18) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap bo‘lmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasining raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasi deganda yetkazib berilayotgan tovar tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq baholangan valyuta tushuniladi. Agar tovar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosi bo‘yicha olib o‘tilmayotgan bo‘lsa, valyuta kodi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida raqamlarda deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy faktura qiymati ko‘rsatiladi. Umumiy faktura qiymatini BYuDning 42-grafalaridagi tovarlarning faktura qiymatlari yig‘indisi tashkil qiladi;
19) 23-grafa. “Valyuta kursi”.
Grafada raqamli kodi BYuDning 22-grafasida ko‘rsatilgan valyutaning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi ko‘rsatiladi.
Masalan:
agar 1 Rossiya rubli = 63,41 so‘m bo‘lsa, grafada “1/63,41” ko‘rsatiladi;
agar 10 Yapon yenasi = 220,09 so‘m bo‘lsa, grafada “10/220,09” ko‘rsatiladi;
agar valyuta kontrakti O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi bo‘lsa grafada “1/1” ko‘rsatiladi;
20) 24-grafa. “Bitim xususiyati”.
Grafaning chap bo‘lmasida Bitim xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq bitim xususiyatining kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq yetkazib berilayotgan tovar uchun kontragent bilan hisob-kitob valyutasining raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Hisob-kitob valyutasi deganda BYuDni 9-grafasida ko‘rsatilgan shaxsning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) bo‘yicha hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta, tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) mavjud bo‘lmagan holatlarda tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyuta tushuniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |