1. Tashqi Savdo siyosatining moxiyati va vositalari


Importni kvotalar orkali tartibga solish. Litsenziyalarni taksimlash uslublari


Download 44.8 Kb.
bet4/7
Sana16.03.2023
Hajmi44.8 Kb.
#1273107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TASHQI SAVDO SIYOSATI — копия

 Importni kvotalar orkali tartibga solish. Litsenziyalarni taksimlash uslublari
Jaxon amaliyotida tashki iktisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga karaganda bevosita usllaridan kengrok foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko`ra, iktisodiy, ma`muriy, me`yoriy - xukukiy ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iktisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarkalgani xisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashki iktisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma`lum tartibidir. Tashki iktisodiy operatsiyalarga maxsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti xamda moliya operatsiyalarini o`tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshkalar kiradi. O`zbekistonda litsenziyalar fakat davlat ro`yxatida kayd etilgan tashki iktisodiy faoliyat katnashchilariga beriladi. Ularni boshka yuridik shaxslarga berish takiklangan.
Maxsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular okimini kattik tartibga solish, ba`zi xollarda ularni vaktincha chegaralash va shu asosda tashki iktisodiy takchillik o`sishining to`xtash xamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.
Umuman, import maxsulotlarga beriladigan litsenziyalar kuyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.
1. Ochik auktsion – davlat litsenziyalarni yukori baxolarni taklif kilgan ishlab chikaruvchilarga berishi.
2. Afzal ko`rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chikarish xajmi jixatdan yirik bo`lgan firma va kompaniyalarga xech kanday shart va talablarsiz beradi.
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chikarish kuvvatlariga va resurslarga ega bo`lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Maxsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga litsenziyalar berish xukukiga O`zbekiston Respublikasining kuyidagi boshkaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Maxkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Soglikni saklash, Xalk ta`limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o`tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan o`z va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashkarisida chet el valyutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish xukukini beradi.
Litsenziyalash bilan bir katorda jaxon amaliyotida maxsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maksadida kvotalash keng ko`llaniladi.
Bu usulning moxiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalkaro tashkilot aloxida maxsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruxi bo`yicha ma`lum davrga eksport va importga mikdoriy yoki kiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to`lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o`zaro kelishuvga erishish uchun ko`llaniladi. O`zbekistonda kvotalash xalk iste`moli mollarini va strategik xom ashyoning muxim turlarini olib chikishni chegaralash usuli sifatida ko`llanilmokda.
Kvotalash fakat maxsulot okimlarinigina emas, balki ishchi kuchi okimlarini tartibga solishda xam ko`llaniladi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mexnat bozorini ximoyalash maksadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o`rnatadi.
Xozirgi vaktda kvotalash bojlarga nisbatan ko`prok ko`llanilishiga ikkita sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalkaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim xollardan tashkari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iktisodiyotni rakobatdan ximoya kilish maksadida kvotalarga e`tiborni karatishga majbur bo`ladi.
2. Ximoyaga muxtoj tarmoklar xam importga kvotalar joriy kilishni ko`llaydi. CHunki, tarifni joriy kilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonrokdir.
Import kvotalari erkin rakobat sharoitiga ko`prok mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy kilishdan ko`riladigan farovonlikdagi yo`kotishlar ikki xolatda katta bo`ladi. Birinchidan, kvotalar maxsulotlar import kilayotgan milliy ishlab chikaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol xukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.


Download 44.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling