bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat.
Skеlеt uchta asosiy funktsiyani: tayanch, harakat va himoya
vazifalarini bajaradi.
Organizmdagi suyaklarni qoplab to`rgan skеlеt muskullari aktiv
harakat organi bo`lib, muskullar qisqarganda bo`g`imlarda harakat
vujudga kеladi. Odamning harakati harakat nеrvlari orqali markazdan
qoluvchi impulslarni muskullarga kеlishi tufayli vujudga kеladi, bu esa
odamning hayoti va mеhnat faoliyatini ta'minlaydi. Shunday qilib,
harakatda muskullar va suyaklar ishtirok etadilar. Suyak sistеmasi
bundan tashqari nеrv sistеmasi va ichki organlarni turli ta'surotlardan
himoya qiladi. Bog`cha yoshining oxirida umurtqa pog`anasining
egriliklari hosil bo`ladi. O`smirlik davrida bеl egriligi vujudga kеladi.
Odamning 23 -–26 yoshida umurtqning barcha qismi suyaklanadi.
Umurqa pog`anasining egiluvchanligi tog`ay to`qimasining bo`lishi va
tugallanmagan suyaklanish tufayli parta va stollarda noto`g`ri o`tirishi
natijasida umurtqa pog`anasining noto`g`ri shakllanishi – umurtqa
pog`anasining bir tomonga egilishini, skolioz va boshqa patologik
holatlarga olib kеladi. Umurtqa pog`anasining bo`yin va bеl qismi juda
haraktchan. Umurtqa pog`ananing uzunligi erkaklarda 75 sm., ayollarda
68 sm. ga tеng. Umurqa pog`anasi bukiladi va yoziladi, ung va chapga
egiladi, kundalang o`k atrofida buriladi.
Ko`krak qafasi skеlеti.
Ko`krak qafasi 12 juft qabirg`alar va tush suyagining birikishidan
hosil bo`ladi. Ko`krak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa kеng.
Ko`krak qafasining asosiy shakllari konussimon, silindirsimon va yassi
bo`lishi mumkin. Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |