1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet42/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

3) “C” grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — ijrosi bo‘yicha tovar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilgan tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
2 — tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana. Olib kirilgan sana O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qo‘yiladigan shtamp sanasi bo‘yicha aniqlanadi.
(31-bandning 3-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
8-bob. Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda va ilgari vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqishda BYuDni to‘ldirish
§-1. Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 45, 46, 49, 54, “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. BYuDning 9, 44, 47 va 50-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling