1. Tashqi Savdo siyosatining moxiyati va vositalari
Download 44.8 Kb.
|
TASHQI SAVDO SIYOSATI — копия
Reja:
1.Tashqi Savdo siyosatining moxiyati va vositalari. 2.Importga ta`riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga xamda iste`molchilarga ta`siri 3.Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar. Importni kvotalar orqali tartibga solish 4. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash. 5. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining xususiyatlari va uni takomillashtirish yo’nalishlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Biror mamlakatning tashki iktisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali ichki bandlilikni ta`minlash, iktisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir. Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora-tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina iktisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iktisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki savdoni cheklashga imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi. Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi. Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi. Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini olish maksadida belgilanadi. Boj olinadigan maxsulotlar, boj olinmaydigan maxsulotlar, olib kelish va olib ketish takiklangan maxsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya`ni, ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi. Bojxona tariflarini ishlab chikarish, tabiiy farklar (xayvonot va o`simlik dunyosi), kayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, tayyor buyumlar) ko`ra, taksimlangan maxsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan maxsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida kurilgan. Importga ta`riflar va ularning ishlab chikaruvchilarga xamda iste`molchilarga ta`siri .Xalkaro savdoni tartibga solishda eng ko`p ko`llaniladigan usul bo`lib tarif, ya`ni importga solinadigan bojxona boji xisoblanadi. Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farklanadi. Maxsus bojlar import kilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro.Advalar bojlar import kilinayotgan tovar kiymatiga nisbatan ma`lum foiz tarikasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.Xar ikkala turdagi import tariflarning okibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni biz kuyidagi grafik vositasida ko`rib chikamiz.Aytaylik, import tariflari joriy kilingunga kadar ichki ishlab chikarish xajmi S1ichki talab xajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi fark (D1-S1) import xisobiga koplangan. Mamlakat iktisodiyoti yopik bo`lganida baxolar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuktada o`rnatilgan bo`lar edi. Mamlakat iktisodiyoti ochik bo`lgani va importga cheklovlar yo`kligi tufayli milliy bozordagi narxlar jaxon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy kilinishi natijasida ichki baxolar Rw dan Rd ga kadar ko`tariladi. Baxolarning ko`tarilishi ilgari rakobatbardosh bo`lmagan ayrim ichki ishlab chikaruvchilar uchun xam foyda ko`rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu soxada band milliy ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish xajmini S1 dan S2 ga kadar oshiradi va S2-S1 xajmdagi maxsulot Pd baxoda sotiladi. SHu xajmdagi maxsulotni iste`molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a soxaga teng yo`kotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`kotish ichki ishlab chikaruvchilarning o`sgan foydasiga aylanadi. Baxolarning o`sishi okibatida iste`molchilar ko`rilayotgan tovar iste`moli xajmini D1 dan D2 kadar kiskartiradi. Bu yo`kotish grafikda d soxa bilan ko`rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan koplanmaydi. S2- D2 oralik tarif joriy kilingandan so`ngi import xajmi bo`lib, shu xajmda tovarni iste`molchilar ilgarigidan yukori baxoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo`kotish ro`y beradi. Bu yo`kotish grafikda s soxa bilan belgilangan bo`lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. YA`ni, bu soxadagi iste`molchilarning yo`kotishi davlatning foyda ko`rishi bilan koplanadi. Tarif kiritilishi okibatida iste`molchilar talabi arzon import tovaridan kimmat ichki tovarga yo`naltiriladi. Iste`molchilarning o`sgan to`lovlari yukori chegaraviy xarajatga ega, rakobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chikarishni kengayishiga olib keladi. Iste`molchilarning bu yo`kotish v soxasi bilan belgilangan bo`lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va xech kimning foydasi bilan koplanmaydi. Download 44.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling