1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 15a-grafa. “Jo‘natuvchi mamlakat kodi”


Download 1.91 Mb.
bet27/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

13) 15a-grafa. “Jo‘natuvchi mamlakat kodi”.
Grafada tovarlar jo‘natilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi;
14) 18-grafa. “Jo‘natish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi”.
Grafada bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organiga taqdim etilayotgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi bo‘ylab tashigan transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning chap bo‘lmasida transport vositalari soni yoziladi, so‘ngra bitta bo‘sh joy (probel) qoldirilib, Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, so‘ngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qo‘yilgan holda transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (dengiz yoki daryo kemasi nomi, havo kemasining reys raqami, temir yo‘l vagoni raqami, yo‘l transport vositasi ro‘yxat raqami va shu kabi ma’lumotlar).
(25-bandning 14-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Masalan:
4 AVTO: A987SA; S654DA; B587NM; K967LV.
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan tashilgan bo‘lsa, transport vositasi ro‘yxat raqamidan so‘ng “/” ajratish belgisi qo‘yilgan holda pritseplar, yarim pritseplar va h.k. raqamlari ko‘rsatiladi.
Masalan:
2 AVTO: A987SA/K118DS; S654DA/P312LK.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida transport vositasi tegishli bo‘lgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Agar tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan bo‘lsa, ushbu transport vositalarini (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltirgan avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan mamlakatning raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Agar transport vositalari bir nechta davlatlarga tegishli bo‘lsa, grafaning chap bo‘lmasida transport vositalari soni, so‘ngra bo‘sh joy (probel) tashlanib, “BYuDning orqa tomoniga qarang” havolasi yoziladi (qog‘oz shakldagi BYuDda), grafaning o‘ng bo‘lmasidan “999” kodi qo‘yiladi. Qog‘oz shakldagi BYuDning orqa tomonida Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, so‘ngra ikki nuqtadan keyin transport vositalari raqami va chiziqchadan so‘ng, transport vositasi tegishli bo‘lgan mamlakatning raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Elektron BYuDda bunday havola qilinmaydi va barcha ma’lumotlar elektron BYuDning bevosita o‘zida ko‘rsatiladi.
Tovarlar elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib o‘tilganda grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi ko‘rsatiladi: “TRUBOPROVOD”, “LEP”;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling