1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
) 25-grafa. “Chegaradagi transport turi”
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22) 26-grafa. “Mamlakat ichkarisidagi transport turi”.
- 24) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”.
- 25) 30-grafa. “Tovarlar turgan joy”.
21) 25-grafa. “Chegaradagi transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 21-grafada ko‘rsatilgan transport vositasi turining kodi ko‘rsatiladi. Tovarlar ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilmagan bo‘lsa grafa to‘ldirilmaydi; 22) 26-grafa. “Mamlakat ichkarisidagi transport turi”. Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 18-grafada ko‘rsatilgan transport vositasi turining kodi ko‘rsatiladi; 23) 28-grafa. “Moliya va bank ma’lumotlari”. Grafada bojxona to‘lovlarini to‘lovchi shaxsning moliyaviy va bank ma’lumotlari ko‘rsatiladi, bunda ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi: Oldingi tahrirga qarang. 1 — to‘lovchining STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) /bank STIRi (bojxona to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan to‘langanda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) ko‘rsatiladi); (25-band 23-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi) 2 — bankning to‘liq nomi; Oldingi tahrirga qarang. (25-bandning 23-kichik bandi beshinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son) 24) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”. Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan bojxona postining kodi va nomi ko‘rsatiladi. Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda nazoratni olib boruvchi postning kodi va nomi ko‘rsatiladi. Tovarlar ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilmagan bo‘lsa grafa to‘ldirilmaydi; Oldingi tahrirga qarang. 25) 30-grafa. “Tovarlar turgan joy”. (25-band 25-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 3-noyabrdagi 01-02/15-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-4, 29.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/2773-4/4091-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Grafada BYuDni taqdim etish vaqtida tovarlar turgan joy haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: (25-bandning 25-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son) Oldingi tahrirga qarang. agar tovarlar bojxona ombori yoki erkin omborda, yoxud boj olinmaydigan savdo do‘koni maqomiga ega bo‘lgan joylarda turgan bo‘lsa — bojxona ombori yoki erkin omborni, yoxud boj olinmaydigan savdo do‘konini ta’sis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi; (25-bandning 25-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son) agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan joylarda turgan bo‘lsa — tovar turgan joyning pochta manzili (pochta indeksini ko‘rsatmagan holda); agar tovarlar temir yo‘l stansiyasida turgan bo‘lsa — temir yo‘l stansiyasining nomi. Oldingi tahrirga qarang. Elektron BYuDda alohida maydonchada tovar turgan joyning yuridik manzili bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq tuman (shahar) kodi ko‘rsatiladi. (25-bandning 25-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-iyundagi 31-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2773-9, 14.07.2023-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/2773-9/0491-son) Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda grafa to‘ldirilmaydi; Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling