1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”


Download 1.91 Mb.
bet53/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

1) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
grafada qo‘shimcha ravishda, 810 tartib raqami ostida, tovarlarni erkin omborga joylashtirayotgan shaxs va erkin ombor egasi o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi ko‘rsatiladi;
2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq tovarlarning bojxona qiymati tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) bo‘lmagan holatlarda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati BYuDni taqdim etish vaqtida mutaxassisda mavjud hujjatlar va ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
BYuDni taqdim etish vaqtida tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, bojxona qiymati sifatida tovarning 42-grafada ko‘rsatilgan faktura qiymati qabul qilinadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada, mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq, BYuDni taqdim etish vaqtida deklaratsiyalovchi shaxs ixtiyorida mavjud hujjatlar va ma’lumotlar asosida tovarning statistik qiymati ko‘rsatiladi.
(62-bandning 3-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
BYuDni taqdim etish vaqtida tovarning statistik qiymatini aniqlash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, statistik qiymat sifatida 42-grafada ko‘rsatilgan va ming AQSh dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan kursdan foydalaniladi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling