergan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar, chet davlatlarning kinologiya xizmatlari, shuningdek, itlarni o‘rgatish uchun buyurtma bergan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari;


Download 317.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling