1. Tebranma harakat haqida tushuncha. Garmonik tebranma harakat. Tebranma va aylanma harakatlar orasida bog’lanish
Garmonik tebranma harakat. Tebranma va aylanma harakatlar orasida bog’lanish. Vektor diagramma. Siljish
Download 375.04 Kb.
|
Fizikaviy sistemalarda tebranma harakatni o’rganish
Garmonik tebranma harakat. Tebranma va aylanma harakatlar orasida bog’lanish. Vektor diagramma. Siljish.
Fizik kattaliklarni davriy ravishda sinus va kosinus qonuni bo’yicha o’zgarishiga garmonik tebranish deyiladi. Tebranuvchi jismning muvozanat holatidan chetlashishi siljish deyiladi. Eng sodda garmonik harakatda siljish kattaligi sinus va kosinus funktsiyasi bilan ifodalanadi. Biror moddiy nuqta M radiusi ROM0A ga teng aylana bo’ylab, soat strelkasiga teskari yo’nalishda burchak tezlik bilan aylansin (19-rasm). Harakat boshlanishida (t0) nuqta M0 holatda bo’lsa, t vaqt o’tgach t (1) burchakka burilib, M holatni egallaydi. M nuqtaning x,y o’qlardagi proektsiyalarini P va Q bilan belgilaylik. P va Q nuqtalari M nuqta aylana bo’ylab harakatlanganda O nuqta yaqinida davriy takrorlanuvchi siljishlarga ega bo’ladi. Bu siljishlar vaqtga sinus yoki kosinus qonuni bilan bog’langan. OPXAcosAcost (2) OQyAsinAsint Demak, M nuqtaning x,y o’qlardagi proektsiyalari O nuqta atrofida garmonik tebranma harakat qiladi, chunki bu harakat sinus va kosinus funktsiyasi bilan ifodalanadi. Tebranma harakatga tegishli davr, chastota, amplituda, faza kabi fizik kattaliklar aylana bo’ylab harakatga ham tegishli ekani kelib chiqadi. Agar garmonik tebranuvchi nuqtaning t0 dagi fazasi 0 bo’lsa, tebranishning t ga bog’langan umumiy tenglamasi XAcos(t0) (3) yAsin(t0) yoki (3') ko’rinishda yoziladi. Boshlang’ich faza o’zgartirilsa, XAsin(t0) yAcos(t0) (4) tenglamalar o’rinli bo’ladi. Bu yerda t ifoda to’la faza, 0-boshlang’ich fazadir. Garmonik harakatning asosiy xossasi uning davriyligidir. Vaqtning turli onlarida tebranuvchi nuqta holatini kuzataylik. Gul ochilish jarayonida, quyoshning ko’rinma harakatida va jamiyatning rivojlanishida vaqt o’tib borishi bilan u jarayonlarning turli holatlari yoki fazalarini misol keltirish mumkin. Boshlang’ich faza 00 bo’lganda tenglama x Acost y Asint ko’rinishda bo’ladi. a) Bu holda harakat boshlanishda (t0) da xA, y0 bo’lib, nuqta M vaziyatda bo’ladi. b) sekundda esa, bo’lib, x0, y0 bo’ladi. YA bo’ladi, nuqta V vaziyatga keladi. v) da esa, cos -1 va sin0 bo’lib, x-A va y0 ga teng bo’ladi, nuqta S vaziyatda bo’ladi. g) t2 da esa, cos21 va sin20 bo’lib, xA va y0 ga teng bo’lib, nuqta yana qaytib M vaziyatini oladi. Bu holda tebranish davri T2 ga teng bo’ladi. Ayrim masalalarda tebranishni amplituda vektori A ko’rinishda geometrik tasvirlash mumkin (20-rasm). Bu tebranishning vektor diagrammasi deyiladi. Vektor diagrammada amplitudalari va bilan berilgan boshlang’ich fazalari 01 va 02 tebranish diagrammasi berilgan. Vektor diagrammada harakatlanuvchi moddiy nuqta holati o’zgarib borishi bilan holatga bog’liq holda siljish tenglamasida faza o’zgarib boradi (21-rasm). tebranish amplitudasiga tengligidan OAxA, OB'x1Acos (5) OC'x2Acos(t) o’rinlidir. 20-rasmda berilgan tebranishlarning tsiklik chastotalari 1 va 2 bo’lsa, ularni ifodalovchi tenglamalar xAcos(t0) yAcos(t0) (6) ko’rinishda bo’ladi. Tebranishlarning umumiy fazalari orasidagi farq (1t01)-(2t02) (7) faza farqi yoki faza siljishi deyiladi. Bu faza siljishi vektorlari orasidagi burchakka teng bo’lib, 12 shart bajarilsa, tebranish davomida o’zgaradi, lekin 12 bajarilsa, vektorlar orasida faqat boshlang’ich faza farqi mavjud bo’lib, u vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi, chunki tebranishlar bir xil va o’zgarmas burchak tezliklarda sodir bo’ladi. 102-01const (8) Vaqtga bog’liq holda tebranish jarayonini tasvirlash uchun tebranish grafigi chiziladi. Gorizontal o’qqa vaqt t yoki unga proportsional kattalik t radianlarda qo’yiladi, vertikal o’qqa esa siljish kattaligi x qo’yiladi. Tebranish qonuniga bog’liq holda uning grafigi kosinusoida yoki sinusoida bo’ladi (22-rasm). 1-grafik. x Asint grafigi sinusoidadir. 2-grafik esa x Acost grafigi kosinusoidadir. Download 375.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling