1. Tayanch-xarakat apparatiining ahamiyati va vazifasi. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi va yosh xususiyatlari


Yassioyoqlik, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish


Download 368.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana24.12.2022
Hajmi368.6 Kb.
#1056120
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4. MA’RUZA. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi.

 
Yassioyoqlik, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish. 
Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanchharakatlanish tizimining muhim 
qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga ko‘ra tananing ressori vazifasini 
bajarishga moslashgan.
Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko‘proq qismi 
o‘yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaldida bo’ladi. Bunday tuzilishi tana 
ogirligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta ’minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, o‘yiq 
(chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuzasining butun sathining 
gumbaz qismi egilib, tekis bo’lib qoladi. Natijada tovonkaftning ressorlik vazifasi 
buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, 
ko‘proq yurganda, yugurganda, og’ir yuk kotarganda oyogining tovon-panja va 
boldir muskullarida og‘riq paydo bo’ladi; yassioyoqli umurtqa pog‘onasi va 
chanoq suyaklarining egrilanishiga va qadqomatning buzilishiga ham sabab 
bo’ladi.
Chunki bunday odam tanasini tik va to‘g‘ri tuta olmaydi. Yassioyoqlik 
odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo’llarini yon tomonlarga silkitib
lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining og’irligi oyoq yuzasiga baravar 
taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullan tez charchaydi va ularda og‘riq 
seziladi. Bunday odamlar ko proq tik turgam da va yurganida oyog‘ining kaft 
yuzasi yana engayadi va ertalab mos boigan poyabzal kunning ikkinchi yarmida 
oyoqm qisa boshlaydi.
Yassioyoqlik tananing massasi ko‘proq tovon-kaftning ichki tomoniga 
tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u 
tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.
Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Tug‘ma bo’lishi bu 
nasldan naslga berihshi yoki bolaning embrión rivojlanishi davrida ona orgamzmip 
tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasida sodir bo hshi mumkin.
Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan 
iborat;
- Bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq 
vaqt oyogida tik turgizish;
- Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish;
- O‘quvchilar kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sprot 
poyabzalni faqat mashg‘ulot vaqtida kiyish kerak);
- Poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo’gan poyabzallarni 
kiyish;


- Og’ir yuk ko’tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini ohshga e’tibor berish 
kerak. 

Download 368.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling