1. Tashqi Savdo siyosatining moxiyati va vositalari
Download 44.8 Kb.
|
TASHQI SAVDO SIYOSATI — копия
Er = (YA – VA) / YA.
Bu erda: Er - soxaning tarif bilan xakikiy ximoyalanganlik darajasi; YA - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi ko`shilgan kiymat; VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi ko`shilgan kiymat. ER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 =2250 / 3000 = 0,75 yoki 75% Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va extiyot kismlarga 25% tarifni joriy kilib, davlat milliy avtomobisozlikni xakikatda 75% tarifli ximoyalanganligini ta`minlaydi. Protektsianizm siyosatining muxim tamoyili xam shundaki, davlat tayyor maxsulotlarga bojni ko`tarish va yarim tayyor maxsulotlarga esa uning mikdorini pasaytirish orkali tarmokning xakikiy ximoyalanganligini yanada oshiradi. Agar mamlakatlar bojxona ittifokiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo`lib koladi. Bojxona tariflari mikdori aloxida mamlakatlar iktisodiyotida va jaxon xo`jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta`sirida yuzaga keladi. Jaxonda importga bojxona bojlarining pasayish tendentsiyasi kuzatilmokda va u ikki tomonlama xamda ko`p tomonlama muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan ragbatlantiriladi va nazorat kilinadi. Bojxona bojlarini joriy kilishni ko`llovchi fikrlarga aksincha bo`lgan muloxazalar xam mavjud. CHunki sanab o`tilgan natijalarga boshka usullar bilan kamrok yo`kotishlar xisobiga xam erishsa bo`ladi degan fikrlar xam kaysidir darajada asoslidir. Birinchidan, import tariflari iste`molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi okibatida ular vositasida ximoya kilinayotgan tarmoklarda resurslar samarasiz sarflanadi. Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalkaro bitimlar bilan cheklangan. Ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar. Miliy ishlab chikaruvchilarni xorijiy firmalar rakobatidan ximoya kilishning mukobil usuli ularga bevosita subsidiya berish xisoblanadi. Ishlab chikarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chikarishni S0 dan S1 gacha o`sishini ta`minlasa (31 - chizma), ikkinchi tomondan, iste`molning mutlak kamayishiga olib kelmaydi. CHunki, ichki narxlar jaxon narxlaridan kimmatlashmaydi.Subsidiya sharoitida ishlab chikaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jaxon narxlari Pw darajasiga teng. SHuning uchun, xakikiy iste`mol xajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan bo`lur edi. Mamlakat farovonligidagi mutlak yo`kotish esa «b» soxasidangina iborat bo`ladi. Ayni paytda ishlab chikarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chikarish xarajatlarining samarali taksimlanishini kafolatlamaydi. Ishlab chikaruvchilar subsidiya berilishining iktisodiy okibatlari Aynan kaysi tarmokni xalkaro rakobatdan ximoya kilishni bilish kiyin bo`ladi. Subsidiyalarni joriy kilgandan so`ng ularni bekor kilish kiyin bo`ladi, rakobat muxiti yo`koladi xamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. SHuning uchun iktisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni kondirish maksadida fiskal va pul-kredit siyosatlari ko`llaniladi. Ushbu siyosatlarni ko`llashdan asosiy maksad mamlakat ishlab chikarishini xalkaro rakobatdan ximoya kilish, ishsizlik darajasini eng past xolatga keltirish va xalk farovonligini oshirishdan iborat. Download 44.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling