1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”


Download 1.91 Mb.
bet47/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

12) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafa tovarlarni olib chiqishda mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida, olib kirishda — 25-bandida belgilangan tartibda to‘ldiriladi.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
tovarning kuzatuv hujjatlarining raqamlari (ro‘yxat raqamlari);
tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombori egasi o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar, tovarlarni bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonlarga joylashtirilganda vakolatli shaxsning arizasi va bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi, summasi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar);
905 tartib raqami ostida tovarni bojxona ombori bojxona rejimi ostida saqlanishi sabablariga oid quyidagi kodlardan biri ko‘rsatiladi:
“001” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli sertifikat olish bilan bog‘liq bo‘lsa;
“002” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli ruxsatnoma va litsenziya olish bilan bog‘liq bo‘lsa;
“003” — agar tovarning saqlanish sababi bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz olish bilan bog‘liq bo‘lsa;
“004” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli shartnoma bilan bog‘liq bo‘lsa;
“005” — agar tovarning saqlanish sababi moliyaviy mablag‘ yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lsa;
“006” — agar tovarning saqlanish sababi keyinchalik tovarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan qaytarib olib chiqib ketilishi kutilayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa;
“007” — agar tovarning saqlanish sababi tovarni boshqa shaxsga o‘tkazilishi kutilayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa;
“008” — agar tovarning saqlanish sababi tovarga nisbatan taqiq qo‘yilganligi bilan bog‘liq bo‘lsa;
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) asosan 11, 12-kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling