1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet63/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

3) 3-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi bo‘lmasida taqdim etilayotgan BYuD varaqlarining umumiy soni (asosiy va qo‘shimcha varaqlari yig‘indisi) ko‘rsatiladi.
Masalan, agar BYuD ikkita qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lsa BYuDning asosiy varag‘ida “1/3”; birinchi qo‘shimcha varag‘ida “2/3”; ikkinchi qo‘shimcha varag‘ida “3/3” ko‘rsatiladi. Agar BYuD qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lmasa “1/1” ko‘rsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafada, elektron BYuD qog‘ozga chop etilgandagi kabi varaqning tartib raqami va BYuD varaqlarining umumiy soni mazkur kichik bandda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BYuDning 31-grafalarida ko‘rsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BYuDning to‘ldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq bo‘lishi lozim;
5) 7-grafa. “BYuDning ro‘yxat raqami”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYuD taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi ko‘rsatiladi;
(88-band 5-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
6) 8-grafa. “Importchi/yukni qabul qiluvchi”.
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni qabul qiluvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yukni qabul qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni qabul qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Mamedov Kurban Bekirovich
Turkmaniston, Ashxobod sh., Marv ko‘chasi, 30-uy”
yoki “Persepolis” LTD
Eron, Texron sh., Sepaxon ko‘ch., 45-uy”.
Agar yukni qabul qiluvchi tovarni boshqa shaxsning topshirig‘iga ko‘ra qabul qilib olayotgan bo‘lsa yoki shunga o‘xshash boshqa holatlarda grafada avval yukni qabul qiluvchining qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), so‘ngra tovarni qabul qilib olish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili) ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Persepolis” LTD
Eron, Texron sh., Sepaxon ko‘ch., 45-uy
“Traktorsozi” INC topshirig‘iga asosan
Eron, Texron sh., Firdavsiy ko‘ch., 93”.
Tovarlarni qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda qo‘shimcha varaqlarda grafa to‘ldirilmaydi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling