1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”


Download 1.91 Mb.
bet60/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati ko‘rsatiladi.
Beg‘araz asosda qayta ishlashda grafada “0” ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Olib chiqish kontrakti asosida olib chiqilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda, tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi qiymati ko‘rsatiladi.
(81-band 1-kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar va xizmatlar qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
(81-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqib ketishda bojxona qiymati tarkibida qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar qiymati ham hisobga olinadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
3) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
Shu bilan birga, qayta ishlash mahsulotlari bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imning hisoblash asosi, qayta ishlash uchun operatsiyalar qiymatini inobatga olgan holda, qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymatidan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa bojxona to‘lovlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi va undiriladi.
(81-band 3-kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
17-bob. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
82. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib, boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 49, 50, 54, “S”.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Bunda BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 45, 46, 49, 50, 54, “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
83. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketilayotgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 11, 12, 13, 14, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 49, 50, 54, “S”.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Bunda BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 45, 46, 49, 50, 54, “C” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
84. BYuDning 44-grafasini to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling