1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
1) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafada, mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan 44-grafani to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi): tovarning kuzatuv hujjatlarining raqamlari (ro‘yxat raqamlari); tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan ombor egasi o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi; Oldingi tahrirga qarang. bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar); (42-band 1-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) Oldingi tahrirga qarang. 905 tartib raqami ostida tovarlarni vaqtinchalik saqlash bojxona rejimida saqlanishi sabablariga oid quyidagi kodlardan biri ko‘rsatiladi: “001” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli sertifikat olish bilan bog‘liq bo‘lsa; “002” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli ruxsatnoma va litsenziya olish bilan bog‘liq bo‘lsa; “003” — agar tovarning saqlanish sababi bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz olish bilan bog‘liq bo‘lsa; “004” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli shartnoma bilan bog‘liq bo‘lsa; “005” — agar tovarning saqlanish sababi moliyaviy mablag‘ yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lsa; “006” — agar tovarning saqlanish sababi keyinchalik tovarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan qaytarib olib chiqib ketilishi kutilayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa; “007” — agar tovarning saqlanish sababi tovarni boshqa shaxsga o‘tkazilishi kutilayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa; “008” — agar tovarning saqlanish sababi tovarga nisbatan taqiq qo‘yilganligi bilan bog‘liq bo‘lsa; (42-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi) Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling