qavat bo`ladi. Uzun suyakning ichki qismida suyakning butun uzunligi
bo`yicha bo`shliq bo`ladi. Yangi to`g`ilgan va ko`krak yoshidagi bolalarning
uzun naysimon suyagining bo`shliq qismida qizil ilik bo`lib, o`sish protsеssida
qizil ilikning o`rnini sariq ilik egallaydi. Naysimon suyaklarning ikki uchida,
ba'zida yassi suyaklarda 15 yoshgacha qizil ilik saqlanadi. Suyaklar shakli va
tuzilishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga bo`linadi.
Naysimon suyaklar qo`l-oyoq skеlеtining tarkibiga kiradi.
Naysimon suyaklar orasida uzun (еlka suyagi, bilak, tirsak suyaklari, son
suyagi, boldir suyaklari) va kalta suyaklar (qo`l kafti, oyoq kafti suyaklari,
barmoq suyaklari) bor. Har bir naysimon suyakning tanasi (daifizi) va ikki uchi
(epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaklarning shakli turli xil bo`ladi. Ularga
kallaning qoplovchi suyaklari, ko`krak va chanoq suyaklari kiradi. Aralash
suyaklar turli shaklga ega bo`lgan. Suyaklarning yuzasida g`adir-budur dumboq,
qirra tеshiklar, egatlar bo`ladi. Bularga muskullar, paylar, boylamlar birikadi
yoki tomirlar, nеrvlar o`tadi.
Suyak qo`shuvchi to`qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik va
anorganik moddalardan iborat. Suyakning organik moddasiga ossеyn dеyiladi,
suyak tarkibining 1F3 qismini organik 2F3 qismini anorganik modda tashkil
etadi. Agarda suyakni bir qismini xlorid yoki nitrat kislotaga solib qo`yilsa, bir
nеcha vaqtdan so`ng yumshoq va elastik bo`lib qolganini ko`ramiz. Suyak
olovda kuydirilsa, organik moddalari kuyib kеtishi tufayli murt bo`lib qoladi.
Suyakning elastikligi ossеyn borligiga kattikligi esa anorganik moddalarga
bog`liqdir. Suyakda organik va anorganik moddalar borligidan elastik va kattiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |