1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”


Download 1.91 Mb.
bet52/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

1) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Grafada, mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida belgilangan tartibda, tovarlarni erkin omborga joylashtirgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
2) 17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”.
Grafada “O‘zbekiston” yozuvi ko‘rsatiladi.
3) 17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”.
Grafada Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining raqamli kodi ko‘rsatiladi.
4) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
grafada qo‘shimcha ravishda, 810 tartib raqami ostida, tovarlarni erkin omborga joylashtirayotgan shaxs va erkin ombor egasi o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi ko‘rsatiladi;
5) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq tovarlarning bojxona qiymati tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) bo‘lmagan holatlarda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati BYuDni taqdim etish vaqtida mutaxassisda mavjud hujjatlar va ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
BYuDni taqdim etish vaqtida tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, bojxona qiymati sifatida 42-grafada ko‘rsatilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi;
6) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi.
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilayotgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport bojxona rejimida olib chiqib ketishga mo‘ljallangan tovarlarini rasmiylashtirishda ushbu grafaga kiritiladigan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda tovarlar erkin ombordan olib chiqib ketilishi lozim bo‘lgan sana ham ko‘rsatiladi.
§-2. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan chet el tovarlarni rasmiylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
60. O‘zbekiston Respublikasi hududi tashqarisidan olib kirilib, erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni rasmiylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 47, 50, 54, “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
62. BYuDning 44, 45, 46 va 49-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling