1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet48/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafada tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) bo‘lmagan holatlarda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati sifatida 42-grafada ko‘rsatilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada tovarning statistik qiymati ko‘rsatiladi. Statistik qiymat sifatida 42-grafada ko‘rsatilgan va ming AQSh dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan kursdan foydalaniladi;
4) 49-grafa. “Ombor nomi”.
Grafada bojxona omborini ta’sis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan joylarga joylashtirilayotgan bo‘lsa ushbu grafa to‘ldirilmaydi;
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa tovarlarni olib chiqishda mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga, olib kirishda 25-bandiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
grafada qo‘shimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv ko‘rsatiladi: “Tovarlarni XX.XX.XXXXga qadar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organlariga murojaat qilish majburiyatini olaman”, bunda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy va yilni anglatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
6) “S” grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
tovarlar Olib kirish kontrakti asosida olib kirilganda, 1 raqami ostida tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
2 raqami ostida tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana ko‘rsatiladi. Olib kirilgan sana O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qo‘yiladigan shtamp sanasi bo‘yicha aniqlanadi.
(45-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
12-bob. Tovarlarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
§-1. O‘zbekiston tovarlarini erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
46. O‘zbekiston tovarlarini erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “S”.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. BYuDning 2, 3, 5, 7 (post kodi), 9, 11, 12, 13, 14, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga, 8-grafa esa 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
48. BYuDning 1, 17, 17a va 43-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling