1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 317.1 Kb.
bet9/10
Sana09.01.2022
Hajmi317.1 Kb.
#262651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21 18.01.2021

o‘quv-o‘rgatuv kursi — Markazda kinologlarni va xizmat itlarini giyohvandlik vositalari, tamaki mahsulotlari, qurol-yarog‘, o‘q-dori, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklarini qidirib topish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv, himoya-qorovul, iz-qidiruv xizmati, terrorizmga qarshi kurashish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt oygacha tayyorlash kursi.

2-bob. Markazda buyurtmachilarning itlari, kinologlarini va ularga tegishli xizmat itlarini qabul qilish

3. Buyurtmachi kinologlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga tegishli xizmat itlarini o‘rgatish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan itlarni umumiy mashq kursi ko‘nikmalari, himoya-qorovul xizmati talablari bo‘yicha tayyorlash yuzasidan Markazga erkin shakldagi buyurtmanoma (ariza, xat, iltimosnoma, so‘rovnoma) bilan murojaat qiladi.

Buyurtmanomada buyurtmachi haqidagi ma’lumotlar, o‘quv kurslarining yo‘nalishi, it zoti, kinologlar va itlar soni ko‘rsatiladi.

4. Buyurtmanoma Markazga berilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida:

Markaz bilan buyurtmachi o‘rtasida shartnoma tuziladi;

kinologlar xizmat itlari bilan birga yuborilayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini qabul qilishda buyurtmachiga itni Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatida dastlabki klinik ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelish sanasi ma’lum qilinadi.

5. O‘quv kurslariga klinik sog‘lom, sakkiz oydan oshgan mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan it zotlari Markaz mutaxassislaridan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) xulosasi asosida qabul qilinadi.

Agar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan it ushbu Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan it zotlari toifasiga kirmagan taqdirda, komissiya tomonidan qo‘shimcha test sinovi va o‘rganish o‘tkazilgandan so‘ng ularning ijobiy xulosasi asosida o‘quv kurslari yo‘nalishiga loyiq deb topilishi va istisno tariqasida qabul qilinishi mumkin.

6. Buyurtmachi tomonidan olib kelingan it pasporti va boshqa hudud (viloyat, tuman (shahar)dan olib kelinsa, qonun hujjatlari talablari asosida yuqumli kasalliklar yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomalar taqdim etiladi. Mazkur hujjatda quturish, o‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, gijjasizlantirish tadbirlari o‘z vaqtida o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumot ko‘rsatilishi lozim.

Emlash tadbirlari buyurtmachi tomonidan itni Markazga olib kelishdan kamida yigirma bir kun oldin yoki o‘n bir oydan oshmagan holda amalga oshirilgan bo‘lishi shart.

7. Buyurtmachining iti Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatida dastlabki klinik ko‘rikdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda veterinariya xulosasi tuziladi.

Veterinariya xulosasiga ko‘ra:

it sog‘lom deb topilsa, buyurtmachi bilan Markaz o‘rtasida shartnoma tuziladi va it qabul qilinadi;

it nosog‘lom deb topilsa, u Markaz tomonidan qabul qilinmaydi.

8. Markazga qabul qilingan itlar o‘ttiz kun davomida dastlabki veterinariya va karantin nazoratida saqlanadi.

9. Buyurtmanoma asosida qabul qilingan itning tegishli o‘quv yo‘nalishiga layoqatliligini aniqlash uchun dastlabki veterinariya va karantin nazorati yakuni bo‘yicha itning tegishli o‘quv yo‘nalishiga layoqatliligi test sinovidan o‘tkaziladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq itni qabul qilish yoki rad etish (chetlashtirish) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

10. Qabul qilish paytida itda yuqumli kasalliklar yashirin (inkubatsion) davrida bo‘lib, karantin yoki keyingi davrda yuqumli kasallik belgilari yuzaga chiqqanda Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati tomonidan xulosa tuziladi va shunga asosan it buyurtmachiga qaytariladi.

11. O‘quv kurslariga qabul qilinmagan yoki undan chetlashtirilgan itlar uchun to‘langan mablag‘lar Markaz tomonidan sarflangan ozuqa va dori-darmon xarajatlari chegirilgan holda buyurtmachiga qaytariladi.

3-bob. O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda boshqa vazirliklar va idoralar, shuningdek, chet davlatlar kinologiya xizmatlari buyurtmanomalari bo‘yicha kinologlarni tayyorlash hamda ularga tegishli xizmat itlarini o‘rgatish

12. O‘quv-o‘rgatish kurslarida kinologlar xizmat itlari bilan birga o‘rgatiladi.

13. Giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar, mina qidiruv, iz-qidiruv, terrorizmga qarshi kurashish, qidiruv-qutqaruv xizmati yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining hamda chet davlatlar kinologiya xizmatlarining kinologlari o‘rgatiladi.

14. Kinologni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli xizmat itlarini o‘rgatish bo‘yicha Markaz bilan buyurtmachi (chet davlatlarning kinologiya xizmatlari bundan mustasno) o‘rtasida shartnoma tuziladi.

15. Chet davlatlarning kinologiya xizmatlari buyurtmanomalari asosida ikki yoxud ko‘p tomonlama tashqi savdo shartnomasi tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida kinologlarni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli xizmat itlarini o‘rgatish bo‘yicha kelishuvlar nazarda tutilgan bo‘lsa, Markaz tomonidan alohida shartnoma tuzilmaydi.

16. Markaz tomonidan buyurtmanomalar asosida kinologlarni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli itlarni o‘rgatish uchun to‘lovlar mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulatsiya asosida belgilanadi va undiriladi.

17. Chet davlatlarning kinologiya xizmatlari buyurtmalari asosida kinologlarni tayyorlash va xizmat itlarini o‘rgatish uchun to‘lovlar mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulatsiyaning ikki baravari miqdorida belgilanadi.

18. O‘quv-o‘rgatish kursi yakuni bo‘yicha kinologlar buyurtmachining vakili ishtirokida sinovdan o‘tkaziladi va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan kinologlarga sertifikat beriladi.

O‘quv-o‘rgatish kursi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan sinovda qoniqarsiz baho olgan kinologlarga bir marta qayta sinov topshirish imkoniyati beriladi.

19. Kinolog yakuniy sinovdan o‘tmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi.

4-bob. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari bo‘yicha o‘rgatish

20. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari bo‘yicha tayyorlash uchun ular ushbu Nizomning 4 — 11-bandlari talablari asosida qabul qilinadi va shartnoma tuziladi.

21. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari bo‘yicha o‘rgatish uchun to‘lovlar mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilanadi va undiriladi.

22. O‘rgatish kurslari yakuni bo‘yicha buyurtmachi itning ko‘nikmalarini tekshirib, uni dalolatnoma asosida qabul qilib oladi.

Qabul qilish-topshirish jarayoni video tasvirga olinib, bir yil davomida Markazda saqlanadi.

23. Itni belgilangan kurslar bo‘yicha o‘rgatib, egasiga muvaffaqiyatli topshirgan xodim Markazning rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.

24. Mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilganidan boshqa hollarda itni o‘rgatish jarayonida it shikastlansa yoki nobud bo‘lsa, yetkazilgan zarar Markaz tomonidan qoplanadi.

Markaz tomonidan qoplangan xarajatlar, mazkur holatga aniqlik kiritilib, aybdor deb topilgan shaxsdan regress tartibida undiriladi.

25. Itni o‘rgatish bo‘yicha shartnoma tuzilgandan keyin bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganda, yangi tarif bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinmaydi hamda qo‘shimcha to‘lovlar undirilmaydi.

5-bob. Markaz tomonidan xizmat itlarini sotish

26. Markaz tomonidan xizmat itlarini va kuchukchalarini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, vazirliklar va idoralarga hamda chet davlatlarning kinologiya xizmatlariga sotish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga xizmat itlari sotilmaydi.

27. Chet davlatlar kinologiya xizmatlari buyurtmasiga asosan xizmat itlarini va kuchukchalarini sotish ikki yoki ko‘p tomonlama tuziladigan tashqi savdo shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.

28. Markaz tomonidan sotiladigan xizmat itlari va kuchukchalari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.

29. Markaz tomonidan sotilayotgan xizmat itlari va kuchukchalariga yuqumli kasalliklarga qarshi veterinariya profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi.

6-bob. Yakunlovchi qoida

30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida o‘rgatish uchun qabul qilinadigan it zotlari

RO‘YXATI


Download 317.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling