1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 317.1 Kb.
bet10/10
Sana09.01.2022
Hajmi317.1 Kb.
#262651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21 18.01.2021

T/r

Itning zoti

I. O‘rta zotli itlar

1.

Rus spaniyeli

2.

Ingliz kokker spaniyeli

3.

Amerika kokker spaniyeli

4.

Velsh-teryer

5.

Yagdteryer

6.

Bigl

7.

Foks-teryer

II. Yirik zotli itlar

8.

Nemis ovcharkasi

9.

Belgiya ovcharkasi

10.

Sharqiy Yevropa ovcharkasi

11.

O‘rta Osiyo ovcharkasi

12.

Kavkaz ovcharkasi

13.

Labrador

14.

Rotveyler

15.

Kursxaar

16.

Doberman

17.

Rizenshnautser

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA


_______-sonli veterinariya xulosasi


20__ yil “__” ________

Toshkent sh.

Biz, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati boshlig‘i_______________________________, Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatining mas’ul xodimlari___________________, 20__ yil “__” _________ kuni Markazga_______________________________________
_______________________________________________________________ tomonidan

(it egasining F.I.O. va pasport ma’lumotlari, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va rahbarining F.I.O. ko‘rsatiladi)

____________________________ kursiga qabul qilish uchun ______________ laqabli, ____________ zotiga mansub bo‘lgan, ________ yilda tug‘ilgan, rangi _________, jinsi ____________ bo‘lgan itni veterinariya ko‘rigi, klinik va laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazib, quyidagilarni aniqladik:

a) itning semizligi _____________;
b) ko‘zlarida o‘zgarishlar _____________;
v) tishlari _____________;
g) tana harorati _____________.;
d) yungi yaltiroqligida o‘zgarish _____________;
e) eshitish qobiliyati _____________;
j) itning qon tahlili ko‘rsatkichi _____________.

Yuqoridagilarga asoslanib, itning klinik ahvoli ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari tomonidan ______________ deb topildi.

Ixtisoslashtirilgan
veterinariya xizmati boshlig‘i _________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati mas’ul xodimlari __________________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

_________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

_________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA


Itni qabul qilish yoki rad etish (chetlashtirish) to‘g‘risida
DALOLATNOMA


20__ yil “___”_________

Toshkent sh.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida tuzilgan itning tegishli o‘quv yo‘nalishiga layoqatliligini aniqlovchi komissiya

Raisi ___________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, unvoni)

va komissiya a’zolari ______________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, unvoni)

______________________________________________________lar tomonidan itning ________________________________________________________________________

(umumiy mashq kursi ko‘nikmalari himoya-qorovul xizmati)

xizmatlarga yaroqliligini aniqlash maqsadida: __________________________________

(it egasining F.I.O. va pasportdagi ma’lumotlar, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va rahbarning F.I.O.ko‘rsatiladi)

________________da yashovchi _____________________________________________ga

tegishli it ish qobiliyati tekshiruvidan o‘tkazildi.

Komissiya test sinovi natijalariga muvofiq quyidagilarni aniqladi:
__________ laqabli, ____________ zotiga mansub bo‘lgan, _________ yilda tug‘ilgan, rangi ____________, jinsi _________________ bo‘lgan it ish qobiliyati _______________________________________________________________ o‘rgatishga

(umumiy mashq kursi ko‘nikmalari himoya-qorovul xizmati)

loyiq/noloyiq deb topilib, qabul/rad qilindi.

Komissiya raisi

_____________________________

Komissiya raisi o‘rinbosari

_____________________________

Komissiya a’zolari

_____________________________

Topshirdi

_____________________________

Qabul qildi

_____________________________

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA


“KELIShILDI”



“TASDIQLAYMAN”


________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________

________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Milliy kinologiya markazida bir nafar kinolog va unga tegishli
xizmat iti uchun o‘qitish xarajatlarining
K A L K U L Ya S I Ya S I


T/r

Xizmat turi

Xarajatlar*

bir oy uchun
(30 kun)


Kurs davomiyligi

1.

Xodim(inspektor)ning ish haqi/10**

2.

Yotoqxona va kommunal xarajatlar

3.

Bir bosh xizmat itini oziqlantirish

4.

Bir bosh xizmat iti uchun o‘tkaziladigan veterinariya tadbirlari

5.

Bino va inshootlarning amortizatsiyasi

6.

Boshqa xarajatlar (maxsus anjomlar, sertifikat va hokazo)

7.

Rentabillik 20 %

Jami

* Kalkulatsiya shartnoma imzolanayotgan sanadagi narxlar asosida shakllantiriladi.

** O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun hisobga olinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidentlarining itlarini umumiy mashq kursi ko‘nikmalari hamda himoya-qorovul xizmati talablari bo‘yicha tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun tariflar*

(Tarif koeffitsiyenti belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilanadi)



T\r

Xizmat turi

Tariflarni ko‘paytirish koeffitsiyenti

O‘rta zotli it

Yirik zotli it

1.

Umumiy mashq kursi

10,5

11,6

2.

Himoya-qorovul xizmati

18,2

19,3

* Ushbu tarif koeffitsiyenti O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari kinologiya xizmatlari itlarini tayyorlashda tatbiq etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga


4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibini belgilaydi.

2. Itlarning xizmatga yaroqsizligi Markaz rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Markazdagi itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlovchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan aniqlanadi.

3. Markaz tomonidan xizmatga yaroqsiz itlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

2-bob. Itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlash

4. Komissiya itlarni ko‘zdan kechirish va o‘rganish davomida mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan jismoniy kamchiligi, kasalligi va nuqsonlari mavjud bo‘lgan itlarni xizmatga yaroqsiz deb topadi.

5. O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga chanilganligi oqibatida itlar xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, komissiya tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi hamda itlar yo‘q qilish uchun tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga topshiriladi.

6. Klinik sog‘lom, jismoniy nuqsonsiz, lekin fe’l-atvorida taxminiy-jinsiy va sust-mudofaa reaksiyasining ustunligi hamda asab faoliyati asosiy tipologik xususiyatlarining kamchiliklari o‘ta yuqori yoki juda past qo‘zg‘aluvchanligi mavjud bo‘lgan itlar komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topiladi hamda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, sotuvga qo‘yiladi.

3-bob. Itlarni baholash va sotish to‘g‘risida e’lon berish

7. Markaz tomonidan mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan itlar tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.

8. Baholovchi tashkilotlar tomonidan itning baholanganligi bo‘yicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Markaz ommaviy axborot vositalariga itni sotish bo‘yicha e’lon beradi.

E’londa sotuvga qo‘yilgan itning fotosurati va laqabi, yoshi, zoti, jinsi, narxi, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirish uchun Markazning bank rekvizitlari hamda qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami, it sotib olish uchun murojaat etishning oxirgi muddati (kun va soat) haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

9. Xizmatga yaroqsiz itni sotib olish yuzasidan yigirma besh ish kuni ichida murojaat tushmasa, it sotilmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda Markaz kinologlariga bepul beriladi.

4-bob. Itlarni sotib olish uchun murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish

10. Itni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidenlari quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan hamda ilova qilgan holda Markazga murojaat qiladilar:

jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi;

yuridik shaxslar uchun — tashkilotning to‘liq nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va joylashgan joyi (pochta manzili);

aloqaga chiqish uchun ma’lumotlar (elektron pochta manzili, telefon (faks) raqami (mavjud bo‘lganda);

sotib olmoqchi bo‘lgan it to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

to‘lovni qaytarish uchun bank hisobvarag‘i.

11. Markaz tomonidan itni sotib olish bo‘yicha tushgan murojaat uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, murojaatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshiriladi, sotib oluvchiga itni sotib olish uchun shartnoma tuzish yoki shartnoma tuzishni rad etish to‘g‘risida rad etish asoslarini aniq ko‘rsatgan holda xabar beriladi.

12. Markaz itni sotib olish to‘g‘risidagi murojaat asosida sotib oluvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.

5-bob. Itlarni sotish

13. Ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlar shartnoma asosida naqd yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi.

14. Sotib oluvchi shartnoma imzolangunga qadar sotuvga qo‘yilgan itni ko‘zdan kechirishi mumkin.

15. Sotib oluvchi xizmatga yaroqsiz deb topilgan itni sotib olish bo‘yicha qaroridan qaytgan taqdirda, u Markaz depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan pul mablag‘ini qaytarib olishi mumkin. Bunda sotib oluvchi pul mablag‘ini qaytarib olish to‘g‘risida Markazga murojaat qiladi.

To‘langan pul mablag‘lari tegishli murojaat tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Markaz tomonidan qaytarilishi lozim.

16. Sotilayotgan itlarda Markaz tomonidan barcha yuqumli kasalliklarga qarshi veterinariya profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda “Yosh it kartochkasi” beriladi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

17. Itlarni sotishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

Xizmat itlari bolalarini o‘stirish va xizmat itlaridan foydalanishni taqiqlovchi jismoniy kamchiliklar, kasalliklar va nuqsonlar

RO‘YXATI

1. Skelet va mushaklarning umumiy jismoniy o‘sishdan to‘xtab qolganligi, nozikligi, kichikligi, juda semizligi yoki ozg‘in (oriq)ligi.



2. Tashqi ko‘rinishining (eksteryer) asosiy va yaqqol ko‘zga tashlanadigan kamchiliklari:

a) tishlarning emal qatlami butunlay yemirilganligi, jag‘dagi bitta yoki ikkita tishlarning yo‘qligi;

b) ingichka, zaif mushakli bo‘yin yoki burmakli, osilib tushgan terili bo‘yin;

v) haddan tashqari osilib turgan yoki bukri qomat;

g) sinib turgan yoki bukri (egik), ingichka, yetilmagan mushakli bel;

d) juda qiyshaygan sag‘ri;

e) dumaloq, bo‘rtma, egri-bugri qovurg‘ali, old tomonidan nomutanosib, keng yoki juda tor yoxud kichkina ko‘krak qafasi;

j) osilib qolgan yoki haddan tashqari ichiga botib ketgan qorin;

z) oldingi oyoqlarning tor vaziyati (holati), tashqariga yoki ichkariga qiyshaygan tirsaklar, yaqqol ko‘zga tashlanadigan maymoqlik yoki oyoqlarning juda keng qo‘yilishi, orqa oyoqlarning qilichsimon vaziyati, sakrab yurishiga yordam beruvchi bo‘g‘inlarning yaqinlashuvi yoki qiyshayganligi, yassi, yoyilgan oyoq panjalari.

3. Harakatning izdan chiqishiga sabab bo‘luvchi markaziy asab tizimining (miya va uning pardalari) buzilishi va zararlanishi.

4. A’zolarning tuzalmaydigan funksional buzilishini keltirib chiqaruvchi periferik (sirtqi) asab kasalliklari.

5. Elka va son mushaklarining qurishi (atrofiyasi) oqibatida paydo bo‘lgan cho‘loqlik. Pay, paychalar va bo‘g‘inlarning surunkali yallig‘lanishi.

6. Og‘ir, surunkali kasalliklar, zaharlanishlar oqibatida paydo bo‘ladigan hazm qilish a’zolarining uzoq davom etadigan, yaqqol ko‘zga tashlanadigan, davolanmaydigan buzilishlari (kasalliklar).

7. Nafas qisish, yo‘tal, xirillash, shilliq pardalarning tsiapozi kabi aniq tashqi belgilarga ega bo‘lgan nafas yo‘llari, o‘pka, o‘pka pardasining surunkali kasalliklari. Burun shilliq pardasi yoki yangi paydo bo‘lgan narsalarning o‘zgarishi, aynishi oqibatida nafas olishning buzilishi.

8. Yurak va yirik qon tomirlarining surunkali kasalliklari.

9. Qattiq og‘riq, oqsoqlik va harakatlarning yo‘qolishi bilan kechadigan mushaklar va bo‘g‘inlarning surunkali revmatizmi.

10. Erkin harakatga to‘sqinlik qiluvchi bo‘g‘inlar, paylar va yumshoq to‘qimalarning deformatsiyasi (shaklining o‘zgarishi).

11. Yiringlash, teshik oqma yaralarni keltirib chiqaruvchi limfatik bezlarning surunkali shikastlanishi.

12. Harakatlarni cheklab qo‘yuvchi noto‘g‘ri bitgan suyaklar.

13. Bo‘yinbog‘ va beltasma kiydirishni qiyinlashtiradigan, yo‘qotib bo‘lmaydigan o‘smalar, shishlar yoki surunkali, zo‘rayadigan kasalliklar.

14. Xavfli o‘smalar, shishlar (saraton-rak).

15. Churraning (dabba) ichak-chovoqlar va qorin bilan tushib ketishi.

16. Erkin harakatlanish imkonini yo‘qqa chiqaruvchi barmoqlar va tirnoqlarning bedavo kasalligi.

17. Eshitish qobiliyatini qisman yo‘qotish bilan kechadigan quloq ichki qismi (labirinti) va pardasi funksiyasini o‘zgartirib yuboradigan quloqning surunkali yiringli yallig‘lanishi.

18. Kuchsiz sezish qobiliyati.

19. Ko‘z shish qopchig‘i va shilliq pardasining surunkali yallig‘lanishi, ko‘z yoshi oqmayarasi, ko‘zdan doimiy ravishda yosh oqishi, ko‘rish qobiliyatining qisman yo‘qolishi.

20. Bichilgan (axta qilingan) itlar.

21. Ish qobiliyati butunlay yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan va davolanish uchun sarflanadigan xarajatlarni oqlamaydigan travmatik kasalliklar (yaralar, jarohatlar, urilgan, lat egan joylar va boshqa) ro‘yxatda ko‘rsatilmagan kasalliklar).

22. Davolanmaydigan, surunkali parazitar kasalliklar (qirma temiratiki, moy xo‘rak, qo‘tir) tananing asosiy qismiga tarqalgan chilla yara (ekzema).

23. Xizmat itlaridan samarali foydalanishga imkon bermaydigan va yo‘l qo‘ymaydigan boshqa jismoniy kamchilik, kasallik va nuqsonlar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


2-ILOVA


“TASDIQLAYMAN”

O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi direktori
____________________________

Xizmat itining yaroqsizligi haqida
DALOLATNOMA


20___ yil “___”__________

Toshkent shahri

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlovchi komissiya raisi ______________________
________________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

va quyidagi a’zolar _____________________________________________________ dan

(lavozimi, F.I.O.)

iborat komissiya, kinolog ____________________________________ ga biriktirilgan,

(F.I.O.)

“__________________” laqabli, _________________ zotli, _______________ jinsiga
mansub, _____________ da tug‘ilgan, _______________ rangli xizmat itini tekshiruvdan

(sana)

o‘tkazib, quyidagilarni aniqladi:_____________________________________________
________________________________________________________________________

(itning kamchiligi yoki kasalliklari ko‘rsatib o‘tiladi)

Komissiya xulosasi

“______________” laqabli xizmat iti Xizmat itlari bolalarini o‘stirish va xizmat itlaridan foydalanishni taqiqlovchi jismoniy kamchiliklar, kasalliklar va nuqsonlar ro‘yxatining _______-bandiga muvofiq:

belgilangan tartibda yo‘q qilinsin;
sotuvga qo‘yilsin.

Komissiya raisi:

Komissiya a’zolari:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga


5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar) veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmat (keyingi o‘rinlarda — veterinariya xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishni “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etadi.

3. Markaz veterinariya xizmatini ko‘rsatishni O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasini belgilangan tartibda xabardor qilganidan so‘ng amalga oshiradi.

4. Markaz tomonidan veterinariya xizmatlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi (keyingi o‘rinlarda — klinika) orqali shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli itlarga ko‘rsatiladi.

5. Klinika faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Klinakada Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari faoliyat ko‘rsatadi.

7. Iste’molchilardan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lov undiriladi.

Iste’molchilarga ko‘rsatiladigan veterinariya xizmatlari preyskuranti (narxlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.

8. Iste’molchilarga veterinariya xizmatini ko‘rsatish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

2-bob. Veterinariya xizmatini ko‘rsatish tartibi

9. Iste’molchilar veterinariya xizmatlaridan foydalanish yuzasidan klinakaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizim orqali murojaat qiladilar.

10. Murojaat tegishli klinika tomonidan qabul qilinadi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tanlangan veterinariya xizmati yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.

Tuzilgan shartnoma bo‘yicha belgilangan to‘lovlar to‘langanligi haqida iste’molchi tomonidan klinikaga yozma yoki elektron tarzda ma’lumot taqdim etiladi.

11. Klinikaga qabul qilishda:

itlar klinik ko‘rik va zaruratga ko‘ra labaratoriya-tashxis tekshiruvlaridan o‘tkaziladi;

itlarni saqlash, parvarishlash, oziqlantirish hamda ko‘paytirish masalalari bo‘yicha maslahat va tavsiyalar beriladi;

itlarga iste’molchining roziligi asosida kasallik holatining og‘irlik darajasidan kelib chiqqan holda izolyatorda davolash muolajalari o‘tkaziladi;

xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda itning sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha belgilangan veterinariya tadbirlari ko‘rsatiladi.

12. Veterinariya xizmatlari ko‘rsatilayotgan vaqtda iste’molchilarning itiga ularning harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lmagan holda zarar yetkazilsa, yetkazilgan zarar Markaz tomonidan qoplanadi.

Bunda iste’molchilarning itiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi.

13. Markaz tomonidan itlarni profilaktika qilish, diagnostika va davolashda sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan vosita va usullar qo‘llanilmaydi.

14. Itlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi bo‘yicha shubha mavjud bo‘lganda, bu to‘g‘risida zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga xabar qilinishi hamda kasallik doirasining kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.

3-bob. Veterinariya xizmatini ko‘rsatishda Markazning huquq va majburiyatlari

15. Markaz veterinariya xizmatini ko‘rsatishda quyidagi huquqlarga ega:

“Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlari asosida veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika tadbirlarini amalga oshirish;

itlarning kasalligini aniqlab, tashxis qo‘yish va ularni davolash bilan shug‘ullanish;

o‘ziga tegishli bo‘lgan asbob-uskuna va boshqa jihozlardan foydalanish;

o‘ziga tegishli bo‘lgan dori vositalaridan foydalanilgan holda veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish;

shartnomada nazarda tutugan holda Markaz ixtiyorida mavjud bo‘lmagan dori vositalari iste’molchi tomonidan olib kelinishini talab qilish;

itlarni kasallanishdan saqlash maqsadida emlash tadbirlari o‘tkazish, shuningdek, itlarning egalariga maslahat berish;

xizmat ko‘rsatish davomida veterinariya xizmatlari mutaxassislarini jalb etish;

Markazning veterinariya sohasidagi mutaxassislarining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining oliy ta’lim muassasasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarida malakasini oshirish.

16. Markaz veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda:

pulli xizmatdan foydalanish yuzasidan iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqishi;

iste’molchilarga sifatli veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishi;

yuqumli kasallik mavjudligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga zudlik bilan xabar berishi hamda kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rishi;

klinikaning doimiy faoliyat olib borishini ta’minlashi;

xizmat ko‘rsatish davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qo‘shimcha to‘lovlarsiz bartaraf etishi;

iste’molchilarni veterinariya xizmatlari ro‘yxati va preyskuranti (narxlari) bilan tanishtirishi;

shartnomada belgilab olingan xizmatlardan tashqari zarur bo‘lmagan boshqa xizmatlarni taklif etmaslik va ular uchun haq olmasligi;

davolash uchun izolyatorda olib qolingan itlarni Markazga qarashli xizmat itlaridan alohida saqlashi va xavfsizligini ta’minlashi;

iste’molchilarga ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etishi;

veterinariya xizmatini ko‘rsatishda faoliyatga aloqador bo‘lmagan vaziyatda itning umumiy klinik ahvoli og‘irlashganda ko‘rilgan choralar to‘g‘risida iste’molchilarni o‘z vaqtida xabardor qilishi;

epizootiya paydo bo‘lgan taqdirda, davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini o‘tkazishi;

nobud bo‘lgan it jasadini xulosa asosida iste’molchini xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmasiga topshirishi lozim.

4-bob. Veterinariya xizmatidan foydalanishda iste’molchilarning huquq va majburiyatlari

17. Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

Markazga veterinariya xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilish;

veterinariya xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida Markaz bilan shartnoma tuzish;

veterinariya xizmatlarini klinikada olish;

klinikada yaratilgan mavjud sharoitlar bilan tanishish;

ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari turlari va preyskuranti (narx)lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish;

itning holati, kasalligi va o‘tkazilgan muolajalar haqida ma’lumot olish;

itning kasallik holatidan kelib chiqib, uni izolyatorda davolashga qoldirish;

taqdim etilgan it nobud bo‘lganda, uning jasadini O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy tuzilmasidan olib ketish;

belgilangan tartibda shikoyat qilish.

18. Iste’molchilar:

klinikaga itni ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etishi;

it o‘tkazgan kasalliklar, emlanganligi haqida hamda salomatligi bilan bog‘liq boshqa zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi;

ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari uchun preyskurant (narx) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi;

izolyatorda davolanayotgan itni saqlash va oziqlantirish xarajatlarini qoplashi;

klinika mutaxassislarining tavsiyalari asosida zoogigiyenik talablarga muvofiq itlarni saqlashi va oziqlantirishi hamda davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi;

veterinariya-sanitariya qoidalariga to‘liq rioya etishi shart.

5-bob. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish

19. Veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda Markazni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun belgilangan tartibda sarflanadi.

20. Veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan bo‘lsa, ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib chiqqan holda to‘lovlar bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.

21. Itni davolash jarayonida boshqa kasalliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish va sog‘lomlashtirish xarajatlari qo‘shimcha ravishda iste’molchi hisobidan amalga oshiriladi.

22. Iste’molchilar tomonidan veterinariya xizmatlari ko‘rsatishdan foydalanish rad etilgan taqdirda, xizmat ko‘rsatilmagan qismi uchun to‘langan mablag‘lar qaytarib beriladi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

23. Veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlar

RO‘YXATI

T/r

Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmat turi

Pulli xizmat uchun to‘lov miqdori

1.

Iste’molchilarga maslahat berish va retsept yozish

BHMning 10 foizi

2.

Dorivor moddalarni teri ichiga, teri ostiga, mushak ichiga yuborish

BHMning 5 foizi

3.

Kesilgan va yirtilgan jarohatlarni tikish va davolash

BHMning 40 foizi

4.

It tomog‘idan yot narsalarni olish

BHMning 10 foizi

5.

Tug‘ishga yordam berish

BHMning 50 foizi

6.

Bachadonga dorivor moddalarni yuborish va huqna qilish

BHMning 10 foizi

7.

O‘sma va absesslarni olish

BHMning 20 foizi

8.

Jarohatlarga bog‘lama qo‘yish

BHMning 20 foizi

9.

Itning dumini kesish

BHMning 20 foizi

10.

Itning qulog‘ini kesish

BHMning 30 foizi

11.

Itning qulog‘ini tozalash

BHMning 10 foizi

12.

Singan joyga shina qo‘yish

BHMning 10 foizi

13.

Singan joyni gips qilish

BHMning 20 foizi

14.

Kesarov usulida kesish

BHMning 30 foizi

15.

Bug‘ozlikka tekshirish

BHMning 20 foizi

16.

Oshqozon bo‘limlarini davolash

BHMning 10 foizi

17.

Ozuqadan zaharlanishni davolash

BHMning 20 foizi

18.

Itlarda modda almashinuvi buzilishi kasalliklarini davolash

BHMning 20 foizi

Laboratoriya tekshirishlari

19.

Mikroskop yordamida tekshiruvlar

BHMning 10 foizi

20.

Qonning bioximik tekshiruvlari

BHMning 10 foizi

21.

Qonning klinik tekshiruvlari

BHMning 10 foizi

Diagnostik tekshiruvlari

22.

Ultra tovush tekshiruvlari (UZI)

BHMning 10 foizi

23.

Rentgent tekshiruvlari

BHMning 20 foizi

24.

Itning fiziologik yetilishini aniqlash

BHMning 10 foizi

Maxsus tadbirlar

25.

Degelmintizatsiya

BHMning 10 foizi

26.

Ektoparazitlarga qarshi ishlov berish

BHMning 10 foizi

27.

O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash

BHMning 10 foizi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari




1-bosqich

Iste’molchi

Markazga veterinariya xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qiladi (“Yagona darcha” bojxona axborot tizim orqali yuboradi).

Zarur bo‘lganda




2-bosqich

Milliy kinologiya markazi xodimlari

1. Taqdim etilgan murojaatlarni qabul qiladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi.

2. Iste’molchilarni veterinariya xizmatlari ro‘yxati va preyskuranti (narxlari) bilan tanishtiradi.

3. Tanlangan veterinariya xizmatlari bo‘yicha iste’molchi bilan shartnoma tuzadi.


Murojjat tushganda




3-bosqich

Iste’molchi

1. Klinikaga itni ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etadi.

2. Ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari uchun preyskurant (narx) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.

3. Izolyatorda davolanayotgan itni saqlash va oziqlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.


Shartnoma tuzilgandan so‘ng




4-bosqich

Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari

1. Iste’molchilarga sifatli veterinariya xizmatlarini ko‘rsatadi.

2. Yuqumli kasallik borligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasini zudlik bilan xabardor qiladi.

3. Ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari yuzasidan iste’molchilarga ma’lumot taqdim etadi.


Shartnoma tuzilgandan so‘ng

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga
6-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 3-bandda:



quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:

“jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish”;

oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. 4-bandda:

quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:

“jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish”;

yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2021-y., 09/21/21/0040-son)

Download 317.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling