1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo'y miya qurti


Qoramol tasmasimon chuvalchangi (


Download 463.29 Kb.
bet4/14
Sana08.01.2022
Hajmi463.29 Kb.
#235331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
tasmasimon chuvalchang

Qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus). Qoramol tasmasimon chuvalchangi asosan, odamlarning ingichka ichagida parazitlik qilib hayot kechiradi .


. Qoramol tasmasimon chuvalchangi(Taeniarhynchus saginatus)ning tashqi tuzilishi va taraqqiyot sikli
Parazitning tana uzunligi 4-10 m gacha boradi. Eni esa 12-14 mm atrofida bo'ladi. Gavdasi bosh (skoleks), bo'yin va mingga yaqin proglottidalardan iborat. Skoleksida 4 ta so'rg'ichi bo'ladi. So'rg'ichlari o'rtasida rudiment ko'rinishdagi xartumi bo'lib, unda xitinli ilmoqchalar bo'lmaydi. Shuning uchun ham qoramol tasmasimoni qurollanmagan tasmasimon ham deyiladi.

Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo'g'imdan paydo bo'laboshlaydi. Germafrodit bo'g'imlarida avval erkaklik, so'ngra urg'ochilik jinsiy a'zolari yetiladi. Urug'donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni esa ikki bo'lakli.

Gavdasining oxiridagi yetuk bo'g'imlarda bachadon shoxlangan va asosiy bachadon o'qidan yon tomonlariga 18-35 tadan o'simtalar o'sib chiqadi.

Bu o'simtalar o'z navbatida yana shoxlanib, butun proglottida yuzasini egallab oladi. Eng oxirgi yetilgan proglottidaning uzunligi 16-20 mm, eni esa 4-7 mm bo'lib, ular strobiladan yakka-yakka ajralib, tashqi muhitga chiqadi. Qoramol tasmasimonining lichinkalik stadiyasi - sistitserk ham parazitlik qilib hayot kechiradi. Sistitserkning shakli ovalsimon ko'rinishda, no'xat kattaligiday bo'ladi. Uning ichida 4 ta so'rg'ichli skoleksi joylashgan. Sistitserk qoramollarning go'shti orasida yashaydi va u finna deyiladi. Demak, qoramol tasmasimoni biogelmint bo'lib, odam bu parazitning yagona asosiy xo'jayini hisoblanadi. Qoramol, buyvol, zebu va qo'toslar esa oraliq xo'jayinlardir. Odamlar asosan xom, chala pishirilgan yoki chala qovurilgan fmnali mol go'shtini iste'mol qilganda, bu parazitni o'zlariga yuqtiradi.

Odam organizmiga tushgan sistitserkning po'sti oshqozon shirasi hamda o't suyuqligi ta'sirida eriydi va undan chiqqan lichinka so'rg'ichlari yordamida ichak devoriga yopishib rivojlana boshlaydi va 2-3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. Oxirgi yetilgan harakatchan bo'g'imlar bittadan uzilib tashqariga chiqadi. U odam organizmida 18-20 yil va undan ham ortiqroq yashashi mumkin va har yili 600 mln. gacha, umri davomida esa 1 mlrd. gacha tuxum qo'yadi.

Qoramol tasmasimonining odam ichagidagi rivojlanish siklini rus olimlari J.K. Shtrom va F.F. Tolizin tomonidan chuqur o'rganilgan. Bu olimlar o'z hayotlarini xavf ostida qoldirib, qoramol tasmasimoni tuxumini yutib, uning rivojlanishini va organizmga ko'rsatadigan ta'sirini o'zlarida tajriba o'tkazib sinab ko'rishgan. Ularning olib borgan tajribalariga (1947-y.) ko'ra xo'jayin ichagidan har kuni parazitning 10-11 yetilgan bo'g'imlari alohida-alohida tashqariga chiqadi. Bitta bo'g'imda 145—175 mingtagacha tuxum bo'ladi. Qoramol tasmasimonining yetuk proglottidalari odam axlati orqali tashqi muhitga chiqib, turli mexanik va fizik ta'sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli lichinkasi (onkosfera) bor tuxum atrof-muhitga tarqaladi. Voyaga yetgan parazit bir kecha-kunduzda odam organizmidan tashqi muhitga 300 mingdan 5 mln. tagacha tuxum chiqaradi.

Qoramollar yem-xashak, suv va ba'zan odamning najasini iste'mol qilishi orqali parazit tuxumini o'ziga yuqtiradi. Mollar oshqozonida shiralar ta'sirida parazit tuxumining po'sti erib ketadi va undan chiqqan lichinka - onkosfera ilmoqchalari yordamida me'da yoki ichak devorlarini teshib qon tomiriga o'tadi. U qon bilan organizmga tarqaladi va skelet muskullari, yurak. ko'z, bosh miya va boshqa organlarda o'rnashib rivojlanadi. Ma'lum vaqtdan, ya'ni 4-6 oydan keyin no'xat kattaligidagi pufaksimon shaklga aylanadi. Bu davr finna, u keltiradigan kasallik esa finnoz deyiladi.

Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga yetgan davri teniarinxus (Taenlarynchus saginatus), keltirib chiqaradigan kasalligi esa teniarinxoz deyiladi. Lichinkalik davrida (Cysticercus bovis) hosil qiladigan kasallik esa sistitserkoz deb ataladi. Bundan ko'rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistitserkoz bilan esa qoramollar kasallanadi.

Teniarinxoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik biian ko'proq kasallanadi. MDHda teniarinxoz Kavkaz ortida, O'rta Osiyo respublikalarida, Qozog'istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida ko'proq uchraydi. O'zbekistonda bu kasallik, ayniqsa, Xorazm viloyati aholisi o'rtasida keng tarqalgan (13%). Buning asosiy sababi mahalliy aholi o'rtasida milliy taom - mol go'shti qiymasidan tayyorlangan "ijj an"ning (piyoz va garmdori qo' shilgan xom qiyma mol go'shtining) keng iste'mol qilinishidir.

Sistitserkoz kasalligi qoramollarda uchrab, chorvachilikka katta iqtisodiy zarar keltiradi. Chunki sistitserkoz bilan zararlangan go'shtning narxi past bo'ladi. Sunday go'sht faqat zararsizlantirilgandan keyingina iste'mol qilishga ruxsat etiladi. Agarda mol sistitserkoz bilan kuchli zararlangan bo'lsa, uning go'shti iste'mol qilishga yaroqsiz hisoblanadi. Bunday mollarning bir qismi kasallik boshlanishi davrida halok bo' ladi.

Qoramollarning sistitserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa, xonadonlarda boqiladigan shaxsiy mollarda ko'proq uchraydi. Chunki ba'zi xonadonlarda hojatxonalarning yo'qligi, agarda bo'lsa ham sanitariya qoidalariga javob bermasligidandir.

Umuman, odamlardagi teniarinxoz va qoramollardagi sistiserkoz kasalliklarining oldini olish uchun, avvalo, odamlardagi teniarinxoz kasalligini tugatish kerak. Buning uchun aholi o'rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar olib borish, kasallikning bor-yo'qligini aniqlash lozim. Bemorlarni tezda davolash kerak. Teniarinxoz bilan kasallangan odamlarni fenasal, oshqovoq urug'ini berib davolashadi. Kasallik odamlardan qoramollarga yuqmasligi uchun aholi yashaydigan joylarda yopiq tipdagi hojatxonalar bo'lishi va ular toza holda saqlanishi lozim. Qoramol go'shti veterinariya nazoratidan o'tkazilishi kerak. Xom yoki chala pishgan qoramol go'shtini yemaslik, xom qiymani tatib ko'rmaslik kerak. Qoramollarda finnozni davolash uchun prazikvantel qo'llanilmoqda.




Download 463.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling