1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”


Download 1.91 Mb.
bet56/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati ko‘rsatiladi.
Beg‘araz asosda qayta ishlashda grafada “0” ko‘rsatiladi.
Tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(71-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
3) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
(71-bandning 3-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(71-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
grafada qo‘shimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv amalga oshiriladi: “Tovarni qayta ishlash muddati yakunlangach uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun XX.XX.XXXX ga qadar bojxona organlariga murojaat qilish majburiyatini olaman”, bu erda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy va yilni anglatadi.
§-2. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlagandan so‘ng qaytarib olib kirishda BYuDni to‘ldirish
72. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan so‘ng qayta ishlash mahsulotlarini hamda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlarning chiqindilarini qaytarib olib kirish erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida mazkur Yo‘riqnomaning 5-bobi talablariga muvofiq, mazkur Yo‘riqnomaning 73-bandida ko‘rsatilgan alohida grafalarni to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘ldirilgan BYuDni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
73. BYuDning 40, 42, 45, 46 va 47-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
(73-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”.
Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan tartibda tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga asos bo‘lgan BYuD to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada qo‘shimcha ravishda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘lgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi, MDP kitobchasi, tranzit deklaratsiyasi) haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
(73-band 1-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoki MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
(73-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
yetkazib berishni nazorat qilish hujjatining kodi: yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi uchun — KKDG, MDP kitobchasi uchun — MDP;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjat raqami (99999/99.99.9999/IM999999 — post kodi/sana/yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqami, 99999/99.99.9999/ZX99999999 — post kodi/sana/MDP kitobchasi raqami). Bunda, yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqamidagi harflar kirill alifbosi harflarida, MDP kitobchasi raqamidagi harflar esa lotin alifbosida yozilishi shart;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda).
Masalan:
KKDG 06006/31.03.2012/IM003761 — 15000 kg;
MDP 27002/01.01.2014/XY00156239 — 19456 kg.
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, tranzit deklaratsiyasi haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “TD”;
avvalgi tranzit deklaratsiyasining ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning avvalgi tranzit deklaratsiyasining 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
TD 06010/01.03.2022/0003761 — 3 — 7980 kg — 7900 kg — 350,2 m3.
(73-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan o‘n birinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Agar tovar bir nechta yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatlardan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi.
Tovarlarda ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘ladigan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari mavjud bo‘lmagan hollarda grafada qo‘shimcha ravishda ushbu hujjat haqida ma’lumot ko‘rsatilishi talab etilmaydi;
(73-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
11) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati ko‘rsatiladi.
Beg‘araz asosda qayta ishlashda grafada “0” ko‘rsatiladi.
Tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) asosan 11-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling