1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet62/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida bojxona tranziti operatsiyasining qisqa nomi ko‘rsatiladi — “TR”.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(88-bandning 1-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
2) 2-grafa. “Eksportchi/yukni jo‘natuvchi”.
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni jo‘natuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yukni jo‘natuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni jo‘natuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Alibayev Nuridin Kamalovich
Qozog‘iston, Almati sh., Suyunbay shoh ko‘chasi, 450-uy”
yoki “Ros-Torg” MChJ
Rossiya, Ivanovo sh., Smirnov ko‘ch., 62-uy”.
Agar yukni jo‘natuvchi tovarni boshqa shaxsning topshirig‘iga ko‘ra jo‘natayotgan bo‘lsa yoki shunga o‘xshash boshqa holatlarda grafada avval yukni jo‘natuvchining qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), so‘ngra tovarni jo‘natish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili) ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Ros-Torg” MChJ
Rossiya, Ximki shah., Karlov ko‘ch., 362-uy
“Faraon” MChJ topshirig‘iga asosan
Rossiya, Moskva shah., Bolshaya polyanka ko‘ch., 563”.
Tovarlarni qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda qo‘shimcha varaqlarda grafa to‘ldirilmaydi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling