1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
7) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Oldingi tahrirga qarang. Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) tuzgan va ushbu kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan yuridik shaxsning qisqacha nomi, joylashgan eri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili hamda telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. (25-bandning 7-kichik bandi ikkkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son) Oldingi tahrirga qarang. Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan so‘ng, agar shaxslar: (25-bandning 7-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son) Oldingi tahrirga qarang. jismoniy shaxs — rezidentlar bo‘lsa — “00000001” kodi; jismoniy shaxs — norezidentlar bo‘lsa — “00000002” kodi; Oldingi tahrirga qarang. ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tashkilot bo‘lsa — “00000003” kodi; (25-band 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 3-noyabrdagi 01-02/15-62-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-4, 29.11.2019-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/2773-4/4091-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi) xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik muassasalari bo‘lsa “99999999” kodi; xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlarining iqtisodiy, texnik hamkorlik, gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha vakolatxonalari, doimiy muassasalar bo‘lsa “88888888” kodi ko‘rsatiladi; Oldingi tahrirga qarang. mazkur kichik bandning to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilmagan shaxslar bo‘lsa, ma’lumot ko‘rsatilmaydi. (25-band 7-kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Grafaning pastki qismida “№” belgisidan so‘ng moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxsning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi), so‘ngra “/” belgisidan keyin uning yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq ko‘rsatiladi. STIR yoki JShShIRga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi ko‘rsatiladi. (25-band 7-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi) Tovarlar beg‘araz (to‘lovsiz) asosdagi bitimlar bo‘yicha olib o‘tilganda grafa to‘ldirilmaydi; Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling