1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
§-1. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashda BYuDni to‘ldirish
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
§-1. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashda BYuDni to‘ldirish Oldingi tahrirga qarang. 76. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “S”. (76-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son) Oldingi tahrirga qarang. 77. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 39, 40, 41, 44, 47, 48, 49, 54, “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi. (77-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son) Oldingi tahrirga qarang. 78. BYuDning 42, 45, 46, 50-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”. Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati ko‘rsatiladi. Beg‘araz asosda qayta ishlashda grafada “0” ko‘rsatiladi. Olib kirish kontrakti asosida olib kirilgan tovarlarni deklaratsiyalashda, tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi qiymati ko‘rsatiladi. Tovarlar va xizmatlar qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi; 2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”. Grafaning o‘ng bo‘lmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi. Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi; 3) 46-grafa. “Statistik qiymat”. Grafada 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan tovarlarning statistik qiymati ming AQSh dollarida ko‘rsatiladi. Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi. Statistik qiymatni hisoblashda BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qo‘llaniladi; 4) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”. Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi: grafada qo‘shimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv amalga oshiriladi: “Tovarni qayta ishlash muddati yakunlangach uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organlariga murojaat qilish majburiyatini olaman”. (78-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son) §-2. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdan so‘ng qaytarib olib chiqib ketishda BYuDni to‘ldirish Oldingi tahrirga qarang. 79. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan so‘ng O‘zbekiston tovari (O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar) maqomiga ega bo‘lgan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqib ketish eksport bojxona rejimiga muvofiq, boshqa hollarda qayta ishlash mahsulotlarini, bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovar, tovarning chiqindilari va qoldiqlarini qaytarib olib chiqib ketish reeksport bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi. (79-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-iyundagi 31-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2773-9, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/2773-9/0491-son) Oldingi tahrirga qarang. 80. Bunda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organlariga mazkur Yo‘riqnomaning 6-bobi talablariga muvofiq, mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandida ko‘rsatilgan alohida grafalarni to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, to‘ldirilgan BYuD taqdim etiladi. (80-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son) 81. BYuDning 42, 45 va 47-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling